Mavzu: Ritorlarning malumotni tasirchan yetgazishdagi orni



Download 332,02 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi332,02 Kb.
#195774
Bog'liq
,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,,


Mavzu:Ritorlarning malumotni tasirchan yetgazishdagi orni.

Yoqimli va jarangdor ovozga ega notiq o‘z tinglovchilarini ovozining shiradorligi bilan ham asir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun notiq o ‘z ovozining kuchini, shiradorligini, yoqimliligini bilishi zurur. Lozim bo‘lganda undan foydalana bilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.

Notiqning ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lmog‘i lozim: — jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi); — keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo'lgan darajasi); — havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshitiluvchanlikka ega bo'lishi); — ixchamlik, harakatchanlik; — chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo'lish); — moslashuvchanlik (dinamika, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi); — qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va tessituaraning o‘zgarib turishi); — suggestivlik (ovozning hayajonni ifodalash va bu orqali, qanday so‘z aytilayotganidan qat’i nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati).

Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o'quvchiga yetkazishda qo'llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko'rinishda bo‘lganidan uning texnikasini ham ikki xil ko‘rsatish mumkin: 1. Og'zaki nutq texnikasi. 2. Yozma nutq texnikasi. Og'zaki nutq texnikasi tovush, bo‘g‘in, so‘zlarni, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlami anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tem brlarini yaxshilash, diksiyaga e’tibor berish va undoshlami talaffuz etish, ohang kabilar kiradi.

Til, uning amaliy ko‘rinishi bo‘lgan nutq tabiiy holatda talaffuz qilinuvchi ovozga (tovushga) asoslanuvchi hodisadir. Ammo adabiy til, adabiy nutq haqida gap borganda, tabiiy ovoz va talaffuz bilan bir qatorda, muayyan normalarga, qoidalarga solingan talaffuz haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Adabiy til doirasida amal qiluvchi tabiiy normalar va muayyan normalarga solingan talaffuz qoidalari yig‘indisi — adabiy talaffuz yoki, boshqacha aytganda, orfoepik normalar deb ataladi.

Demak, orfoepiya adabiy tilda so‘zlovchilarning barchasi uchun yagona talaffuz qoidalarini belgilaydi. Bu jihatdan u barcha uchun yagona bo'lgan imloviy qoidalami eslatadi. Demak, adabiy nutqning muayyan qoidalarga solingan normalarga egaligi nutq tipining o'ziga xos mohiyatidan darak beradi. Adabiy talaffuz — ushbu tilda gaplashuvchi barcha kishilar uchun umumiy va qonuniy bo'lgan talaffuzdir. Adabiy talaffuz talaffuzning milliy til doirasida mavjud bo‘lgan barcha boshqa ko'rinishlaridan ustun turadi va namunali hisoblanadi. Shuning uchun ham, odatda, milliy til doirasidagi talaffuz ko‘rinishlari ikki uslubga boiinadi: 1) normalangan adabiy talaffuz; 2) kundalik so‘zlashuv talaffuzi.

Nutqning to‘g‘riligi uning adabiy til normalariga mosligidir. Adabiy til normalari ko‘p tarmoqli bo'lgani uchun nutqning to‘g‘riligi ham bir qancha shartlami o'zida qamraydi. To‘g‘ri, nutq o‘zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yasalishi, gram m atik (m orfologik, sin tetik ), uslubiy norm alarini mujassamlashtirgan bo'lishi lozim. Bulaming birortasidan biroz chetlashgan nutq ham to‘g‘ri nutq bo‘la olmaydi. Nutqning to‘g‘riligi uning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to‘g‘ri bo'lmasa, boshqa kommunikativ fazilatlari ham buziladi. Nutqning tuzilishi to‘g‘ri bo‘lmaganda, uning mantiqiyligi, aniqligi, o'rinliligi kabilar haqida gapirib ham bo'lmaydi. To‘g‘ri nutq tuzish uchun so'zlovchi adabiy til normalarini egallab olgan bo‘lmog‘i lozim. Bu esa juda murakkab sermashaqqat ishdir.

Talaffuz normalari. Kishilar yoshlikda o‘zi mansub bolgan sheva normalari asosida til o‘rganadilar. Dialektal normalar juda qat’iy va qattiq amal qilgani uchun ulami buzish, ulardan qutulish oson ish emas. Nutq shaxsiy hodisa. Nutqni har bir shaxsning o‘zi tuzadi. Normativlami tanlash, baholash ham shaxs tomonidan bajariladi. Norma bir variantni tanlaganiga qaramasdan, uning yonida boshqa “shaxsiy” variantlar ham turadi. Agar so'zlovchi adabiy normalami yaxshi egallamagan bo‘Isa yoki o‘z shevasi bergan “shaxsiy” variantni afzal deb qarasa, uning nutqi adabiy normalardan chetlashuvi mumkin. Talaffuz deganda tilning tovush sistemasi — fonemalar, ularning sifatlari, ma’lum fonetik sharoitlarda o‘zgarishlari ko‘zda tutiladi

Ommaviy chiqishlarda notiqlik san’atining ahamiyati N otiqlik san’ati — ijtimoiy hodisa. Ayniqsa, ommaviy chiqishlarda notiqning nutqi va uslubi muhim ahamiyatga ega. Ommaviy chiqishlar hamma uchun, uning tinglovchilari: oddiy dehqondan tortib, injenergacha, pedagogdan tortib tibbiyot xodim igacha, o ‘quvchidan tortib talabagacha, boringki, jamiyatimizda taraqqiyot uchun xizmat qiladigan ommaga mo‘ljallanadi. Go'yoki badiiy asar o ‘z bahosini faqat adabiy tanqidchidangina emas, o'quvchilar ommasidan kutgani kabi ommaviy chiqishlarda so‘zlanadigan nutqning tinglovchilari turli toifadagi odamlar bo'lishi mumkin.

Aniqroq aytadigan bo'lsak, teleko'rsatuvlardagi nutqday, ko‘pchilikka manzur bo‘ladigan (televedeniyedagi hamma ko‘rsatuvlarni ommabop deyish qiyin) sodda uslubdagi yoshu qari tushunadigan va uni eshitib fikrlaydigan aniq, ravon va xalq tilidagi va dilidagi nutq bo‘lishi kerak. Ommaviy chiqishlardagi nutqda to‘g‘rilik, ma’nan yetuklik va lo‘ndalik kabi sifatlar o‘z aksini topmog‘i lozim. Nutqning to‘g‘riligi — adabiy til normalariga mosligidir. Nutq o‘zida adabiy tilning fonetik, talaffuz, lug‘aviy so‘z yasalishi, grammatik (morfologik, sintetik), uslubiy normalarini mujassalashtirgan bo'lishi lozim.



Ommaviy chiqishlarda notiq o‘z nutqining adabiy normalar darajasida bo‘lishiga erishmog‘i lozim. 0 ‘z shevasiga xos bo'lgan til vositalarini nutqqa o‘rinsiz olib kirish nutqni buzadi. Shunisi ham borki, adabiy tilda varianti bo'lmagan, biroq shevada mavjud bo'lgan so‘zlami, fikmi oydinlashtirish maqsadida olib kirilsa va izohlansa, nutqqa sayqal bag‘ishlaydi. Chunki tilimizning behisob boyligi shevalarda mujassam.
Download 332,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish