Tayga-o’rmon zonasining chegarasi, maydoni, tabiiy iqlim sharoitlari.
Tayga – o’rmon zonasi MDH xududi boreal (mo’tadil sovuq) mintaqasining katta qismini egallaydi.
Bu zona shimoldan tundra, janubda – o’rmon dasht zonasi bilan chegaralanadi. Zona maydoni 1150 mln.ga. ga yaqin bo’lib, (o’rmon qo’ng’ir tuproqlari bilan birga) MDH territoriyasining 52 foizini tashkil etadi. 64 foiz maydoni tekisliklarga ega va 36 foizi tog’li o’lkalarga to’g’ri keladi.
I q l i m i mo’tadil sovuq va yetarli darajada namlangan. O’rtacha harorat, Yevropa qismida 40C, G’arbiy Sibirda –30C dan –80C gacha va Sharqiy Sibirda –7 0C dan –16 0C gacha o’zgarib boradi.
50C dan yuqori harorat bo’lgan davr G’arbda 160-200 kun, sharqda qisqarib 100-140 kunni tashkil etadi. Shuninigdek, yog’ingarchilik miqdori g’arbdan (680-500 mm) sharqqa (300-150mm) qarab kamayib boradi. Bug’lanishga nisbatan atmosfera yog’inlari ko’p bo’lganligi sababli tayga-o’rmon zonasi nami yetarli va ancha sernam zonaga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |