Mavzu: Xalqaro savdo. Xalqaro mehnat taqsimoti va xalqaro savdo to‘g‘risidagi turlicha nazariyalar


-a rasm. Savdo bo‘lmagan sharoitdagi muvozanat (O‘zbekiston)



Download 366,51 Kb.
bet11/18
Sana23.06.2022
Hajmi366,51 Kb.
#694827
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
XALQARO SAVDO

1-a rasm. Savdo bo‘lmagan sharoitdagi muvozanat (O‘zbekiston).




1 -b rasm. Savdo bo‘lmagan sharoitdagi muvozanat (YAponiya).
1-b rasmdagi ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i esa YAponiya o‘zi nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan 2-tovarning har bir qo‘shimcha birligini ishlab chiqarishni ta’minlash uchun borgan sari ortib boruvchi 1-tovar birligidan voz kechishga majbur bo‘lishini ko‘rsatmoqda.
@ Transformasiyaning chegaraviy me’yori (marginal rate of transformation) — 1-tovarning qo‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 2-tovar soni.
O‘rnini qoplashning chegaraviy me’yori (marginal rate of substitution) — mavjud iste’mol darajasining saqlanib qolishi ta’minlangan holda 1-tovarning qo‘shimcha birligini ishlab chiqarish uchun voz kechiladigan 2-tovar miqdori.
Xalqaro savdo quyidagi jihatlar bilan xarakterlanadi:

  • Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i har bir mamlakatda turlicha, bu ularda o‘zaro savdoga kirishishga ishtiyoq tug‘diradi;

  • Agar ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i mos kelsa, ya’ni ishlab chiqariladigan tovarlar nisbati har ikki mamlakatda bir xil bo‘lsa, o‘zaro savdo iste’molchilarning didi va istaklaridagi farqqa asoslanadi, bu esa juda yaqin mamlakatlarda ham hech qachon to‘liq mos kelmaydi;

  • Taklif transformasiyaning chegaraviy me’yori, talab esa o‘rnini qoplashning chegaraviy me’yori bilan aniqlanadi;

  • Xalqaro savdo amalga oshadigan muvozanat narxi tovarga bo‘lgan jahon nisbiy talabi va jahon nisbiy taklifi bilan aniqlanadi.

Mamlakatlar bir-biri bilan savdo munosabatlariga kirishguncha bo‘lgan muvozanat transformasiyaning chegaraviy me’yori (taklif) va o‘rnini qoplashning chegaraviy me’yori (talab) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir orqali o‘rnatiladi. O‘zbekistonning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i o‘rnini qoplashning chegaraviy me’yori egri chizig‘i (I) bilan A nuqtada tutashgan, ushbu nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga etadi – O‘zbekiston o‘zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlarni maksimal miqdorda iste’mol qiladi. YAponiyaning ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i esa o‘rnini qoplashning chegaraviy me’yori egri chizig‘i (I*) bilan A* nuqtada tutashgan, ya’ni ushbu A* nuqtada mamlakat ehtiyojlarini qondirish maksimal darajaga etadi – YAponiya o‘zi ishlab chiqaradigan 1- va 2- tovarlarni maksimal miqdorda iste’mol qiladi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘lari va o‘rnini qoplashning chegaraviy me’yori egri chizig‘lari shaklining har xilligi tufayli 1- va 2-tovarlarning O‘zbekiston va YAponiyada (A va A*) turlicha bo‘ladi. 1-tovarning nisbiy muvozanat narxi O‘zbekistonda A nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bilan ifodalan va u 2-tovarning 1/4 birligiga teng, ya’ni PA = P1/P2 = 1/4
YAponiyada esa ushbu narx A* nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziq bilan ifodalangan bo‘lib, bu nisbiy narx 2-tovarning 4 birligini tashkil etadi: PA* = P1/P2 = 4
SHu narsa aniq ravshanki, Pa/A < P*a/A* bo‘lgani bois O‘zbekiston 1-tovar, YAponiya esa 2-tovar bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega. Ishlab chiqarishning maksimal hajmi (V)ga har ikki mamlakatda A va A* nuqtalarda erishiladi, Q1 va Q2 1- va 2-tovarlarni ishlab chiqarish miqdorini ifoda etadi:

P1xQ1+P2Q2 = V


Savdo boshlangandan so‘ng 1-tovar bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan, shuning uchun ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvchi O‘zbekiston 2-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 1-tovar ishlab chiqarishini kengaytiradi, binobarin ishlab chiqarish nuqtasi A ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bo‘ylab pastga qarab ko‘chadi. YAponiya esa 2-tovar bo‘yicha nisbiy ustunlikka ega, shuning uchun u ushbu tovarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi hamda 1-tovar ishlab chiqarishini qisqartirgan holda 2-tovar ishlab chiqarishini kengaytiradi, o‘z navbatida ishlab chiqarish nuqtasi A* ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i bo‘ylab yuqoriga qarab ko‘chadi (2.3.2.-a va 2.3.2.-b rasmlar). Bu jarayon har ikki mamlakatdagi nisbiy narxlar tenglashgungacha davom etadi. YAngi nisbiy narx RA= 1/4 va RA* = 4 orasida joylashadi. Bizning vaziyatda bu narxni ifoda etuvchi chiziq O‘zbekistonda B, YAponiyada B* nuqtalar orqali o‘tadi va RV=RV*=1 ga teng bo‘ladi. Mana shu holatda nisbiy ustunlik nazariyasi o‘z nihoyasiga etadi. Standart model ortib boruvchi o‘rnini qoplash xarajatlarini hisobga olgan holda bu nazariyani boshqacharoq talqin etadi.



Download 366,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish