*fikrni erkin va ravon ifodalash; *o’zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish;
*adabiy til me’yorlari asosida gapirish.
Darsdan kutilgan natija:
*faollik;
*ijodkorlik;
*erkin fikr bildira olish;
*kerakli xulosa chiqara bilish;
*insonni tushunish va uni hurmat qilish.
Dars rejasi:
*o’tilgan mavzuni mustahkamlash;
*yangi mavzu bayoni;
*mashqlar ustida ishlash;
*yangi mavzuni mustahkamlash;
*uyga vazifani tushuntirish;
*oquvchilarni baholash.
Darsning borishi.
1.Tashkiliy qism.
*salomlashish;
*davomatni olish;
*tozalikni tekshirish;
*o’quvchilarning darsga tayyorgarliklarini nazorat qilish.
2.O’tilgan mavzuni takrorlash.
Takrorlash-bilimning onasi.
1.Gaplar ifoda maqsadiga ko’ra necha turga bo’linadi?
2.Gap bo’laklari haqida ma’lumot bering.
3.Mustaqil so’z turkumlari necha turga bo’linadi va qaysilar?
4.Yordamchi so’z turkumlari haqida gapirib bering.
5.Tovushlar necha turga bo’linadi?
6.Unli tovushlar deb nimaga aytiladi?
7.Undosh tovushlarga ta’rif bering.
3.Yangi mavzu haqida ma’lumotlar.
Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar yig’indisiga bo’g’in deyiladi.
Bo’g’in unli tovushlar asosida hosil bo’ladi.
So’zning o’zak va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas: go’sht-ni, barg-ga so’zlarida o’zak va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa go’sh-ti,bar-gi so’zlarida teng emas.
Bo’g’in
Yopiq bo’g’in
Ochiq bo’g’in
Ochiq bo’g’in.
Unli tovushlar bilan tugagan bo’g’inlar ochiq bo’g’inlardir. Masalan: o-na, o-ta.
Yopiq bo’g’in.
Undosh tovushlar bilan tugagan bo’g’inlar yopiq bo’g’inlardir. Masalan:
kal-tak, zum-rad, gul-don.
So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg’u deyiladi.
Urg’u.
So’z urg’usi.
Gap urg’usi
( mantiqiy urg’u).
So’z urg’usi.
So’z bo’g’inlaridan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi so’z urg’usi deyiladi.
Tilimizda so’z urg’usi ko’pincha so’zlarning oxirgi bo’g’iniga tushadi.So’zdagi bo’g’inlar ko’payishi bilan urg’u ham oxirgi bo’g’inga ko’chib boradi.Yozuvda urg’u tushgan bo’g’in so’z tepasiga (‘)belgisi qo’yish bilan ifodalanadi.Masalan:dala’, dalala’r, dalalarga’.
Gap urg’usi.
Gapdagi so’zlardan birining boshqasiga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi gap urg’usi yoki mantiqiy ug’u deyiladi.
Mantiqiy urg’u gap ichida biron so’zga tushadi.Masalan:buvijonim so’zlarini kutaman.
Kel esga olaylik.
1.Bo’g’in deb nimaga aytiladi?
2.Bo’g’inning qanday turlarini bilasiz?
3.Urg’u haqida nimalarni bilib oldingiz?
4.Men yurtimni sevaman.Ushbu gapdagi mantiqiy urg’uni toping.