Erish jarayonidagi issiqlik effekti.
Qattiq moddalarning suvda erishida bir vaqtning o’zida ikkita jarayon boradi:
- fizikaviy – eritilayotgan qattiq moddaning kristallik panjarasining
buzilishi;
- kimyoviy – erigan modda zarrachalari bilan erituvchi molekulalari orasidagi
o’zaro ta’sir.
Ikkinchi jarayon natijasida
gidratlarning,
agar erituvchi suv bo’lmasa
sol’vatlarning hosil bo’lishiga olib keladi. Shunday qilib, e
rish – bu fizik kimyoviy
jarayon,
eritma esa – bu
fizik – kimyoviy
sistemalardir.
Kristallik panjaralarning buzilishi uchun energiya sarflanadi, gidratlarning
(sol’vatlarning) hosil bo’lishida esa energiya ajralib chiqadi. Bu energiyalarning
nisbatlari bilan erishdagi issiqlik effektlari aniqlanadi.
Erish oddiy jarayon emas balki fizik – kimyoviy jarayon ekanligini
Mendeleev o’zining eritmalar to’g’risidagi kimyoviy nazariyasida asoslab berdi.
Uning fikricha qattiq moddalarning suyuqliklarda erishi issiqlik yutilishi yoki
chiqishi bilan sodir bo’ladi. Bir mol modda eriganda ajralib chiqadigan yoki
yutiladigan issiqlik miqdori shu moddaning erish issiqligi deyiladi.
Sol’vatlar yoki gidratlarning hosil bo’lishidagi o’zaro kimyoviy ta’sir
natijasida ajralib chiqadigan energiya erigan qattiq moddaning kristallik
panjarasini buzish uchun etsa va bir qismi ortib qolsa, ortib qolgan qismi issiqlik
sifatida ajralib chiqadi, natijada eritma qiziydi (musbat erish).
Agar o’zaro ta’sir natijasida ajralib chiqqan energiya qattiq moddaning
kristallik panjarasini buzish uchun etmasa, etmay qolgan qismini sistema
tashqaridan oladi, natijada eritma soviydi (manfiy erish).
Demak, gidratlar yoki sol’vatlarning hosil bo’lishida ajralib chiqadigan
energiyaga nisbatan, kristallik panjarani buzish uchun ko’proq energiya sarflansa,
erish eritmaning sovishi bilan, agar kamroq energiya sarflansa – erish eritmaning
isishi kuzatiladi.
Suyuqlik va gazlarning erishida kristallik panjarani buzish talab qilinmaydi,
shuning uchun suyuqlik va gazlarning erish jarayonlari deyarli hamma vaqt
ekzotermikdir.
Erishdagi issiqlik effektlari deyarli ko’pchilik hollarda (ko’pchilik moddalar
uchun) kichik, shuning uchun eritmani sezilarli darajada qizishi (isishi) yoki
sovishi kuzatilmaydi. Ayrim hollarda, masalan, ishqoriy va ishqoriy – er
metallarning gidroksidlari va mineral kislotalar (HNO
3
, H
2
SO
4
, H
3
PO
4
…) eriganda
eritmaning kuchli darajada isishi kuzatiladi va hatto eritma qaynaydi. Shu sababli
kislotalar va ishqorlarning eritmalarini tayyorlashda juda ehtiyotlikni talab qiladi,
ya’ni suvni kislotaga emas, aksincha kislotani suvga ohistalik bilan quyiladi.
Suvda eriganda, eritma kuchli darajada soviydigan moddalarga misol
tariqasida KNO
3
, NaNO
3
, NH
4
NO
3
, Ca(NO
3
)
2
… tuzlarini ko’rsatish mumkin.
Umuman nitrat kislotaning ko’pchilik tuzlari (ularni selitralar deyiladi) suvda
eriganda eritma sezilarli darajada soviydi.
Tuzilishida suv molekulalari mustaqil birlik sifatida ishtirok etadigan yoki
bog’langan suv molekulalari bo’lgan birikmalarga
Do'stlaringiz bilan baham: |