Mavzu: Kartondan "Olmali daraxt" ko’rgazmali qurolini tayyorlash



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.10.2022
Hajmi1,86 Mb.
#858700
Bog'liq
2-amaliy



Mavzu: Kartondan “Olmali daraxt” 
ko’rgazmali qurolini tayyorlash 
Reja
1. Karton qog’ozi va uning turlari haqida 
2. Kartondan “Olmali daraxt” ko’rgazmali 
qurolini tayyorlash texnologiyasi.
Rangli jild qog‘ozi — turli ranglarda bo'yal-
gan, jilo berilgan rangli qog‘ozning o'rnini 
bosib, qo'l mehnati darslarida keng qo'llanila-
di.Shagren naqshdor qog‘ozi — muqovasozlik-
da va tayyor narsalarning ustidan yopishtirs-
hda, archa o'yinchoqlarini yasashda foydalanila-
di. Gulqog'ozning rangi va guli turlicha bo'lib, 
muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, be-
zash ishlarida keng foydalaniladi. Kalka 
qog‘oziga shaffoflik berish uchun mum va moy 
singdiriladi. Yaxshi, sifatli kalka qog'ozining 
hatto tozalangan joyida ham tush yoyilib ket-
masligi kerak. Kalka qog'oz «fonus xayol» teat-
rida archa o'yinchoqlarini yasash. sahnani be-
zash, rasmlarni qayta tushirish ishlarida ishla-
tiladi. Millimetrli qog‘oz sathi bosma to'r 
shaklida tayyorlanadi. Filtr qog‘oz yelimlanma-
gan qog'ozdir. Karton qog‘oz deb lkv. m 250 
grammdan ortiq bo'lgan qog'ozga aytiladi. Kar-
ton qog'ozning quyidagi turlari mavjud: Oq 
karton — uni qirqish oson, o'zi unchalik pis-
hiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko'p 
shimadi, ko'pincha yelimdan shishib ketadi. 
Undan mayda narsalarni muqovalashda ishlatish 
mumkin. Sariq karton — oq kartondan ko'ra 
pishiqroq, egiluvchan, yaxshi qirqiladi. Yelim-
dan shishmaydi. Turli ishlarda foydalaniladi. 
Kul rang karton — oq va sariq kartondan pis-
hiqroq. qirqish qiyin. Piclioq karton massasidagi 
qumdan tez o'tmaslashadi. Kartonning bu na-
vidan o'ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar 
tayyorlanadi. Rangli karton — yupqa egiluvc-
han, sathi turli rangda jilo berilgan, ishlov 
berish juda oson va ko'rinishi chiroyli. Undan 


hajmi kichik narsalar, papkalar, muqovalar ta-
yyorlash ma’qul. Uning ustidan boshqa narsa 
yopishtirishga hojat yo'q. Q og‘ozni standart-
lash. Sanoatda standartlash katta ahamiyatga 
egadir. Standart deganda mahsulotning 
ma'lum sifatini, u yoki bu buyumning ma'lum 
o'lchamlari belgilanishini tushuniladi. Qog'oz 
sanoatida ham qog'ozning o'lchami va navlari 
standartlashgandir. Yozuv qog'ozi sotuvga 
250-500 varaqdan qilib taxlangan holda chiqa-
riladi, u katak yoki bir chiziq qilib chizilgan 
yoki umuman chizilmagan bo'ladi. Bir chiziq 
va katak qilib chizilgan qog'ozlardan ma’lum 
o'lchamga va ma'lum varaqqa ega bo'lgan daf-
tarlar chiqariladi. Yozuv qog'ozi bir-biridan 
tarkibidagi qog'oz massasi. qalinligi, og'irligi 
va boshqa xususiyatlariga ko'ra farqlanib to'rt 
navda chiqariladi. Yozuv qog'ozining oliv navi 
0, qolganlari muvofiq tarzda 1, 2, 3 raqamlari-
ga bo'Iinadi. Quruq holdagi qog'oz nisbatan 
pishiq materialdir. Qog'oz naviga ko'ra suvda 
iviydi, yumshoqlashadi, pishiqligi yo'qoladi. 
Qog'oz yaxshi taxlanadi, agar bukilgan joy yaxs-
hilab silliqlangan bo'lsa. qog'oz shu shaklni saq-
lab, oldingi holiga qiyinlik bilan qaytadi, bunda 
buklanishdan hosil bo'lgan chiziqlar saqlanib qo-
ladi. Suv, klevster. suyuq velimga namlanganda 
u cho'ziladi, quritilganda kirishadi, qog'oz 
uzunasiga qaraganda ko'ndalangiga ko'proq 
cho'ziladi. Qog'oz tayyorlashda ko'pgina miq-
dordagi tolalar uzunasiga joylashadi, shuning 
uchun ham qog'oz ko'proq kengayadi; 
ko'ndalang yo'nalishda o'raladi. Qog'oz oson 
tortiladi, eniga nisbatan bo'yiga yaxshilab buk-
langan joydan osonroq yirtiladi. Qog'oz yaxshi 
yonadi. Uni faqat yelim bilan emas, balki kleys-
ter bilan ham yopishtirish mumkin. Qog'ozni 
qaychida osonlik bilan kesish mumkin.
Kartondan «Olmali daraxt» ko‘rgazmali qu-
rolini tayyorlash texnologiyasi 


1. 30x44 sm o‘lchamdagi karton qog‘ozi 
olinadi. 
2. Karton qog‘ozining usti oq qog‘oz bilan 
muqovalanadi.
3. Kartonning yuqori va pastki qismidan 
bir-biriga to‘g‘ri qilib 8 ta teshik belgilanadi 
va nina yordamida teshib chiqiladi.
4. Ochilgan teshiklardan nina yordamida 
qalinroq ip o‘tkaziladi va kartonning orqa to-
monidan iplar bir-biriga bog‘lab qo‘yiladi. Ip 
teshiklardan bemalol harakatlanishi kerak.
5. Boshqa kartondan olma shakllari qirqib 
olinadi va shakllarga rangli qog‘oz yopishtiri-
ladi.
6. Qirqib olingan olma shakllari iplarga bit-
tadan yelimlab chiqiladi va orqa tomoniga oq 
qog‘ozdan yopishtiriladi. 
7. Olma shakllarini yelimlashda ipning tu-
guni kartonning pastki qismida joylashgan 
bo‘lishi kerak. Olma shakllarini esa kartonning 
yuqori qismidan yelimlanadi.
8. Kartondan katta savat shakli chizib qir-
qib olinadi va unga ranglar 
yordamida ishlov beriladi. 
9. Tayyor bo‘lgan savatcha asos kartonning 
pastki qismiga chetlarini yelimlab yopishtirila-
di. Iplar o‘tgan joyi yelimlanmaydi.
10. Iplarni harakatlantirganda olma shakllari 
yerga va savat chaga 
tushishi kerak.
11. Olma shaklining orqa tomoniga, ya’ni oq 
qog‘ozlar ustiga har xil misollar, mashqlar va 
topshiriqlar yozib qo‘yish mumkin.
12. O‘quvchi ipni harakatlantirganda olma 
shakli savatchaga tushdi. 
13. O‘quvchi shu olma shakli orqasidagi 
topshiriqni yozadi.
“Olmali daraxt” ko‘rgazmali qurolidan bosh-
lang‘ich sinf barcha darslari jarayonida qo‘llani-
ladi.

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish