Њзбекистон республикаси олий ва њрта


Aslida, mening nazarimda, odamning qalbida ikkita kuch -



Download 0,71 Mb.
bet42/190
Sana11.01.2017
Hajmi0,71 Mb.
#75
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190
Aslida, mening nazarimda, odamning qalbida ikkita kuch -

bunyodkorlik va vayronkorlik hamisha o‘zaro kurashadi.

Islom Karimov.





Bunyodkor

mafkuralar



Vayronkor

mafkuralar


















Progressiv







Regressiv





Mafkuraning




Liberal

(erkin)


inson va

jamiyatga

Mustabid

(totalitar)



ta'sir qilish

xususiyatlariga

Tadrijiy

(evolyusion)



ko‘ra namoyon

bo‘lish shakllari

Inqilobiy

(revolyusion)















Real

(amaliy)








Utopik

(hayoliy)

















Ijobiy

natija beradigan mafkuralar



Salbiy

natija beradigan

mafkuralar





Ana shu sababdan ham mustaqil O‘zbekistonda hozirgi davrda millat, jamiyat, davlatning birlashtiruvchi bayrog‘i bo‘lgan milliy g‘oya va mafkurani shakllantirish va xalqimiz ongiga singdirish yuzasidan faollik bilan ish olib borilmoqda. Bu mafkura mustaqillik yillarida erishilgan g‘alabalarni, eng katta yutug‘imiz bo‘lgan istiqlolimizni, Ona Vatanimizni, farzandlarimizning baxtli kelajagini fidoyilik bilan himoya qilish, doimo hushyor va sergak bo‘lishga yordam beradi. Zero, O‘zbekiston bizning umumiy uyimiz - uni asrash har birimizning muqaddas vazifamizdir. Shu ma'noda milliy istiqlol g‘oyasi har birimizning qalbimizga singadigan, umumiy g‘oyamiz, ongimiz, dunyoqarashimizning tarkibiy qismidir.


2.7-chizma.

Yakkahokimlikka intilgan, mutlaq haqiqatni da'vo qiladigan mafkuraning istiqboli yo‘q. Chunki u yakkahokimlik o‘rnatish barobarida o‘zini boyitib boradigan manba - fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligidan uzulib qoladi. Muayyan guruh yoki partiya g‘oyalari hukmron mafkuraga aylansa, hurfikrlik, vijdon erkinligi va qarashlar xilma-xilligi cheklanadi, mutlaq haqiqatga egalik da'vosi, mustabidlik tamoyillari kuchayadi.

Anarxizm

(grek. Beboshlik,

hokimiyatsizlik)





Fashizm

(ital. Reaksion irqchilik siyosiy oqim)







Totalitarizm

(markazlashgan,

shaxs erkinligini

bostirish)


















Valyuntarizm

(ob'ektiv taraqqiyot qonunlarini rad etuvchi)





Foya va

mafkuralar

mutlaqlashuvi-

Terrorizm

(kuch ishlatish,

qo‘rqitish)





ning oqi-

Bolshevizm

Ekstremizm

(keskin fikr, chora)



batlari

(ko‘pchilik, inqilobiylik)

Menshevizm

(ozchilik, reformizm)
















Shovinizm

(irqiy ayirmachilik)







Dogmatizm

(eskirgan, qotib qolgan nazariya)





















Fundamentalizm

(«sof» islomni

tiklash)





Sub'ektivizm

(shaxsiy fikr, bir tomonlama)













Fatalizm

(taqdirga tan berish,

diniy qarash)

4. Bunyodkor g‘oyalar va mafkuralarning jamiyat

hayotidagi ijobiy ta'siri

Foya va mafkuraning tarixiy shakllarini, mazmun-mohiyatini azal-azaldan ezgulik va yovuzlik, bunyodkorlik va vayronkorlik o‘rtasidagi kurash dialektikasi belgilab keladi, ya'ni bosqinchilik, boshqalar hisobidan boyish, tajovuzkorlik, aqidaparastlik mafkuralariga qarama-qarshi o‘laroq, ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari uzluksiz maydonga chiqib, xalqlarning muzaffar bayrog‘iga aylangan. Bunyodkorlik g‘oyalari insonni ulug‘laydi, uning ruhiga qanot bag‘ishlaydi.



Bunyodkor g‘oya deb, insonni ulug‘laydigan, uning kuch-g‘ayrati va salohiyatini oshirib, xalqi, Vatani, butun insoniyat uchun foydali ishlar qilishga safarbar etadigan, o‘zida mehnat, taraqqiyot, do‘stlik, tinchlik, adolat, halollik kabi ezgu maqsadlarni mujassam etadigan g‘oyaga aytiladi.

Bunyodkorlik g‘oyalari yurtni obod, xalq hayotini farovon qilishdek olijanob maqsadlar bilan ajralib turadi. Ular insoniyat sivilizatsiyaga erishgan davrlardan buyon jamiyat hayotining eng ezgu g‘oyalari sifatida yashab kelmoqda. Prezident Islom Karimovning «O‘zbek tom ma'noda bunyodkordir» degan so‘zlarida ham ana shu boqiy g‘oyalarning ma'no-mazmuni o‘z ifodasini topgan. Bunday bunyodkorlik xalqimizga ota-bobolaridan merosdir.

Insoniyat tarixida odamlar ongi va shuuriga adolat, haqiqat, ezgulik, mehnatsevarlik kabi yuksak g‘oyalar urug‘ini sepgan zot, payg‘ambar Zardo‘sht yaratgan «Avesto» kitobida quyidagi satrlar mavjud: «Ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishlar bilan ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu ishni alqayman. O‘zimni bori ezgu fikrga, ezgu so‘zlar (aytish)ga, ezgu ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon fikrlardan, yomon so‘zu yomon ishlardan yuz o‘giraman». Bu yuksak g‘oyalar bundan 2700 yil muqaddam yashab o‘tgan vatandoshimiz Zardushtning o‘lmas mafkurasi edi.

Insoniyat doimo yaxshilikni yoqlab, yomonlikka qarshi kurashadi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik unga xos bo‘lgan buyuk fazilatlardir. Sharq xalqlarining buyuk ijodkorligi, bunyodkorligi va qadriyatlari turli davrlar ta'sirida g‘arbga, xususan, antik Yunon-Rim madaniyatiga ham kuchli ta'sir ko‘rsatdi. Ana shunday ta'sir ostida Yunon-Rim madaniyati, ilm-fani, falsafiy tafakkur dunyosi shu qadar yuksaldiki, o‘sha davrda yaratilgan shoh asarlar va ularning mualliflari merosi hanuz bashariyatning ezgu ishlariga xizmat qilib kelmoqda. Shu ma'noda, komil ishonch bilan aytish mumkinki, insoniyatning haqiqiy umumbashariy madaniyati g‘arb sivilizatsiyasi va Sharq ma'naviyatining qo‘shilishi asosida yaratilgan.



Hayotning, borliqning mohiyatini anglash to‘g‘risidagi buddizm dini-ning asoschisi Siddxartxa Gautama qarashlari muhim o‘rin tutadi. Har qan-day insoniy tuyg‘u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatlarni chuqurlashti-radi. Hayot mazmunan tug‘ilish, sevish, o‘lim, azobdan iborat. «Borliq girdobi»dan chiqib olish uchun g‘aflatdan uyg‘onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, ko‘ngilxushliklarga, lazzatlarga, hokimiyatga, boylikka intilishlardan voz kechish lozim. Faqat shundagina «najot topish yo‘li»ga kirish mumkin. Inson beshta axloqiy talabga amal qilishi lozim: har bir kishi yomonlik qilishdan, yolg‘on gapirishdan, o‘g‘irlik qilishdan, xis-tuyg‘ularga ortiqcha berilishdan, ichkilikdan o‘zini tiyishi kerak. S.Gautama quyidagi 8 ta ongli xarakatni ilgari suradi:

  1. E'tiqod to‘g‘ri shakllangan bo‘lishi.

  2. Maqsad sari qat'iy xarakat qilishi.

  3. To‘g‘ri tafakkur va nutq bo‘lishi.

  4. To‘g‘ri fe'l-atvor bo‘lishi.

  5. To‘g‘ri turmush tarzi bo‘lishi.

  6. Kuch-g‘ayratning to‘g‘ri maqsadga qaratilgan bo‘lishi.

  7. Fikr, maqsadning to‘g‘ri yo‘naltirilgan bo‘lishi.

  8. Diqqat-e'tiborni to‘g‘ri orzu-niyat qilishga qaratish kerakligi ta'kidlanadi7.

Suqrot (Sokrat, mil. av. 470-399 yy.) esa bahs orqali, ya'ni muayyan masalalarni o‘rtaga qo‘yish va ularga javob topish yo‘li bilan haqiqatni aniqlash mumkin, deb bilgan. U ezgulik - bilim va donishmandlikdir, yaxshilik mohiyatini to‘g‘ri anglagan insongina yaxshilik qiladi, deb tushuntiradi. Suqrot adolatga xilof bo‘lgan davlat boshqaruvining hamma shakllarini tanqid qiladi, faqatgina adolatli, demokratik davlat boshqaruvini yoqlab chiqadi.

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish