Sektsiyaning o’tkazgichlari simmetrik bo’lganligi sababli, ularda bir xil kattalikdagi elektr
yurituvchi kuchlar xosil bo’lib, ular kontur bo’yicha qo’shiladi va chiziqli tezlik bilan aylanayotgan
yakor cho’lg’amining bitta o’ramidagi elektr yurituvchi kuch quyidagicha bo’ladi:
V
B
e
E
ym
y
2
2
(1-2)
YAkor cho’lg’amlari navbatma-navbat shimoliy va janubiy qutb o’zaklari ostida bo’lganligi
sababli xosil bo’lgan elektr yurituvchi kuch o’zgaruvchan xarakterga ega bo’ladi (32.a-rasm). Elektr
yurituvchi kuchning tarqalish formasi vaqtga boliq ravishda induktsiya V ning xavo bo’shlii bo’ylab
tarqalish xarakteriga o’xshash bo’ladi. Lekin yakor cho’lg’amidagi o’zgaruvchan tok kollektor yordamida
o’zgarmas tok ko’rinishiga keltirilib, tashqi zanjirga uzatiladi. xaqiqatan xam yakor bilan birga
kollektor 90 ga burilganda yakorni o’tkazgichlaridagi e.yu.k ning yo’nalishini o’zgarishi bilan bir vaqtda
cho’tkalar octidagi kollektor plastinalari xam almashadi. SHuning uchun yuqoridagi cho’tka ostidagi
kollektor plastinasi doim shimoliy qutb o’zagi ostidagi joylashgan o’tkazgich bilan ulangan bo’lib,
pastdagi cho’tka ostida joylashgan kollektor plastina bilan esa janubiy qutb o’zagi ostida joylashgan
o’tkazgich ulangan bo’ladi. SHunday qilib, kollektor yordamida yakor cho’lg’amidagi o’zgaruvchan tok
to’rilanib, tashqi zanjirga o’zgarmas tok ko’rinishida uzatiladi. YAkor cho’lg’amidagi tokning o’zgarish
egri chiziini (32,a-rasm) abstsissa o’qining pastidagi yarim davrini ishorasini o’zgartirib, tashqi zanjirdagi
tok va kuchlanishning egri chiziini xosil qilishi mumkin (32,b-rasm). Tashqi zanjirdagi tokning
pulosatsiyalanishi kamaytirish uchun ancha murakkab konstruktsiyada tayyorlangan yakor cho’lg’ami va
kollektor qo’llaniladi. Ikki qutbli mashinalarda elektr yurituvchi kuchning chastotasi yakorning
aylanishlar soniga teng f=n
.
Agar mashinada juft qutblar soni r bo’lsa, u xolda elektr yurituvchi
kuchning chastotasi f = rnbo’ladi
.
Faraz qilaylik, yakori nominal tezlik
bilan aylanayotgan o’zgarmas tok mashinasini
ko’zatish va yakor cho’lg’ami o’zgarmas tok
manbaiga ulangan bulsin yoki qutb o’zaklari
o’zgarmas magnitlardan iborat bo’lsin.
Qo’zatish cho’lg’ami xosil kilgan magnit kuch
chiziqlari xavo bo’shliini kesib o’tadi va
yakorning cho’lg’amida elektr yurituvchi
kuchni induktsiyalaydi. YAkor cho’lg’amidagi
kuchlanish yakor tokini xosil qiladi. Bu tok
o’zining magnit oqimini xosil qiladi. YAkorning magnit oqimi bilan qo’zatish cho’lg’amining magnit
oqimlarini o’zaro taosiri natijasida aylantiruvchi moment xosil bo’ladi. Agar bu moment valga
qo’yilgan statik momentdan katta bo’lsa, yakor asta sekin aylana boshlaydi va ishlab chiqarish
mexanizmini xarakatlantiradi. O’zgarmas tok mashinasining bu rejimi dvigatel rejimi deb ataladi.
O’zgarmas tok mashinasidan elektr energiyasini olish uchun yaoni generator rejimida ishlashi uchun
uning valiga birlamchi dvigatel (elektr dvigatellar, ichki yonar dvigatellari va x.k.) yordamida
aylantiruvchi moment yaoni mexanik quvvat beriladi. Mexanik quvvat taosirida aylanayotgan yakorning
cho’lg’amlari qo’zatish cho’lg’ami xosil qilgan magnit maydon kuch chiziqlarini kesib o’tadi va yakor
cho’lg’amlarida elektr yurituvchi kuch xosil bo’ladi. Agar bu cho’lg’amga cho’tkalar yordamida
isteomolchi ulansa bu cho’lg’am orqali elektr toki oqa boshlaydi va isteomolchiga elektr energiyasi
beriladi.
O’zgarmas tok mashinalarining magnit zanjirini xisoblash
O’zgarmas tok mashinalarini loyixalashda xavo bo’shliidagi magnit oqim bilan ko’zatish toki
orasidagi bolanishni aniqlash lozim bo’lib qoladi, shuning uchun uning magnit zanjiri xisoblanadi.
O’zgarmas tok mashinalarining asosiy magnit oqimi deb xavo bo’shliidagi magnit oqim
F
ga aytiladi, bu
magnit oqim yakor cho’lg’amidagi elektr yurituvchi kuchni induktsiyalaydi. O’zgarmas tok
mashinalarining magnit zanjirini salt ishlash rejimi uchun xisoblanadi. O’zgarmas tok mashinalarini
magnit zanjiri simmetrik bo’lganligi sababli va barcha qutblar ostidagi magnit oqim bir xil kattalikga
teng bo’lganligi uchun magnit zanjirini xisoblashni bir juft qutb o’zaklari davomida bajariladi. O’zgarmas
tok mashinalarining magnit zanjiri 33-rasmda ko’rsatilgan, bu rasmda punktir chiziqlar yordamida
o’rtacha magnit kuch chiziqlari ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: