Mavzu: Bemorlarni holatini tekshirish vositalari va kasallik tarixi. Reja



Download 1,91 Mb.
bet3/4
Sana01.06.2022
Hajmi1,91 Mb.
#629128
1   2   3   4
Bog'liq
2-Mustaqil ish Buriyev Bobur

6 -rasm Harorat turlari


  1. O’zgaruvchi yoki intermittirlovchi isitma. (febris intermittens). Bunda isitma birdan yuqori darajada (390-400 gacha) ko’tarilib bir necha soatdan keyin normagacha tushadi. 2-3 kundan so’ng bu isitma qaytariladi. Bundau isitma bezgakka hos. (rasm)


  2. Qaytalama isitma (febris recurrens) – bu isitma birdan yuqori darajada ko’tarilib bir necha kun turadi, keyin vaqtinchalik normaga tushadi, so’ng yangitdan qaytariladi (2 dan 5 tagacha huruj ). Bu isitma qaytalovchi tif va ayrim spiroxetozlarga hos. (rasm).


  3. Gektik yoki holdan toydiruvchi isitma (febris gectica). Bu isitma sutkada 30-50 gacha o’zgaradi. Bunday isitma sepsis uchun hos.


  4. To’lqinsimon isitma (febris undulans) bunda isitma bir necha kun davomida asta – sekin ko’tarilib borib keyin asta – sekinlik bilan ilgarigi holatiga qaytadi, so’ngra yana ushbu holat qaytariladi. Bunday isitma qora oqsoq kasallikgiga hos.


  5. Noto’g’ri isitma (febris irregularis) – tana haroratining har hil ko’tarilishi bilan harakterlanadi. Bunday isitma revmatizm, gripp, ichburug’larda kuzatiladi.


  6. O’zgargan (buzilgan) isitma (febris inversa)-ertalabki isitma kechqurungidan yuqori bo’ladi. (rasm).


Antropometriya


Antropometriya – tana va uning qismlarini o’lchash. Klinikada bemorning bo’yi, vazni va boshqa ayrim qismlari o’lchanadi. Bo’yi bo’y o’lchag’ich yordamida o’lchanadi. Bu bemorni darozligini yoki pakanaligini aniqlash, hamda tana vazniga nisbatan bilish uchun kerak. Tana vaznini muntazam o’lchab turish maqsadga muvofiq, chunki u ayrim kasalliklarda juda tez o’zgarishi mumkin. Masalan buyrak kasalligida, jigar, yurak kasalliklarida teri osti yog’qatlamiga, qorin bo’shlig’iga, plevral bo’shliqqa suyuqlik yig’ilishi mumkin. Ayniqsa yurak yetishmovchiligi bor bemorlarda va buyrak kasalliklarida tana vaznini har kuni o’lchab turish zarur, chunki bu siydik haydovchi dorilar qo’llaganda davolash effekti bor yoki yo’qligini bilish uchun kerak. Bundan tashqari tana vaznini indeksini aniqlash katta klinik ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda tana vaznini standart indeksi ishlab chiqilgan. Tana vaznini ortib ketishi (semizlik) ko’p kasalliklarni havfli omillaridan biri hisoblanadi. Masalan, ateroskleroz, arterial gipertenziya, va h.k.




7-Rasm- Semizlik
Tana vazni indeksi bu-tana vaznini (kg) bo’y kvadratiga (m) nisbati. Tana vazni normal bo’lganda indeks 20-25 kg/m2 : semizlik boshlanishida 25-30: agar tana vazni 30kg/m2 dan oshsa u holda bu semizlik hisoblanib bunday bemorlarni ozishi uchun ma’lum chora-tadbirlar qo’llaniladi. (ovqat kaloriyasini kamaytirish, 1200-1600 kkal/sut. Haftada 1-2 marta ovqat emaslik buyiriladi).
Terini ko’zdan kechirish.
Teri qoplamining o’zgarish ko’pincha bemorlar shikoyatiga sabab bo’ladi va ular vrachga murojaat qiladilar. Terida har hil toshmalar bo’lishi, uni rangini o’zgarishi, qichishishi va h.k.
Terini ko’zdan kechirish odatda paypaslash bilan birga olib boriladi. Teri o’zgarishlaridan ko’proq quyidagilarga axamiyat berish kerak: rangi, namligi yoki quruqligi, elastikligi va teri qoplamining issiqligi. Teri rangining o’zgarishi umumiy yoki mahalliy bo’lishi mumkin.
Teri qoplamining oqarishi yuqori yuqori haroratda qon yoqotishda (anemiyada), barmoq uchlarini oqarishi (o’lik barmoqlar simptomi), reyno sindromida kuzatiladi.
Eritrositozda teri qoplami to’q olcha rangida bo’ladi – eritrositlarni ko’payib ketishi hisobiga. Teri qoplamining mahalliy giperemiyasi shish, og’riq, mahalliy harorat bilan kechadigan – saramas kasalligida kuzatiladi.
Ko’karish – bu teri qoplami va shilliq qavatlning qoraroq-ko’kimtir ranga kirishi. U qondagi tiklangan gemoglabinni ko’payib ketishi natijasida vujudga keladi.
Ko’karish ikki hil holatda bo’ladi: kapillar qonni kislorod bilan to’yinishini kamayishi va mikrosirkulyator tomirlar venasini kengayishini natijasida qonni to’planib qolishi.
Ko’karish markaziy va periferik bo’ladi. Markaziy ko’karish arterial qonni kislorod bilan to;yinishini kamayishi natijasida kelib chiqadi. Bu vaqtda teri va shilliq qavatlari ko’karadi. Bunday ko’karish atmosfera bosimi pasayganda, o’pka kasalliklarida kuzatiladi. Periferik ko’karish qonni qon tomirlarida dimlanishi natijasida kelib chiqadi, bu vaqtda gemoglabinni kislorod bilan to’yinishi buzilmaydi. Dimlangan sohada kislorod ko’p sarflanib o’sha joyda tiklangan gemoglobin ortib ketadi, natijada mahalliy ko’karish bo’ladi.
Chetki ko’karish qon aylanish yetishmovchiligida, qon dimlanganda, teri mayda arteriallari va arteriolalarining kompensator torayishi natijasida kelib chiqadi. Bunday dimlanish “akrosianoz” yani tanani distal qismlari ko’karadi. Bunday ko’karish venoz gipertenziyaga xarakterli (oyoqlar venasini varikoz kengayishi, tromboflebit).
Sovuq ta’sirida ham fiziologik terining ko’karish kuzatiladi.
Bundan tashqari teri “sutli kofe” rangida bo’lishi mumkin (infeksion endokarditda).
Terining sarg’ayishi bilirubinni qonda ko’payib ketishi bilan bog’liq (jigar kasalligi, eritpositlar ko’p parchalanganda, ayrim mahsulotlarni ko’p istemol qilganda – sabzi, tomat va h.k.) Terining giperpigmentasiyasi buyrak usti bezi yetishmovchiligida kuzatiladi.
Bazan terida toshmalar paydo bo’ladi, ular har hil kattalikda va rangda bo’ladi.
  • dog’ (macula)-teri yoki shilliq qavatda bo’ladi.


  • Rozeola (rozeola)-yallig’lanish dog’i 1sm gacha kattalikda bo’ladi.


  • Eritema (erythema) – katta o’lchamdagi teri giperemiyasi (1sm dan katta).


  • Petehiya (petechiya)-teriga nuqtasimon qon quyiladi. U teri yuzasidan ko’tarilmaydi.(1-2mm)


  • Purpura (purpura)-ko’p gemorragik dog’lar.


  • Papula (papula-tuguncha)-teridan ko’tariluvchi diametri 1sm dan kam bolgan qattiq tuzilma.


  • Vezikula (vezikula-pufakcha)-seroz ekssudat bilan to’lgan, diametri 5 mm gacha bo’lgan toshma.


  • Pustula (pustula)-yiring bilan to’lgan pufakcha. Terida dog’lar paydo bo’lganda uning kelib chiqishini aniqlash zarur.


  • Terida pigment yo’qolishi bilan bog’liq o’zgarishlar ham uchraydi. Pigmentsiz sohalarning kattaligi va shakli jihatidan ular har hil bo’ladi.






8-Rasm-Pes (Vitiligo)
Atrofi pigmentli soha bilan chegaralanadi. Ular ko’pincha simmetrik joylashadi. Bu dog’lar barqaror bo’lib, hech qanday subektiv ta’sirlanish va funcsional buzilishga olib kelmaydi. Vrachlarimiz bunday bemorlar va uning atrofidagi kishilar bilan uchrashganda pes kasalligining yuqmasligi, zararli emasligi haqida tushuntirish ishlari olib borishlari kerak, chunki ayrim odamlar va kasallikni og’ir mohov kasalligi bilan almashtiradilar va ular bunday bemorlar bilan muloqot qilmaslikga harakat qiladilar.
Teriga qon quyilishi yoki mayda gemorragik toshmalar qon ivishining burilishi natijasida kelib chiqadi. ( DVS-sindrom ).
Terining katta dog’li qizarishi (eritema) tizza va boldir bo’g’imlari sohasida tuginchali og’riqli qattiqlashishi ko’pincha sil, revmatizm, yuqumli kasalliklarda, dori vositalarini qabul qilolmaslikda (antibiotiklar, sulfanilamid preparatlari yod va b).
Teri va teri osti yotoq yaralari va terining trofik o’zgarishlarini ko’rishimiz mumkin.
Bundan tashqari terida operasiyadan va kuyishdan keyingi chandiqlarni kuzatishimiz mumkin.




9-Rasm- Ko’krak qafasidagi operatsiyadan keyingi chandiqlar va tatuyirovkalar.
Bazan terida to’satdan – eshakem qichima qabariq yoki po’rsildoq toshmalar paydo bo’ladi. Angionevrotik shish (kvinke shishi) – bu ko’pincha har hil allergenlar tasirida terida va teri osti to’qimalarida shish paydo bo’ladi. Agar shish labga, tilga, halqum va hiqildoqqa tarqalsa u vaqtda asfiksiya kelib chiqishi mumkin.
Barmoqlarni ko’rganimizda uning ohirgi falangi o’zgarib nog’ora tayoqchasiga o’hshab qolishi, tirnoqlar esa soat oynasiga o’hshashi mumkin. (gippokrat barmoqlari): bu surunkali yiringli kasalliklarda kuzatiladi. Bazan u irsiy bo’lishi mumkin.


Download 1,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish