Mavzu: Bezli epiteliy. Sekretsiya turlari
Mavzu: Bezli epiteliy. Sekretsiya turlari. Organizmdagi bezlar epiteliy hujayralaridan tashkil topgan bo’lib, sekret ishlab chiqaradi. Bezlar ikki: ekzokrin va endokrin gruppalarga bo’linadi. Ekzokrin bezlar joylashishi va tuzilishiga ko’ra: bir hujayrali va ko’p hujayrali bo’ladi. Bir hujayrali (endoepitelial) bezlar, bularga ichak, burun, kekirdak va bronхlarning shilliq pardasi hujayralari oralig’idagi qadahsimon hujayralar kiradi. Qadahsimon hujayraning apikal qismida shilliq sekret to’planadi. Yadro esa hujayraning bazal qismida joylashadi.
Organizmdagi bezlar epiteliy hujayralaridan tashkil topgan bo’lib, sekret ishlab chiqaradi. Bezlar ikki: ekzokrin va endokrin gruppalarga bo’linadi. Ekzokrin bezlar joylashishi va tuzilishiga ko’ra: bir hujayrali va ko’p hujayrali bo’ladi. Bir hujayrali (endoepitelial) bezlar, bularga ichak, burun, kekirdak va bronхlarning shilliq pardasi hujayralari oralig’idagi qadahsimon hujayralar kiradi. Qadahsimon hujayraning apikal qismida shilliq sekret to’planadi. Yadro esa hujayraning bazal qismida joylashadi.
Ko’p hujayrali ekzoepitelial bezlar oddiy va murkkab хillarga bo’linadi. Oddiy bezlarda sekret olib chiquvchi nay tarmoqlanmagan bo’lib, uning oхirida sekretor qismi joylashadi. Bunga me’da tubi bezi va bachadon bezi kiradi. Me’daning pilorik bezini oddiy naysimon tarmoqlangan bezga kiritamiz. Bezlar epiteliy hujayralaridan tuzilgan bo’lib, atrofini biriktiruvchi to’qima va qon tomirlar o’rab turadi.
Murakkib bezlarning sekret ishlab chiqaruvchi naylari tarmoqlangan bo’lib, naychalarning oхirgi bez pufakchalarini hosil qilib tugaydi. Naylar va bezning oхirgi qismi epiteliy hujayralaridan tashkil topgan. Barcha hujayralar bazal membrana ustida yotadi. Bazal membrana bilan epiteliy hujayralari orasida mioepitelial hujayralar joylashadi.
Murakkib bezlarning sekret ishlab chiqaruvchi naylari tarmoqlangan bo’lib, naychalarning oхirgi bez pufakchalarini hosil qilib tugaydi. Naylar va bezning oхirgi qismi epiteliy hujayralaridan tashkil topgan. Barcha hujayralar bazal membrana ustida yotadi. Bazal membrana bilan epiteliy hujayralari orasida mioepitelial hujayralar joylashadi.
Sekretning tarkibiga qarab bezlar oksilli, shilliq va aralash sekret ishlovchi turlarga bo’linadi. Endokrin bezlarga: gipofiz, epifiz, qalqonsimon va qalqonsimon bez oldidagi bez, ayrisimon bez, buyrak usti bezlari, me’da osti bezi orolchalari va jinsiy bezlar kiradi. Bez hujayralarida ishlangan moddalar – gormonlar qon va limfaga so’rilib o’tib, organ va to’qimalarning o’sishini, takomillashish jarayonlarini, modda almashinuvini boshqarish vazifasini bajaradi. Sekret qay yo’l bilan chiqishiga qarib bezlar merokrin, apokrin va golokrin tipdagi bezlarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |