Meros mol-mulkning qo‘riqlanishiga doir chora-tadbirlar ko‘rish, merosga bo‘lgan huquq to‘G‘risida guvohnomalar berish


NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA



Download 29,33 Kb.
bet2/2
Sana21.05.2022
Hajmi29,33 Kb.
#606362
1   2
Bog'liq
meros mol-mulk

NOTARIUSLAR TOMONIDAN NOTARIAL HARAKATLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI YO‘RIQNOMAGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Mediator vazifasini bajarish
Notarius fuqarolik-huquqiy munosabatlar, shu jumladan mulkiy va meros masalalari bo‘yicha o‘zaro maqbul qaror qabul qilish uchun taraflarning ixtiyoriy roziligi asosida nizoda mediator sifatida ish yuritadi.
Notarius faqat notariuslar tomonidan amalga oshirilgan notarial harakatlar yuzasidan kelib chiqqan nizolar bo‘yicha mediator vazifasini bajaradi.
Taraflar va mediator mediatsiya ishtirokchilaridir. Jismoniy shaxslar ham, yuridik shaxslar ham mediatsiya taraflari bo‘lishi mumkin.
Taraflar mediatsiyada shaxsan yoki o‘z vakili orqali qonun hujjatlariga muvofiq ishtirok etadi.
Notarius quyidagi nizolar bo‘yicha mediativ kelishuvni tasdiqlaydi:

        • oilaviy nizolar (er-xotinning mol-mulkini bo‘lish);

        • meros bilan bog‘liq nizolar (meros mol-mulkini taqsimlash;

        • merosxo‘rlar o‘rtasida ulushlarni bo‘lish va boshqalar);

        • boshqa nizolar (pul majburiyatlari, mulkni topshirish majburiyatlari, qarz majburiyatlari, garov munosabatlari bo‘yicha majburiyatlar).

Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish uchun taraflar o‘zaro kelishuvga ko‘ra notarial harakatni amalga oshirgan notariusga yoki boshqa notariusga murojaat qilishi mumkin.
Manfaatdor taraf nizoning ikkinchi tarafiga nisbatan qo‘yilayotgan talablar mazmunini izohlagan xolda notariusga kelishuv tartib-taomilini qo‘llash haqida ariza bilan murojaat etadi. Notarius qonun hujjatlarida belgilangan muddatda arizani o‘rganib chiqib, taraflar, nizo predmeti, o‘tkazilish joyi va vaqti ko‘rsatilgan nizoni mediatsiya yo‘li bilan hal etish xaqida taraflarga xat yuboradi.
Agar taraflar notariusga nizolashayotgan masala bo‘yicha mediatsiyani qo‘llash haqida birgalikda murojaat etsa, notarius ulardan ushbu masala bo‘yicha mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishga roziligi xaqidagi oddiy yozma shakldagi kelishuvni taqdim etishni so‘raydi.
Taraflar mulkiy yoki meros masalasi bo‘yicha yuzaga kelgan nizoni notarius orqali hal etishda notariusga shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini, nizo kelib chiqishiga sabab bo‘lgan notarial harakat asli yoki nusxasi, ushbu nizoni hal etish uchun mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi oddiy yozma shaklda tuzilgan kelishuvni taqdim etadi.
Mediatsiya tartib-taomili mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida taraflar tomonidan kelishuv tuzilgan kundan e’tiboran boshlanadi.
Mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilayotganda notaruis taraflarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini cheklashga, ularning u yoki bu qarorni qabul qilishda bosim o‘tkazishga haqli emas.
Notarius mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog‘ida bir vaqtning o‘zida ham taraflarning barchasi bilan, ham taraflarning har biri bilan alohida-alohida uchrashuvlar o‘tkazadi, ularga nizoni hal etishga doir og‘zaki va yozma tavsiyalar beradi, mediatsiya boshlanguniga qadar mediatsiya taraflariga mediatsiyaning maqsadini, shuningdek ularning huquq va majburiyatlarini tushuntiradi, taraflarning o‘zaro fikr va takliflarini almashishlarini ta’minlaydi, taraflar tomonidan nizoni tartibga solish turini taklif qiladi.
Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvda:

  • taraflar haqidagi;

  • nizo predmeti to‘g‘risidagi;

  • mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi, mediator, taraflar

tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari
haqidagi;



  • mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana to‘g‘risidagi;




  • mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan muddat haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi kerak.

Mediatsiyani amalga oshirish muddati mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvda taraflar tomonidan ixtiyoriy belgilanadi. Bunda muddat o‘ttiz kundan oshmasligi lozim. Zarur hollarda taraflarning o‘zaro roziligi bilan ushbu muddat o‘ttiz kungacha uzaytirilishi mumkin.


Notarius tomonidan quyidagi hollarda mediatsiyani qo‘llash tugatiladi:

  • taraflar tomonidan mediativ kelishuv tuzilganda;

  • nizo xususida o‘zaro maqbul bo‘lgan qarorga erishish imkoniyati

bo‘lmaganda;



  • mavjud nizo bo‘yicha kelishuvga erishmay turib mediatsiyani tugatish to‘g‘risida taraflarning kelishuvi tuzilganda (mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida yozma kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda);




  • biror-bir taraf mediatsiyani davom ettirishdan voz kechishini ma’lum

qilganda;



  • mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari o‘tganda.

Taraflar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish natijalaridan kelib chiqadigan nizoni yoxud majburiyatlarni bajarish shartlari va muddatlari xususida o‘zaro maqbul qarorga erishgan taqdirda, notarius taraflar o‘rtasida tuzilgan mediativ kelishuvni tasdiqlaydi.
Mediativ kelishuvda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:

  • tuzilgan joyi va sanasi;

  • taraflar xaqidagi ma’lumotlar;

  • nizo predmeti;

  • mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirilganligi, mediator, taraflar tomonidan kelishilgan majburiyatlar, ularni bajarish shartlari va muddatlari;

  • mediatsiya tartib-taomili amalga oshiriladigan til, joy va sana;

  • o‘zaro maqbul qarorga erishilganligi;

  • mediativ kelishuvni tuzgan taraflar uchun majburiy kuchga ega ekanligi;

  • mediativ kelishuvda nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda taraflar tomonidan ixtiyoriy ravishda bajarilishi;

  • mediativ kelishuv bajarilmasligining oqibatlari;

  • mediativ kelishuv bajarilmagan taqdirda taraflar o‘z huquqlari himoya qilinishini so‘rab sudga murojaat etishga haqli ekanligi.

Mediativ kelishuv notariusga kamida uch nusxada taqdim etiladi va notarial tartibda tasdiqlanadi, ulardan bittasi notarial idorada saqlanadi.
Download 29,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish