7-sinfdan sinov testi
1. "Millatim nasli bashardir , vatanim kurrai arz
Ikkisini xizmati farzdir, ikkisindan jon qarz" ushbu misralar kimning qalamiga mansub? a) Abdulla Toʻqmullin b) Niyoziy c) Choʻlpon d) A. Avloniy
2. "Ravshan" dostonida kim "Yolgʻiz bola yovdan yomon" deb aytgan? a) Avazxon b) Ravshan c) Ravshanning onasi d) Hasanxon
3. "Xayrixon" asarining janri qaysi javobda koʻrsatilgan? a) doston b) qissa c) sheʼriy toʻplam d) roman
4. Qaysi shoir davr voqeliklarini aks ettirishda inson koʻngli voqeliklarini tasvirlashda dramaga murojaat qiladi? a) Rasul Hamzatov b) Shuhrat c) Asqad Muxtor d) Saida Zunnunova
5. Asqad Muxtorning qaysi sheʼrida hovurning yer ostidagi ildizga oʻxshatilishi uchraydi? a) Yulduzim b) Yoʻl c) Tugʻilish d) oʻzimkini emas bu umr
6. Kimning asarida chet el kishilari hayotini koʻrsatishga bagʻishlangan? a) Shuhrat b) Asqad Muxtor c) Rasul Hamzatov d) Mirmuhsin
7. "Meʼmor" romanida kim "Bir oyogʻi yerda , bir oyogʻi goʻrda" maqolini ishlatadi? a) Ma'suma beka b) Aravakash c) Zulfiqor d) Zavrak
8. "Fargʻona tong otguncha" romanining muallifi kim? a) P. Qodirov b) M. Ismoiliy c) S. Ahmad d) Muhammad Ali
9. Ot chopilar baland togʻning pastida
Quloq solgin gapimning payvastasiga
Shu ot kepti Qoraxonning qasdida
Endi maydon bek Ravshanning ustida
Ushbu misralarni kim aytgan? a) Aynoq b) Hasanxon c) Tersak d) Jaynoq
10. "Agar yulduzlar odamga aylanib qolsa bormi, osmon ularga torlik qilib qoladi" qaysi asarda keltirilgan? a) Oq kema b) Meʼmor c) Qiyomat qarz d) Ravshan
11. Hech kim oʻz-oʻzidan yozuvchi boʻlib qolmaydi:yillar sanogʻi ,qilingan mehnat, badiiy adabiyotga boʻlgan qiziqish va eʼtiqod orqali buncha erishish mumkin" ushbu fikrlar qaysi yozuvchiga tegishli? a) Asqad Muxtor b) Shuhrat c) Mirmuhsin d) Chingiz Aytmatov
12. Shuhratning qaysi romanida shoʻro tuzumining eng chirkin bosqini boʻlmish qatagʻon davri aks ettirilgan? a) Shinelli yillar b) Oltin zanglamas c) Shinelli yillar daftari d) Mashrab
13. Kim oʻz asarida oʻzgalarning vatanini bosib olgan kimsalarga qarshi kurashgan qahramon bolalar hayotini tasvirlaydi? a) Shuhrat b) Oʻlmas Umarbekov c) Mirmuhsin d) Saida Zunnunova
14. Kim ezgulik ,adolat uchun kurashni ,halol mehnati oʻzining hayotiy maslagi deb bilgan? a) Shuhrat b) Oʻlmas Umarbekov c) Mirmuhsin d) Saida Zunnunova
15. "Qiyomat qarz" asarida Sarsonboy otaga kim "Boʻldi endi ota, shuncha ishladingiz yetar, Endi yoshlar ishlasin" deb aytadi? ? a) oʻgʻli b) Choyxonachi c) rais d) Haydarali
16. Oʻlmas Umarbekovning qaysi asarining voqealar rivoji sirliligi, personajlar xatti-harakatlariring kutilmaganda , ayni paytda , chuqur hayotiy asoslarga egaligi bilan eʼtibor qozongan? a) Sevgim, sevgilim b) Urush farzandi c) Odam boʻlish qiyin d) Fotima va Zuhro
17. Kim musiqa asboblarini mahorat bilan chala olgan oʻzi yozgan pyesalarga rejissorlik qilgan, ularda asosiy rollarni oʻynagan? a) Oʻlmas Umarbekov b) Niyoziy c) Saida Zunnunova d) Asqad Muxtor
18. Kimning sheʼrida Luqmon obrazi uchraydi? a) Asqad Muxtor b) Shuhrat c) Saida Zunnunova d) Niyoziy
19. Buvilarning duoga qoʻl ochishi, bobo(buva) larning nabiralar yelkaga ortib , opichlab yurishi tasviridagi hayotiy haqiqatini oʻz sheʼrlarida ochib beradi? a) Saida Zunnunova b) Asqad Muxtor c) Shuhrat d) Mirtemir
20. "Qoʻli bogʻliq yashashdan oʻlim aʼlodir" deb xalqning xitobi qaysi asarda uchraydi? a) Qiyomat qarz b) Asqad Muxtorning sheʼrlarida c) Mardlik afsonasi d) Oq kema
21. Qaysi shoir oʻz shaʼni yoʻlida sovuq yiltirayotgan xanfar tigʻiga qarshi bora oladigan er yigitlarni , goʻzal va sadoqatli qizlari uchun faxr tuygʻularini sevib kuylaydi? a) Saida Zunnunova b) Asqad Muxtor c) Shuhrat d)Rasul Hamzatov
22. Rasul Hamzatovning qaysi sheʼrida ota-onasida ayrilgan boboning tumanlari yonida boʻla turib yigʻlayotgan nevarasini tushunmayotgannini tasviridagi yumor hislari bilan tasvirlaydi? a) Ona tilim b) kenja nevaram Shahrizodga c) ovulidan xat d) Togʻ qizi
23. Kimning asarlari rus tili orqali jahonning turli tillariga tarjima qilinadi? Saida Zunnunova b) Asqad Muxtor c) Shuhrat d)Rasul Hamzatov
24. " Yaxshilikka yaxshilik" janri nima? a) roman b) qissa c) pyesa d) sheʼr
25. Asqad Muxtorning qaysi sheʼri topishmoq tarzida tugaydi? a) Yulduzim b) Yoʻl c)Tugʻilish d) Bir tup oʻrik
26. Mirmuhsinning qaysi janrdagi asarlari orqali qahramonlarning ruhiyati turli hayotiy toʻqnashuv va kurashlar asosida koʻrsatib beriladi? a) dostonlari b) romanlari c) hikoyalari d) qissalari
27. Qaysi shoir Hamza nomidagi davlat mukofotiga sazovor boʻladi? a) Asqad Muxtor b) Shuhrat c) Oʻlmas Umarbekov d) Mirmuhsin
28. "Yilning eng yaxshi hikoyasi" ga sazovor boʻlgan yozuvchini toping? a) Oʻlmas Umarbekov b) Mirmuhsin c) Shuhrat d) Niyoziy
29. "... Kamdan kam uchraydigan baxtli odam " qaysi asarda uchraydi? a) Oq kema b) Meʼmor c) Qiyomat qarz d) Ravshan
30. Mumtoz adabiyotda orttirilgan mubolagʻa nima deb ataladi? a) gʻulu b) bulugʻ c) kuchli mubolagʻa d) keng mubolagʻa
Do'stlaringiz bilan baham: |