Mavzu: Tijorat banklari daromadlari va ularni oshirish yo’llari Reja: Kirish


-rasm. Tijorat banklari daromadsining shakllanish manbalari3



Download 252,02 Kb.
bet3/8
Sana26.06.2022
Hajmi252,02 Kb.
#707167
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Sherzod davletov Bank ishi tayyor

1-rasm. Tijorat banklari daromadsining shakllanish manbalari3

Ya’ni, foizli daromad mijoz va o’rtasida belgilandan shartnomaga asosan asosan amalga oshiriladi. Foizsiz daromadlar o’z navbatida ma’um belgilangan summalarda, qiymatlarda bankka kelib tushadi. Markaziy bank tomonidan qabul qilingan "O’zbekiston Respublikasi tijorat banklarining daromadlari, xarajatlari hisobini yuritish va ularning daromad solig’ini hisoblash to’g’risida" muvaqqat nizomida tijorat banklarining faoliyat qilish tartibi belgilangan bo’lib, banklar bu me’yoriy hujjatlar asosida o’z daromadlari va xarajatlarini amalga oshiradilar. Har bir tijorat banklari o’z faoliyatlarini olib borishdan maqsadi yuqori daromad olishga qaratilgan. Bu daromadlarni ko’paytirish yo’llarini tijorat banklari o’zlari mustaqil ravishda belgilaydilar.


1-jadval4
Tijorat banklarining foizli va foizsiz daromadlari tarkibi

Foizli daromadlar

Foizsiz daromadlar

Kredit operatsiyalari bo’yicha foizli daromadlar

Investitsiyalardan olingan daromad va dividendlar

Boshqa bankka joylashtirilgan depositlardan olingn foizlar

Bank xizmatlari uchun to’lovlar

Qimmatli qog’ozlar bo’yicha foizlar

Valuta operatsiyalaridan olingan daromadlar

Qat’iy belgilangan foiz stavkalaridan daromad

Brokerlik operatsiyalardan olingan daromadlar

Qimmatli qog’ozlar bahosining oshishidan olingan daromadlar

Lizing operatsiyalardan olingan daromadlar

Forvort shartnomasidan olingan daromadlar

Korxonani tashkil etishda ta’sischilardan daromad

O’zR MB dagi hisobvaraqlar bo’yicha foizli daromadlar

Vositachilik operatsiyalari bo’yicha foizsiz daromadlar

Boshqa foizli daromadlar

Boshqa foizsiz daromadlar

O‘z navbatida foizsiz daromadlarning o‘zi ham quyidagilarga bo‘linadi:



  • Vositachilik operatsiyalari bo`yicha foizsiz daromadlar:

  • Markaziy Bankka ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha;

  • boshqa banklarga ko`rsatilgan xizmatlar va vositachilik bo`yicha;

  • qimmatli qog`ozlar bilan bog`liq vositachilik operatsiyalar bo`yicha ;

  • bankning qimmatbaho metallar, toshlar, va tangalar bilan amalga oshirgan operatsiyalari bo`yicha;

  • faktoring bo`yicha;

  • trast operatsiyalari bo`yicha;

  • kreditlar bo`yicha vositachilik daromadlari;

  • menejment xizmati bo`yicha;

  • kafolatlar va kafilliklar bo`yicha

  • Xorijiy valyutalardagi daromad:

o “spot” bitimi bo`yicha;
o muddatli operatsiyalar bo`yicha;
o valuta tranzaksiyalari bo`yicha.

  • Tijorat operatsiyalaridan daromad:

    • Qimmatli qog`ozlar bo`yicha;

    • Qimmatbaho toshlar, metallar va tangalar bo`yicha;

    • Sotishga olingan qimmatli qog`ozlar haqiqiy qiymatining o`zgarishi hisobiga olingan daromad.

  • Qaram xo`jalik jamiyatlariga, qo`shma korxonalarga va sho`ba xo`jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar bo`yicha;

  • Boshqa foizsiz daromadlar:

o bankning asosiy vositalaridan ijarasidan;
o boshqa ko`chmas mulklarga qilingan investitsiyalar bo`yicha;
o hisobdan chiqarilgan mablag`larning qaytarilishi;
o bank asosiy vositalari va ko`chmas mulklarini sotish bo`yicha.
Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, tijorat banklari daromadlarining turlari ko’p bo’lib, ularni ko’pincha quyidagi turlarga bo’linadi:
o operastiyalarga oid daromadlar;
o noasosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar;
o kutilmagan daromadlarga guruhlanadi.
Operatsiyalarga oid daromadlariga yuqoridagi daromad turlaridan tashqari akkreditiv, faktoring (qarzlarni undirish, tovar va xizmatlarni qayta sotib, keyin ular uchun to’lovlarni undirishga doir huquqlarni qabul qilish), trast (ishonchga asoslangan) opreastiyalarni amalga oshirganligi uchun oladigan daromadlar; aholiga ko’rsatiladigan turli hil xizmatlar uchun oladigan xizmat haqi; davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish ishlarini bajarganligi uchun oladigan daromadlari; fond bozorida qimmatli qog’ozlar oldi- sotdioperatsiyalaridan oladigan daromadlari; bankga tegishli qimmatli qog’ozlar bo’yicha oladigan dividendlar; chet el valutasidagi bank opreastiyalari bo’yicha musbat kurs tafovutlari va shu kabilar kiradi.
Tijorat banklari noasosiy faoliyatidan olinadigan daromadlarga: mulklarni ijaraga berishdan, lizing operatsiyalarini amalga oshirishdan, pul mablag’lari va boshqa boyliklarni inkassatsiya qilingan uchun olinadigan daromadlar kiradi.
Tijorat banklari kutilmagan daromadlariga bank kassalaridagi pul mablag’larni va boshqa boyliklarining qoldig’ini aniqlash uchun o’tkazilgan ro’yxatdan o’tkazishda (inventarizastiyada) hisobdagidan ortiqcha chiqqan qismi; qarzdorlardan undirilgan turli jarima va penyalar; mijozlarning avvalgi yillardagi bank kechib yuborgan qarzlarning qaytarilishi, banklarning asosiy vositalarni tugatish yoki sotishdan olgan daromadlari va shu kabilar kiradi. Daromad va xarajatlarni guruhlash mos ravishda bank daromadsini operatsiya daromadsi, qo’shimcha faoliyatdan olingan daromad, boshqa daromadga bo’linadi5.
Operatsiya daromadsi (sof operatsiya daromadlari) operatsiya daromadlar va operatsiya xarajatlar o’rtasidagi farq orqali aniqlanadi. U quyidagicha shakllanadi:

  • kredit operatsiyalari bo’yicha daromad (zarar) - mablag’larni joylashtirishdan olingan daromad va jalb qilingan resurslarga to’lanadigan foizlar orasidagi farq;

  • qimmatli qog’ozlar bo’yicha operatsiyalardan olinadigan daromad (zarar) - qimmatli qog’ozlarni joylashtirishdan olingan daromad va qimmatli qog’ozlar bilan operatsiya xarajatlari orasidagi farq;

  • xorijiy valyutalar bilan bog’liq operatsiyalardan daromad (zarar) - xorijiy valyutalarni sotishdan olingan daromad bilan ularni sotib olish bilan bog’liq xarajatlar o’ratsidagi farq;

Tijorat banklari xizmatlarini ularning iqtisodiy mazmuniga va ko’zlangan maqsadga ko’ra ikki yirik guruhga bo’lish mumkin:

  • ma’lum darajada bankning likvidliligini saqlab turish uchun bajariladigan xizmatlar;

  • daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlar.

Ushbu ikki xizmatlar guruhi o’rtasida ma’lum nisbat mavjud bo’lib, u bank faoliyatini sifat jihatdan ma’lum darajada ta’minlab turish imkonini beradi. Bank likvidligini ta’minlash maqsadida bajariladigan xizmatlarning ba’zi birlari bankka daromad keltirsada, ular mavjudligining sababi bank umumiy likvidligini ma’lum darajada ushlab turishdan iboratdir.
Ushbu faoliyatlarning har bir turi bank ushbu operatsiyalarda qanday vaziyatda qatnashishiga qarab ajralib turadi. Yuqoridagi faoliyat turlarining ba’zilari aktiv operatsiyalarga kirsa, ba’zilari esa passiv operatsiyalarga kiradi. Daromadlar har bir faoliyat turidan turlicha kelishi mumkin. Aktiv operatsiyalardan keladigan daromad umumiy daromadlarning asosiy salmog’ini tashkil etadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, tijorat banklari daromadlarining asosiy qismini foiz daromadlari tashkil etadi. Respublikamiz tijorat banklarining foizli daromadlari tarkibiga 9 ta asosiy daromad turi kiritilgan11:

    • bankning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • bankning boshqa banklardagi hisobvaraqlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • sotib olingan veksellar bo’yicha olingan daromadlar;

    • investistiya bo’yicha olingan daromadlar;

    • qimmatli qog’ozlarni sotib olish, sotish hisobvaraqlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • mijozlarning majburiyatlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • mijozlarning majburiyatlari bo’yicha bankning qoplanmagan akseptlari bo’yicha olingan daromadlar;

    • ssudalar va lizing operatsiyalaridan olingan daromadlar;

    • REPOoperatsiyalaridan olingan daromadlar.

Tijorat banklarining ko’plari tarmoqlar bo’yicha ixtisoslashgan bo’lishiga qaramasdan, asosan qisqa muddatli kreditlar berishga harakat qiladi. Qisqa muddatli kreditlar shartnomaga asosan juda tez fursatda bankga qaytib, qo’shimcha shartnomada kelishgan foizlardagi daromad qo’shilib keladi. Demak, bank kapitali (mablag’i) qisqa muddatlarda ko’payaveradi.Tijorat banklari qimmatli qog’ozlarni chiqarish, joylashtirish va oldi-sotdi operatsiyalarida faol qatnashadi. Bu operatsiyalardan daromad oladi.
Chet el bank tizimida qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalar daromad manbalari orasida katta salmoqqa egadir. Bunga asosiy sabablardan bo’lib, sarmoya bozorlarining mukammal va to’liq faoliyat yuritishi hamda kapital aylanish mexanizmlarining puxta ishlab chiqilganligi deb ham qarash mumkin. Afsuski, o’zimizda ikkilamchi bozor amalda qariyb faoliyat yuritmaydi. Endigina QMDO va ba’zi qimmatli qog’ozlarning turlari bo’yicha operatsiyalar amalga oshirila boshlandi. Biroq, hali mukammal faoliyat ko’rsatish uchun yetarli darajaga yetishish uchun ko’p vaqt kerak bo’ladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalar yordamida banklar investistion faoliyatni amalga oshirishlari mumkin bo’ladi. Bu esa banklar uchun daromadlarning yangi manbalarini kashf etadi. Undan tashqari mablag’larning qimmatli qog’ozlar orqali moliyaviy investistiya evaziga ishlab chiqarishga yo’naltirilishi iqtisodiyot o’sishining muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlar bilan bog’liq operatsiyalarning bizning mamlakatimizda yaxshi rivojlanmaganligiga banklar ixtiyoridagi mablag’larning etarlicha bo’lmasligi va oqibatda aksiya, obligatsiyalar sotib olishga yo’naltirilmasligi ham sabab bo’ladi. Mablag’ mavjud bo’lganda ham aksiyalardan keladigan daromad juda pastligi va ko’pgina emitentlar xo’jalik faoliyatining ishonchsizligi ham bu sohaning yetarli ishlamasligiga olib keladi.
Kreditlash operatsiyalari vositasida daromadlarning shakllanishini ikki tarkibiy elementga bo’lish mumkin:

    • mijozlarga, ya’ni yuridik va jismoniy shaxslarga kredit berish;

    • bo’sh rezerv mablag’larini foiz hisobiga boshqa tijorat banklariga vaqtinchalik foydalanishga berish.

Bankning noan’anaviy xizmatlaridan keladigan daromad lizing operatsiyalari, informatsion, konsultativ xizmatlarni ko’rsatish orqali keladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri iqtisodiyotida O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini tezkor sur’atlar bilan rivojlantirish, bir tomondan zamonviy uskuna va texnologiyalarni qo’llashni, ikkinchi tomondan esa zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni izlab topishni talab etadi. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan lizing operatsiyalari keng miqyosda amalga oshirilmoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari ta'sischilar sifatida o’zlarining a'zolik badallariga (paylariga) asoslangan holda boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyatida ham faol ishtirok etishlari mumkin. Bu asosan shu bilan bevosita bog’liqki, inflatsiya sharoitida tijorat banklarining o’z kapitallari ham qadrsizlanmasdan qolmaydi. Xuddi shuning uchun ham ular o’z kapitallarini daromadli va oqilona joylashtirish uchun tijorat banklari ta'sischilik faoliyati bilan shug’ullanishi kerak.
Bank xizmatlari juda ham xilma-xildir va doimo har xil yangiliklar bilan to‘ldirib boriladi. Quyidagi 2-jadval ma’lumotlari asosida tijorat banklari faoliyati turi bo’yicha daromadlar guruhini ko’rishimiz mumkin.
Endi e’tiborimizni xorij mamlakatlari bank amaliyotiga qaratamiz. Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining daromadlari turli-tuman operatsiyalardan olinadi. Ammo, bu operatsiyalarning ko’pi hali bizning tijorat banklari tomonidan amalga oshirilmaydi.


Download 252,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish