Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim yondashuvlari
Pedagogik – psixologik hamda fanlarni o’qitish metodikalariga bag’ishlangan
ko’plab adabiyotlarda o’quvchining individual xususiyatlarini ochib berishga uning
qobiliyatlarini rivojlantirish qiziqishlarini e’tiborga olgan holda shaxs sifatida
shakllanish ishiga yordam beruvchi yakka tartibda olib boriladigan ta’lim shaklini
shaxsga yo’naltirilgan ta’lim deb qaraladi.
Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini
to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’lim loyihalashtirilayotganda,
albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, mutaxassislik
faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondashilishni
nazarda tutadi.
Ta’lim tarbiya jarayonida qo’llaniladigan barcha usullar shaxsga qaratilganini
e’tirof etgan holda alohida olingan o’quvchiga ta’limiy – tarbiyaviy ta’sir etish
usulini ham shaxsga yo’naltirilgan ta’lim usuli deb ataymiz. Shaxsga yo’naltirilgan
ta’lim asosini anglash va bir-birini tushunish tashkil etadi. An’anaviy ta’lim asosini
tushuntirish tashkil etib, bu tushunchalar farqi quyidagicha sharhlanadi:
tushuntirish – bitta sub’ekt, monolog; anglash – ikkita sub’ekt bir-birini tushunishi,
hamkorlik, dialogdir.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim asosini tushuntirishdan anglashga, monologdan
dialogga, ijtimoiy nazoratdan rivojlanishga, boshqarishdano’z-o’zini boshqarishga
o’tish tashkil etadi. Pedagog fanni o’quvchilar bilishiga emas, ularning hamkorlik
qilishiga, ijodkorlik xususiyatlarini namoyon qilishiga erishishi kerak. O’quvchini
pedagogik qo’llab-quvvatlash o’qituvchining asosiy vazifasi bo’lishi kerak.
O’quvchining qo’yilgan masala ustida ijodiy izlanish, masalani tadqiq etishga
tajribasi, imkoniyatlari, salohiyati yetarli emas. O’qituvchining maslahati va
yordamiga
muhtoj.
O’qituvchining
qo’llab-quvvatlashi
Sh.Amonashvili
ta’kidlashicha quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
- bolani sevish;
10
- bola yashayotgan muhitni odamiylashtirish;
- o’z bolaligini bolada ko’rish.
Xorijiy psixologik tadqiqotlar pedagogning vazifasi bola shaxsini
shakllantirishda, rivojlantirishda deb ta’kidlaydi. K.Rodjers fikriga ko’ra
o’qituvchi sinfda o’quvchining individual rivojlanishiga ta’sir etuvchi muhitni
yaratish uchun quyidagilarga amal qilishi kerak:
- o’quv jarayoni davomida o’quvchilarga to’la ishonchni namoyon qilishi;
- har bir o’quvchi va sinf oldida turgan maqsad va vazifalarni aniqlashtirish va
ifoda qilishda ko’maklashishi;
- o’quvchilarda ichki rag’bat (motiv) mavjudligiga asoslanishi;
- har bir o’quvchi uchun o’qituvchi turli tuman tajribalarga ega, zarur
bo’lganda doimo murojaat etish mumkin bo’lgan manba bo’lishi;
- o’qituvchi doimo o’quvchilar guruhi ruhiyatini sezishi va uni qabul qilishi;
- guruhdagi o’zaro muloqotning faol ishtirokchisi bo’lishi;
- o’z his-tuyg’ularini ochiq ifoda etishi;
- har bir o’quvchi his-tuyg’ulari va kechinmalarini tushunishga erishishi;
- o’z-o’zini va o’z imkoniyatlarini yaxshi bilishi.
Shaxsga yo’naltirilgan ta’limni tashkil etuvchi o’qituvchi quyidagi talablarga
javob berishi kerak:
- bolaga, madaniyat va ijodga qadr qiymatli munosabatda bo’lishi;
- insoniy pedagogik munosabatni namoyon qilishi;
- bolaning ruhiy va jismonan sog’lig’ini saqlashi;
- o’quv-rivojlantiruvchi va madaniy-axborot ta’lim muhitini yaratishi va
muntazam boyitishi;
- ta’lim
mazmunini
o’quvchi
shaxsini
shakllantirishga
qarata
takommillashtirishi;
- o’quvchi shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi turli
tuman pedagogik texnologiyalarni egallashi;
- har bir o’quvchining o’ziga xos tomonlarini qo’lab-quvvatlashi va
rivojlantirishi.
11
O‘tgan asrning 80-yillari ta’lim jarayoniga ko’plab innovatsiyalarni kirib kelishiga
asos bo’lgan hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasini amerikalik pedagoglar
tomonidan ishlab chiqilgan. Ular bir qancha maktab namoyondalari ilg’or
tajribalarini umumlashtirib, tadqiq qilganlar.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish - demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchi o’rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va
faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda
ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Mazkur pedagogik texnologiya yangicha pedagogik tafakkur, taraqqiyparvar
g’oyalar manbai sifatida ko’plab zamonaviy pedagogik texnologiyalar tarkibiga
kiradi.
Hamkorlikda ta’lim olishning asosiy g’oyasi faqat birgalikda biror ish bajarish
emas, balki birgalikda o’qishdan iborat.
Xamkorlikda ta’lim olish texnologiyasining tasnifiy tavsifi:
-
qo’llanish darajasiga ko’ra-umumpedagogik;
-
falsafiy asosiga ko’ra-insonparvar;
-
rivojlantirish omiliga ko’ra-majmuaviy: bio-,sotsio-,psixogen;
-
o’zlashtirish asosiga ko’ra-assotsiativ, reflektor, bosqichma-bosqich;
-
mazmuniga ko’ra-o’rgatuvchi, tarbiyaviy, insonparvar, umumta’limiy,
dunyoviy;
-
boshqaruv turiga ko’ra-kichik guruhlar sistemasi;
-
tashkiliy shakliga ko’ra-akademik, yakka, guruhda, tabaqalashtirilgan;
-
bolaga yondashuviga ko’ra-shaxsiy-insonparvar, sub’ekt-sub’ekt;
-
boshqaruvchi metodga ko’ra- muammoli-tadqiqiy, ijodiy, munozarali,
o’yinli;
-
o’rganuvchilar darajasiga ko’ra-ommaviy;
-
hamkorlik pedagogikasiga yo’naltirilgan;
-
talab pedagogikasidan munosabatlar pedagogikasiga o’tish;
-
ta’lim va tarbiya birligi.
12
Hamkorlikda ta’lim olish texnologiyasining asosiy g’oyasi-o’quvchilarni turli
o’quv vaziyatlarida hamkorlikda faol harakatlariga shart-sharoitlar yaratishdir.
O’quvchilarning o’quv materiallarnin o’zlashtirish imkoniyatlari turlicha: ayrimlari
o’qituvchining tushuntirishlarini tez ilg’ab oladi, ayrimlariga qo’shimcha vaqt va
tushuntirish ishlari zarur. Bunday o’quvchilar o’quv mashg’ulotlari davomida
passiv bo’ladilar. Agar o’quvchilarni 4-5 nafardan kichik guruhlarga ajratib,
ishtirokchilarining har biri vazifasi aniq ko’rsatib o’tilsa, bunday vaziyatda har bir
o’quvchi o’ziga yuklatilgan vazifa hamda guruh vazifasiga mas’uliyat sezadi.
Bunda past o’zlashtiruvchi o’quvchilar ilg’or o’quvchilardan yordam so’raydilar.
Hamkorlikda kelib chiqadigan muammolar hal etiladi. Tajribadan ma’lumki,
birgalikda o’qish nafaqat qiziqarli va oson, balki samarali hamdir.
Hamkorlikda ta’lim olishning turli variantlari mavjud bo’lib, ular uchun umumiy
bo’lgan tamoyillar quyidagilar:
-
guruhlar o’qituvchi tomonidan mashg’ulotdan oldin o’quvchilarning
psixologik moslashuvchanligi e’tiborga olinib tashkil etiladi. Har bir guruhda
“kuchli”, “o’rtacha”, “kuchsiz” va albatta qizlar hamda o’g’il bolalardan iborat
bo’lishi kerak;
-
guruhga bitta topshiriq beriladi va uning bajarilishida guruh a’zolarining har
birining vazifasi o’qituvchi yordamida aniqlanadi;
-
har bir o’quvchi bajargan ish emas, guruh ishi baholanadi;
-
guruhning qaysi ishtirokchisi guruh topshirig’i yuzasidan javob berishini
o’qituvchi aniqlaydi. Ayrim hollarda «kuchsiz» o’quvchi tanlanishi ham mumkin,
chunki har bir topshiriqning maqsadi uni bajarilishida emas, balki har bir o’quvchi
tomonidan uning o’zlashtirilishida.
Hamkorlikda ta’lim olishning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan tashkil
topgan:
-
o’quv-biluv masalasini qo’yish (muammoli vaziyat);
-
o’quv maqsadlariga mos o’quvchilarni guruhlarga bo’lish;
-
didaktik materiallarni tarqatish;
-
guruhlardagi ishlarni rejalashtirish;
13
-
topshiriqlarni individual bajarish, natijalarni muhokama qilish;
-
guruhning umumiy topshirig’ini muhokama qilish (eslatmalar, to’ldirishlar,
aniqlik kiritish);
-
guruh ishining natijalari haqida ma’lumot berish;
-
guruhlarning ishlari haqida umumiy xulosalar va qo’yilgan maqsadga
erishganlik.
Tizimli yondashuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini: jaryonning
mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro bog’langanligi, yaxlitligini o’zida
mujassam etmog’i lozim.
Faoliyatga
yo’naltirilgan
yondashuv.
Shaxsning
jarayonli
sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish,
o’quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini
ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash – yangi
kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
Umumta’lim maktablarida aniq fanlarga qiziqishi past bо‘lgan о‘quvchilarga
informatika va AT fanining asosi matematika fani bilan bog‘liq bо‘lgan-
algoritmlash asoslari, dasturlash, matematik mantiq, sanoq cistemalari kabi
mavzularni о‘rganishda ayrim muammolar paydo bо‘ladi.
Informatika va axborot texnologiyalari fanining yuqorida sanab о‘tilgan
mavzularini an’anaviy metodlar yordamida о‘qitish yetarli samarali natija
bermaydi: ya’ni о‘quvchilarning kо‘p qismi kontentni tо‘liq о‘zlashtira olmaydi,
yoki faqat nazariy qismini о‘rganish bilan kifoyalanib, amaliy masalalarni hal
etishda qо‘llay olmaydi.
Matematik bilimlarga asoslangan informatika va AT fanining ayrim bо‘limlarini
о‘rganish jarayonida yangi mavzuni о‘rganishda hamda о‘rganilagan nazariy
bilimlarni amaliy masalarni yechish jarayoniga qо‘llashni о‘rganishda nostandart,
ijodiy, kreativ yondashuvlar asosida amalga oshiriladigan metodlardan foydalanish
tavsiya etiladi.
14
О‘quvchilarni kreativ fikrlashlariga zamin yaratuvchi evristik ta’lim
texnologiyalari zamonaviy metodikaning asosiy yо‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Evristik ta’lim texnologiyalari bu о‘quvchilardagi kreativ, ijodiy va intellektual
fikrlash qobiliyatlarni rivojlantirish vositasidir.
Evristik ta’lim jarayoni - о‘quvchi tomonidan о‘z fikrlarini hamda ta’lim
mazmunini, maqsadini anglash, shuningdek uni tashkil etish hamda tashxis
qilishdan iborat bо‘lgan jarayondir.
О‘quvchi uchun evristik ta’lim texnologiyasi -uzluksiz ravishda yangi bilimlarni
hosil qilish demakdir.
Evristik ta’lim metodlariga quyidagilar misol bо‘la oladi: moslashish “kо‘nikish”
usuli; mazmunni kо‘ra olish metodi; obrazli tafakkur; ixtiro metodi; "Agar shundan
bо‘lsa.." metodi, evristik savollar usuli; mubolag‘a usuli; glyutinatsiya metodi;
“Aqliy hujum” metodi; sinektika metodi; morfologik quti metodi; inversiya metodi.
“Evristika” atamasi yunoncha sо‘z bо‘lib, “qidirish”, “ochish” ma’nolarini
bildiradi. Evristika-ijodiy faoliyatni, yangi tushunchalarni, g‘oyalar va obyektlar
tо‘plamlari о‘rtasidagi munosabatlarni kashf etish(yaratish)da qо‘llaniladigan
usullarni hamda о‘quv jarayonida qо‘llaniladigan о‘qitish uslublarini о‘rganuvchi
fandir.
О‘qitishning evristik texnologiyalaridan uzoq о‘tmishda Suqrot keng foydalangan.
U maxsus savol va mulohazalar berish orqali suhbatdoshiga muammoni tо‘g‘ri
tushunishga yoki tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri yechimga kelishga yordam beradi. Ba’zan,
bunday turdagi savol va mulohazalardan foydalanish nafaqat о‘quvchiga, balki
о‘qituvchining о‘ziga ham haqiqatni ochishga kо‘maklashadi. Evristik о‘qitish
usullari nostandart, ijodiy, kreativ yondashuvni talab qiluvchi muammolarni hal
qilish jarayonini tezkorlik bilan bajarish imkonini beradi.
Pedagogikada о‘qitishning evristik ta’lim texnologiyalariga oid
ixtiyoriy
metod
Suqrot
tomonidan
ishlab
chiqilgan
«Mayevtika» metodining mazmunidan kelib chiqadi.
MAYEVTIKA METODI
15
“Mayevtika”- (yunon tilida “paydo bо‘lish”, “tug‘ruq”) qadimgi yunon olimi va
faylasufi Suqrotning (miloddan avvalgi 469-399) insonda yashiringan bilimlarni
mohirona tarzda evristik savollar va mulohazalar yordamida chiqarish usuli
hisoblanadi. Ushbu metod qurilishining mantiqiy shakli nuqtai nazaridan
induksiyaning bir kо‘rinishidir, ya’ni xususiydan umumiylikka о‘tish metodi.
Qadimgi Yunonistonda evristik ta’lim texnologiyasi deganda, birinchi bо‘lib
Sokratning “Mayevtika” metodi tushunilardi. Suqrotning о‘qitish usuli shundan
iboratki, о‘qituvchi о‘quvchiga muayyan masalani qanday hal yechishni bevosita
bayon qilmaydi, vazifalarni hal qilishga doir misol va masalalarni ishlab kо‘rsatib
bermaydi, balki о‘quvchini topshiriqni mustaqil hal qilishiga olib keluvchi savollar
asosida yechimni topishga undaydi. Bunday holatda о‘qituvchi tayyor bilimlarni
beruvchi sifatida emas, balki о‘quvchiga muammoning yechimini "tug‘ilishiga" ga
yordam beruvchi vazifasini bajaradi.
“Mayevtika” metodi qat’iy algoritmik asosga ega emas, о‘quvchining о‘z oldiga
qо‘ygan vazifasini aniq hal qilishi uchun hech qanday kafolat bermaydi, lekin kо‘p
yillik tajriba shuni kо‘rsatadiki, ushbu metod yordamida о‘quv jarayonida sodir
bо‘ladigan kо‘pgina amaliy ahamiyatga ega holatlarda maqsadga erishiladi.
Shuning uchun Suqrot usuli tо‘la-tо‘kis evristik ta’lim texnologiyalari ta’rifiga mos
keladi.
16
«MAZMUNNI KО‘RA OLISH» METODI
“Algoritmlash asoslari” hamda “Dasturlash asoslari” bо‘limini о‘rganishda
matematik masalalarni yechimini topishda “Mazmunni kо‘ra olish” metodi,
shuningdek “moslashish, kо‘nikish” usuli ham samaralidir.
Metodning mohiyati о‘rganilayotgan muammoning ma’nosi nima, uning tub sababi,
kelib chiqishi, qanday ishlashi, о‘rganilayotgan jarayonning obyekti, nima uchun
uni aynan shunday ekanligini tushunishga harakat qilishdir.
Falsafiy xarakterga ega bо‘lgan bu savollarga javob qidirish о‘quvchilarga vazifani
tо‘g‘ri belgilash, berilgan va topish talab qilinadigan obyektlarni qat’iy aniqlashga,
modellashtirish maqsadini aniq shakllantirishga, obyektning eng maqbul modelini
tanlashga va pirovard natijada о‘rganilayotgan obyekt ustida tadqiqot olib borishga
va muammoni hal qilishga yordam beradi.
«Mazmunni kо‘ra olish» metodidan Informatika va AT fanida foydalanish
namunasi:
KOMPYUTER MIYASI. Hammaga ma’lumki axborotni qabul qilish va uni
saqlash uchun miya faoliyatidan foydalanadi, buning uchun u о‘ng va chap yarim
sharlarga ega. Agar siz kompyuterning mikroprotsessori va turli xil xotiralarga ega
ekanligi bilsangiz, uning ishlash prinsipi haqida nima fikr bildira olasiz?
Aytishlaricha, kompyuter yaratilganda uning xotirasini prototipi inson miyasi
bо‘lgan. U holda insonda operativ xotira qayerda joylashgan, uning vazifisi nima,
17
kompyuter xotirasining boshqa turlari qayerda va ular о‘xshashmi degan savollar
tug‘iladi.
Nima uchun QATTIQ DISK deyiladi? Biz qattiq
diskning kо‘rinishini bilamiz. Xо‘sh о‘ylab
kо‘ringchi, qattiq diskning kо‘rinishi kub yoki
silindr shaklida bо‘lsa-chi? Bunday "qattiq disk"ga
axborot qanday yoziladi. Kompyuter qanday
kо‘rinishda bо‘lar edi? Qattiq diskning kо‘rinishi
uchun g‘oyalar va unga ma’lumot yozish yо‘llarini
taklif eting. О‘zingizni ixtiroingizni ixtiyoriy grafik muxarrirda chizishingiz
mumkin.
MS Excel dasturida mustaqil topshiriqni bajarish uchun metoddan foydalanish
namunasi.
Quyidagi jadval berilgan bо‘lib,
unda
о‘quvchilarning
imtixonlardan
olgan
baxolari
keltirilgan. Taklif etilgan imtixon
komissiyasi imtihon natijalari
bо‘yicha eng yuqori ball tuplagan
о‘quvchi uchun esdalik sovg‘a
takdim etishmoqchi. Topshiriq: dastur imkoniyatlaridan foydalanib, eng yuqori
ball tо‘plagan о‘quvchini topib, uning familiyasi yoniga “MUKOFOT” sо‘zini
qо‘yish kerak.
Boshqa topshiriqlardan farqi, ushbu vazifani qanday tartibda bajarish yuzasidan
aniq algoritm berilmaydi. О‘quvchilar mavjud bilimlari asosida yechini topadilar.
Mantiqni rivojlantiruvchi evristik topshiriq.
О‘qituvchi E:\Dlya urokov\7 klass\Zadaniya\ papkasida ishlamoqda. Ikkita
oldingi papkadan 4 mavzu papkasidagi Savollar.docx faylini о‘chirib tashladi.
О‘qituvchi о‘chirgan papkani tо‘liq manzilini kо‘rsating.
18
Uskuna (funksiya). MS EXCEL matn muharririning matn bilan ishlashni
osonlashtiradigan ba’zi uskunalarni kashf eting. Ularga nom bering, ularning
maqsadi va qanday ishlashini tasvirlab bering. Yarating va ushbu uskuna
kо‘rinishini tugma sifatida tasvirlang.
О‘quvchilar informatika va AT fanlarida evristik topshiriqlardagi muammolarni
hal etish natijasini tahlili shuni kо‘rsatadiki, ushbu jarayonda о‘quvchilarda
oldindan kо‘ra bilish va taxmin etish, eng maqbul yechimni topish va qaror qabul
qilish, ijodiy fikrlash kabi qobiliyatlarini fanlararo bog‘lanishlar orqali rivojlanadi.
“Evristik suhbat” metodi. Informatika va AT fanini о‘qitish jarayonida “Evristik
suhbat” metodidan foydalanish samaradi natija beradi. Ammo ushbu metoddan
foydalanish nafaqat ustunliklarga balki, о‘ziga xos kamchiliklarga ham ega.
Metodning avzalliklari:
Yangi mavzuni о‘rganishga sharoit yaratish
uchun
muammoni
maqsadli
yо‘naltirish
mumkin;
О‘qituvchi tomonidan berilgan savollar va
о‘quvchilarning javoblari mantiqan bir biriga
bog‘liq
ekanligi
keltirilgan
muammoni
bosqichma bosqich hal etish imkoniyatini yaratadi;
О‘quvchilarning javoblaridan kelib chiqqan holda keyingi savollar mazmuni
о‘zgarishi mumkin, bunda an’anaviylikdan vos kechiladi;
О‘quvchilar о‘zlari mavjud bilim, malaka va kо‘nikmalarga asoslangan evristik
savollarga javoblarni mustaqil ravishda topishlarining natijasida yangi bilimlarni
hosil qilish imkoniyati tug‘iladi.
Qatnashuvchilarning faol ishtirokini ta’minlaydi;
Qatnashuvchilar о‘z fikrlarini aniq va ravon bayon etishni о‘rganadilar;
О‘quvchilar tinglashni va bir birini eshitishni о‘rganadilar;
О‘qituvchi bilimi sayoz о‘quvchini topa oladi va uning fikrlariga diqqat etgan
holda qо‘llab quvvatlay oladi; (differensial ta’lim)
19
Kо‘p hollarda kashf etilgan yechimlar mavzuni о‘rganishga yangi yondashuvlarni
paydo bо‘lishiga sabab bо‘ladi.
“Evristik suhbat” metodining ayrim kamchiliklarini sanab о‘tamiz:
О‘qituvchidan evristik suhbatga tayyorgarlik kо‘rish va uni о‘tkazish uchun kо‘p
vaqt talab etiladi;
Javoblarga qarab evristik savollar berish uchun о‘qituvchi oldindan о‘quvchilar
berishi mumkin bо‘lgan javoblarni taxminan о‘rganib chiqishi kerak;
“Evristik suhbat” metodida dars davomida о‘quvchilar orasida passiv
kuzatuvchilari bо‘lish ehtimolining mavjud ekanligi.
7-sinf “Axborotlar ustida amallar bajarish” mavzusini о‘rgatish jarayonida evristik
suxbat metodining qо‘llanilishidan namuna.
О‘QITUVCHI: OAV deganda nima tushunasizlar?
О‘QUVCHI: Ommaviy axborot vositalari
О‘QITUVCHI: OAV ga qaysi vositalar kiradi?
О‘QUVCHI: Gazeta, jurnal, televideniya, radio, internet va boshqalar.
О‘QITUVCHI: Nima deb о‘ylisizlar, inson nima sababdan OAVlarini yaratgan?
О‘QUVCHI: Axborot qabul qilish va axborot uzatish maqsadida.
О‘QITUVCHI: Axborot deganda nima tushunasizlar?
О‘QUVCHI: Axborot turli kо‘rinishdagi xabar, ma’lumot, darak
О‘QITUVCHI: Bu ma’lumotlar nimani aks ettiradi?
О‘QUVCHI: Atrofimizdagi olamdagi barcha narsalarni.
О‘QITUVCHI: Ularni qanday kо‘rinishda tasvirlaydi?
О‘QUVCHI: Matn, rasm, belgilar,ovozli holda, chizma kо‘rinishida, video
holatida....
О‘QITUVCHI: Har qanday xabar axborot bо‘ladi deb hisoblaysizmi?
О‘QUVCHI: Xa yoki yо‘q. (Fikrlar har xil bо‘lishi mumkin)
О‘QITUVCHI: 1. Xa degan fikrlarga qо‘shilasizmi?
2. Yо‘q degan fikrgachi? Kim qaysi fikrga qо‘shiladi?
Har bir о‘quvchidan nima sababdan bu fikrga qо‘shilishi haqida tо‘liq ma’lumot
olish maqsadga muofiq.
20
О‘QITUVCHI: Agar men sizlarga О‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i xaqida
gapirib bersam, bu siz uchun axborot hisoblanadimi?
О‘QUVCHI: Yо‘q
О‘QITUVCHI:Nega?
О‘QUVCHI: Chunki ushbu ma’lumotni biz yaxshi bilamiz, shuning uchun u biz
uchun yangilik emas, qiziq emas.
О‘QITUVCHI: Demak, ma’lumot axborotga aylanishi uchun qanday xususiyatga
ega bо‘lishi kerak ekan?
О‘QUVCHI: Qimmatli, ya’ni kerakli va qiziqarli bо‘lishi kerak. (Fikrlar ichidan
ushbu fikrni aytgan о‘quvchi chiqib doskaga yozib qо‘yadi)
О‘QITUVCHI: Barcha ma’lumotlar ham axborot bо‘la oladimi?
Barcha javoblar eshitiladi, tо‘g‘ri xulosa qilgan о‘quvchilarni nima sababdan shu
xulosaga kelganliklari sо‘raladi hamda ularnig javoblari ham doskaga yoziladi.
Agar tо‘g‘ri javobga ega xulosalar va fikrlar bо‘lmasa, о‘qituvchi evristik savollar
yordamida о‘quvchilarni yо‘naltiradi.
О‘QITUVCHI: Shu yilning oktabr oyida 1995 yildagi oliy ta’limga kirish
imtixonlarining yechimlari e’lon qilinadi.
О‘QUVCHI: Bu ma’lumot dolzarb emas.
О‘QITUVCHI: MCMLXXXVI ushbu yozuv axborot bо‘la oladimi?
О‘QUVCHI: Yо‘q, chunki bu tushunarsiz tilda yozilgan.
О‘QITUVCHI: Demak, biz qanday xulosaga kelishimiz mumkin?
О‘QUVCHILAR: Axborot-bu bizni о‘rab turgan atrof muxit haqidagi ishonchli,
qimmatli va bizga tushunarli bо‘lgan belgi va ovozlar tо‘plamidir.
«Axborotli jarayonlar» tushunchasini о‘rganish uchun evristik suxbat metodidan
foydalanish uchun namuna.
- Avvalgi mavzularda, bizni atrofimizda predmetlardan tashqari axborotlar ham
borligi xaqida ma’lumot olgan edik. Xо‘sh, о‘quvchilar axborot deganda nima
tushunasiz?
-Axborotning qanday turlari aniqlanadi?
- Matnli, grafik, ovozli, belgili va boshqa turli usullarda.....
21
- Nima uchun odamlar bir xil axborotni turli yо‘llar bilan taqdim etadilar?
- Nima deb о‘ylaysiz, insonlar uchun axborotni uzatish, saqlash qulaymi yoki
ularni qabul qilishmi?
- Keling axborotni uzatish jarayoni haqida tо‘xtalamiz. Ushbu jarayonda nechta
qatnashuvchi ishtirok etadi?
- Ikkita
- Qaysilar va ular nima vazifani bajaradilar?
- Bir nafari axborotni taqdim etadi, ikkinchisi uni qabul qiladi.
- Iltimos, misol keltiring.
- О‘qituvchi va о‘quvchi. О‘qituvchi tushuntiradi, о‘quvchi qabul qiladi.
- Axborotni uzatish jarayonini tashkil etish uchun ikkita qatnashchi yetarli deb
hisoblaysizmi?
- Xa (Yо‘q)
О‘qituvchi barcha javoblarni asoslari bilan
eshitadilar. Kerakli jarayondaevristik savollar
yordamida о‘quvchi yо‘naltiradilar.
- Anvar 17 uyning 35 honadonida yashaydi va
uning dо‘sti Abdulloh ushbu uyning 101
honadonida yashaydi. Anvar yashash joyidan, о‘z honadanida divanda о‘tirib dars
qilayotgan Abdulloh uchun topshiriqning yechimini tushuntirsa, ushbu jarayon
ma’lumot uzatish jarayoniga misol bо‘la odimi?
- Yо‘q, telefon yoki internet tarmog‘ida onlayn muloqot orqali ushbu jarayonni
tashkil etish mumkin, yoki ular uchrashishlari shart, ya’ni axborot uzatuvchi va uni
qabul qiluvchi о‘rtasida aloqa tashkil etilishi lozim.
- Aloqa kanalida harakat qaysi yо‘nalishda amalga oshiriladi?
- Axborot uzatuvchidan axborot qabul qiluvchi tomonga qarab harakat amalga
oshiriladi.
- Har doimmi?
- Yо‘q. Ayrim xollarda ma’lumot qabul qiluvchi va uzatuvchining rollari teskari
tomonga о‘zgaradigan holatlar ham rо‘y beradi.
22
- Ushbu jarayonga misol keltiring va axborot uzatuvchi, qabul qiluvchi va aloqa
vositalarini asoslab bering.
О‘qituvchi barcha javoblarni eshitadi va xatoliklar mavjud bо‘lsa asoslagan holda
tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |