IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: 8. “Aplikatsiya” usuli. (7 daqiqa)
V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.Mavzuni o`qish , xarita bilan ishlash
9-sinf geografiyasi Sana ____________
Mavzu: Jahon mamlakatlarining davlat tizimi va boshqaruv shakillari
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga davlatni boshqarish shakllarini, xalqaro iqtisodiy va siyosiy tashkilotlarini tushuntirib berish
Tarbiyaviy maqsad: O`quvchilarga iqtisodiy geografik tarbiya berish, Vatanimizga mehr-muhabbat hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.
Dars turi: Ta’lim beruvchi, interfaol.
Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol.
Dars jihozi: Globus, Dunyo siyosiy kartasi,O`zbekiston siyosiy kartasi, 9-sinf darsligi, atlasi, yozuvsiz xaritasi, jadvallar, tarqatma materiallar,
Texnik jixozlar:Kompyuter, multimedia, slaydlar.
I. Tashkiliy qism. 1.O`qituvchining kirish so`zi. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga hozirlash
II. O`tgan mavzuni so`rab baholash. 3.Biz bilgan bilimlar.
III. Yangi mavzu bayoni:
Har qanday mamlakatning davlat tuzumi uni idora qilish shakli bilan ajralib turadi. Idora qilishning ikki asosiy — respublika va monarxiya shakllari keng tarqalgan. Respublika shakli qadimdan ma’lum (Qadimgi Rim) bo’lsa ham, uning keng tarqalishi XX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi.
2004-yilning dastlabki davrida jahonda 152 respublika mavjud edi. Respublika tuzumida qonun chiqaruvchi organ odatda parlamentga, ijro etuvchi organ esa hukumatga qaraydi. Shu vaqtning o’zida, prezidentlik respublikasini parlamentlik respublikasidan farq qilish lozim. Prezidentlik respublikalarida prezident hukumat boshlig’i lavozimidan tashqari juda katta vakolatlar bilan ta’minlangan bo’ladi (AQSh, Rossiya, Lotin Amerikasidagi qator davlatlar), parlamentar respublikalarida prezident katta vakolatlarga ega bo’lmaydi, bosh vazir hukumat boshlig’i hisoblanadi (GFR, Italiya, Avstriya, Hindiston). Mustamlaka tizimining yemirilishi natijasida rivojlanayotgan mamlakatlarning ko’pchiligi, sobiq Ittifoqning parchalanib ketishi natijasida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning barchasi idora qilishning respublika shaklini qabul qildi.
Idora qilishning monarxiya shakli ham qadimda vujudga kelgan. (Qadimgi Rim, imperiya davri.) Lekin uning keng tarqalishi o’rta asrlarga va undan keyingi davrga to’g’ri keladi. Jahonda 2004-yilning dastlabki davrida monarxiya shakii mavjud 29 davlat bo’lgan, shuning 13 tasi Osiyoda, 12 tasi Yevropada, 3 tasi Afrikada, 1 tasi Okeaniyada joylashgan.
Monarxiyalarning ko’pchiligi konstitutsiyalik monarxiyalardir, ularda qonun chiqaruvchi organ parlamentga, ijro etuvchi organ esa hukumatga qaraydi. Bunday mamlakatda monarx, I.A.Vitver ta’kidlashicha, «podsholik qiladi, lekin idora qilmaydi». Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Ispaniya, Yaponiya ana shunday davlatlar jumlasidandir .
O’zbekiston o’zining mustaqil davlat sifatida rivojlanishidagi o’tgan qisqa tarixiy davrida eng obroli va nufuzli xalqaro tashkilotlar tarkibiga a’zo bo’ldi, barcha qit’alardagi bir necha o’nlab mamlakatlar bilan do’stona aloqalar o’rnatdi, eng yirik bank va moliya organlari, nodavlat va nohukumat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: 8. “Aplikatsiya” usuli. (7 daqiqa)
V. O`quvchilarni baholash va uyga vazifa.Mavzuni o`qish , xarita bilan ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |