2-bob. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar hisobini yuritish 1-§. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olish 8. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar mazkur bobning 2-paragrafiga muvofiq kapitalizatsiyalangan qismidan tashqari, ular amalga oshirilgan davrda (moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar sifatida) hisobga olinadi.
9. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar ushbu aktivning tannarxiga olib borish yo‘li orqali kapitalizatsiya qilinadi.
10. Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar kvalifikatsiyalangan aktivning qiymatiga qo‘shish yo‘li bilan kapitalizatsiya qilinadi, agarda undan tashkilot kelgusida iqtisodiy manfaatlar olishi mumkin bo‘lsa va agar bunda xarajatlarni ishonchli o‘lchash imkoniyati mavjud bo‘lsa.
2-§. Kapitalizatsiyalashtirishga yo‘naltirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar 11. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish, qurish yoki ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlarga agar tegishli aktiv uchun xarajatlar amalga oshirilmagan taqdirda, vujudga kelmasligi mumkin bo‘lgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar kiradi.
Aniq bir kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun tashkilot mablag‘larni aynan shu maqsadda chetdan jalb qilgan hollarda, ushbu aktiv bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar aniq ravishda belgilanishi (o‘rnatilishi) mumkin.
12. Muayyan davrda kapitalizatsiya qilishga yo‘naltirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar amalga oshirilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlardan ushbu mablag‘lar bo‘yicha olingan barcha investitsiyaviy daromadlarni (ushbu mablag‘larning vaqtinchalik investitsiya qilinishidan) chegirish orqali aniqlanadi.
13. Umumiy maqsadlarda jalb qilingan va kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun foydalanilgan qarz mablag‘lari doirasida kapitalizatsiya qilish uchun ruxsat etilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu aktiv uchun amalga oshirilgan xarajatlarga nisbatan kapitalizatsiya stavkasini qo‘llash orqali aniqlanadi.
14. Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun maxsus olingan qarzlardan tashqari, davr mobaynida tashkilotning qoplanmay qolgan qarzlariga nisbatan hisoblangan qarzlar bo‘yicha xarajatlarning o‘rtacha tortilgan miqdori kapitalizatsiya stavkasi bo‘lib hisoblanadi.
15. Muayyan davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasidan oshib ketmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang. 16. Kvalifikatsiyalangan aktivning balans qiymati yoki yakuniy tannarxi uning joriy qiymatidan yoki sotish qiymatidan oshib ketsa, uning balans qiymati buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq qisman yoki to‘liq hisobdan chiqariladi. Bunda, ayrim holatlarda kvalifikatsiyalangan aktiv qiymatining ilgari amalga oshirilgan qisman hisobdan chiqarilgan miqdori buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq qayta tiklanadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)