Mavzu: Qiyosiy tarixiy usul Reja: Qiyosiy tarixiy usul to’g’risida tushuncha


Bo’z tuproqlarning genezisi va morfologik tuzilishi



Download 110,5 Kb.
bet3/3
Sana03.01.2022
Hajmi110,5 Kb.
#317281
1   2   3
Bog'liq
3-маъруза илмий текшир

Bo’z tuproqlarning genezisi va morfologik tuzilishi. Bo’z tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi) ga doir ko’plab tadqiqotlar V.V.Dokuchayev, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, P.S.Kossovich, N.A.Dimo, L.I.Prasolov, A.I.Bessonov va boshqalarning faoliyati bilan bog’liq.

Ayniqsa S.S.Neustruyevning bu sohada olib borgan ishlari alohida o’rin tutadi. Olim 1908 yilda Sirdaryo viloyatida olib borgan tadqiqotlari asosida bo’z tuproqlarning kelib chiqishi haqida dastlabki to’la ma’lumotlarni beradi. S.S.Neustruyev mustaqil tip sifatida ajratib «bo’z tuproqlar» atamasini fanga kiritgan «Bo’z tuproqlar» termini (atamasi) hozirgi vaqtda vatanimiz va horijiy mamlakatlar adabiyotiga kiritilgan.

Keyinchalik bo’z tuproqlarning genezisi sohsidagi ancha to’liq va mukammal tadqiqotlar mashhur tuproqshunos N.A.Rozanov tomonidan olib borildi hamda uning «O’rta Osiyo bo’z tuproqlari» (1951) monografiyasida batafsil bayon etildi.

O’zbekiston olimlarining ko’plab ishlari ham bo’z tuproqlarni o’rganishga qaratilgan (M.Bahodirov, M.Umarov, A.Rasulov va b.)

Bo’z tuproqlar haqidagi ko’pgina materiallar O’rta Osiyo jumhuriyatlari tuproqlariga doir ko’plab monografik asarlarda yoritilgan.

Ko’rsatilgan asarlarda bayon etilgan va shuningdek, olib borilgan keyingi tadqiqotlar asosida bo’z tuproqlarning genezisi haqidagi uchta nuqtai nazarni ko’rsatish mumkin. Birinchi nuqtai nazarga ko’ra bo’z tuproqlarning kelib chiqishi va xossalari hozirgi zamon omillari va jarayonlari bilan bog’liq (I.S.Kaurichev, 1982). Bunda bo’z tuproqlarda kechadigan biologik va biokimyoviy jarayonlar jadalligi hamda maromini belgilovchi o’ziga xos gidrotermik rejimlarga alohida e’tibor beriladi.

Boshqa bir nuqtai nazarga ko’ra bo’z tuproqlar eng qadimgi tuproqlar jumlasiga kiradi. Muzliklar davrida ham bo’z tuproqlarning tuzilishi deyarli buzilmagan va bir necha ming yillik murakkab shakllanish, shuningdek, rivojlanish tarixiga ega. Bo’z tuproqlar ko’plab bosqichlarni, jumladan, bir qancha o’ta namlik davrlarini kechirgan bo’lib, shu sababli tuproqda gil to’planish (gillanish) va profilining ancha miqdorda temir bilan boyishi singari alomatlar rivojlangan (N.A.Rozanov, 1951).

Uchinchi nuqtai nazar asosida (V.A.Kovda, 1973, I.N.Stepanov, 1980) bo’z tuproqlar dastlab gidromorf va so’ngra yarim gidromorf tuproq paydo bo’lish bosqichlarini o’tgan. Shu sababli bu tuproqlarda gumusning, shuningdek, kalsiy, magniy karbonatlari, gips va boshqa moddalarning ko’p to’planishi ro’y bergan. Keyinchalik bo’z tuproqlar ishqorsizlanib, quruq (arid)lashgan tabiiy sharoitlarga uchragan. Bu fikr O’rta Osiyodagi lyoss va lyossimon jinslarning allyuvial, prolyuvial, delyuvial kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Demak, bo’z tuproqlar genezisini yagona bir xildagi nazariya bilan tushuntirish mumkin emas. Xullas, bo’z tuproqlarda hozirgi zamon jarayonlarining belgilari bilan bir qatorda, qachonlardir boshqacharoq omillar tufayli yuzaga kelgan xususiyatlar ham aks etgan.

Nazorat savollari

1.Qiyosiy-tarixiy usul deganda nimani tushunasiz

2. Qiyosiy-tarixiy usul qanday iadqiqotlarda qo’llaniladi

3. Relikt belgilar deganda nimani tushunasiz



4.Relikt belgilarni ahamiyati nimadan iborat

5. Qiyosiy-tarixiy usulda modellashtirish qanday rol o’ynaydi
Download 110,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish