Maxsus, kasb-hunar



Download 5,34 Mb.
bet33/39
Sana05.09.2022
Hajmi5,34 Mb.
#848193
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari

Payvandchi posti.


82-rasm. Payvandchi postining umumiy ko’rinishi
Elektr yoyida payvandlash postini, payvandlash texnologiyasiga, payvandlash ishiga mos ravishda
jihozlanadi. Ishlab chiqarish sharoitida payvandchi posti alohida ajratilgan xonada, maydoni 2x3 m2 dan kam bo’lmagan joyda bo’lishi kerak. Payvandchi posti boshqa joylardan devor yoki maxsus to’siqlar (metalli, yonmaydigan matoli) bilan ajratilishi zarur (82-rasm).
Payvanchi postining asosiy jihozlari elektr yoyi hosil qilish manbaasi, payvandlash uskunasi uchun kabellar, elektrod tutkich, shchit, har xil detallar- ni payvandlashda qo’llaniladigan mahkamlovchi moslamalar, gaz balloni bo’lishi kerak. Payvand- lovchi postida kamida 1 m2 ga teng bo’lgan metalli stol o’rnatiladi. Uni ustida chiqindi gazlarni so’rish uchun ventilyator o’rnatiladi. Elektr yoyi manbaasi yerga ulangan bo’lishi zarur. Payvandchi oyog’i osti- ga qo’ygani dioelektrik to’shama yoki yog’och taglik qo’yilgan bo’ladi (83-rasm).
83-rasm. Payvandchi postining sxemasi.

  1. ventilyatsiya; 2-ish stoli; 3-elektrodlar uchun yashik; 4-detallar uchun yashik; 5-dielektrik to’shama; 6-gaz gorelkasi; 7-gaz shlangi; 8-stul; 9-gaz balloni; 10-kabel; 11-yoy manbaasi; 12-yerga ulash; 13-kabel; 14-chiqindilar uchun yashig.


Elektr va gaz yordamida payvandlashda xavfsizlik texnikasi


Elektr yoy nurlanishining zararli ta’siri. Pay- vandlash yoyidan tarqaladigan ko‘z ilg‘amas ultra- binafsha nurlar ko‘zning to‘r va qorachig‘iga zararli ta’sir qiladi. Agarda yoy shu’lasiga himoyalanmagan ko‘z bilan 5—10 minut qarab turilsa, oradan 1—2 soat o‘tgandan keyin kishining ko‘zi og‘riydi, qovoq- lari shishadi, yoshlanadi, yorug‘ga qarolmaydigan bo‘lib qoladi va ko‘zi shamollaydi. Bunday hollarda shifokorga murojaat qilish kerak.
Yoydan ajralib chiqadigan boshqa ko‘z ilg‘amas nurlar (infraqizil nurlar) ham uzoq vaqt ta’sir qilgani- da ko‘zning kasallanishiga sababchi bo‘ladi.
Ko‘zni saqlash uchun muhofaza oynali qalqonc- halar va shlemlar ishlatiladi. Oynalar ultrabinafsha nurlarni butunlay o‘tkazmaydi, infraqizil nurlarning esa, umumiy miqdoridan faqat 0,1 dan 3% gachasi- ni o‘tkazadi. Flyus ostida payvandlashda shlak yoki flyus parchalari ko‘zni jarohatlamasligi uchun rang- siz yoki salgina qoraroq qilingan ko‘zoynaklar taqi- ladi.
Tevarak-atrofda ishlayotgan kishilarni pay- vandlash yoyi nurlari ta’siridan saqlash uchun pay- vandlanadigan joy 1,8 m balandlikdagi yorug‘lik o‘tkazmaydigan shitlar, shirmalar yoki fanera hamda
brezentdan qurilgan kabinalar bilan to‘siladi. Kabina ichida havo yaxshiroq almashinib turishi uchun kabi- naning devorlari poldan 25—30 sm baland bo‘ladi. Yorug‘lik tafovutini kamaytirish uchun kabina de- vorlarini yorug‘ ranglarga (kulrang, havorang, yashil, sariq) bo‘yash hamda ish o‘rnini yanada yaxshiroq sun’iy yoritish tavsiya etiladi.

Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish