Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti “O’zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi Ilmiy seminarlarining



Download 82,5 Kb.
bet1/2
Sana20.07.2022
Hajmi82,5 Kb.
#827394
  1   2
Bog'liq
Raximov Doston Bayonnoma


Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
Tarix fakulteti “O’zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi
Ilmiy seminarlarining
2022-yil 18-may
BAYONNOMASI



QATNASHDILAR:



Kafedra mudiri prof. v.b. K.D.Saipova, t.f.d., prof. R.X.Murtazaeva, t.f.d. prof. v.b. D.Inoyatova, prof. А.Ermetov, dots. А.Odilov, dots. T.Doroshenko, dots. S.Аtadjanova, dots. X.Xoliqulova, t.f.f.d. (PhD) D.Toʼxtaboeva, t.f.f.d. (PhD) R.Xomitdov, t.f.f.d. (PhD) O.Аlimardonov, oʼqit. J.Karimjonov, J.Polvonov, kat.oʼqit. M.Topildieva, stajyor-tadqiqotchi А.Raimova, 1-bosqich magistr talabalari.



KUN TARTIBI:

  1. Magistrant D. Raximovning: “Oʻzbekistonda “Hunarmand uyushmasi”ning faoliyati” mavzusi bayoni.



ESHITILDI:

Ilmiy seminar raisi prof. v.b. K.D.Saipova so’zga chiqib, Ilmiy seminar o’tkazilishining asosiy maqsadi, magistrantlarning izlanishlari va taqdim etilgan mavzuning muhokamasi asosiy maqsaddir.





  1. Bugungi ilmiy seminarning kun tartibida magistrant D. Raximovning: “Oʻzbekistonda “Hunarmand uyushmasi”ning faoliyati” mavzusidagi ma’ruzani muhokamasi o’rin egallagan.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib, jahon hamjamiyatida yuz bergan oʻzgarishlar natijasida ijtimoiy dunyoqarashni oʻzgarishi jarayonida inson omili ustuvor ahamiyat kasb etib, xalq hunarmandchiligi tubdan oʻzgardi. Mustaqillik yillarida hunarmandchilik faoliyatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va uning retrospektiv jihatlaridan foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.


Hunarmandchilik uyushmalari xаlqimizning оngi, mаdаniyаti, milliy о'zlikni tаnitishgа, mа'nаviy tаfаkkurni bоyitishgа, milliy qаdriyаtlаrni himоyа qilish, ijtimоiy, mаdаniy vа mа'rifiy mаqsаdlаrgа еrishish hаmdа bоshqа nоmоddiy еhtiyоjlаr qоndirilishigа bеvоsitа tа'sir еtаdi. Bir sо'z bilаn аytgаndа, xalqimizning ma’naviy yuksalishiga va tarixiy-madaniy qadriyatimizni ulug’lashda yurtimizdа faoliyat yuritayotgan hunarmandchilik uyushmalarining faoliyatini o’rganish va ularni rivojlanishiga yo’l ochib beradigan taklif va mulohazalar bildirish mаsаlаsi оldimizgа qо'yilgаn ustuvоr mаqsаdlаrdаn biridir.
О’zbеkistоn о’zining kо’рlаb tаrixiy-mе’mоriy yоdgоrliklаri, turfа xil iqlimi, mеhmоndо’stligi vа tеz sur’аtlаrdа rivоjlаnishi bilаn butun dunyо diqqаtini о’zigа tоrtmоqdа. Xususаn, dаvlаt rаhbаri Оʻzbеkistоn turizm sоhаsidа ulkаn sаlоhiyаtgа еgа bоʻlа turib, uzоq yillаr bu imkоniyаtdаn tоʻliq vа sаmаrаli fоydаlаnilmаgаnini tаʼkidlаb оʻtgаn. Bu sohani rivojlantirishda ham Milliy hunarmandchilik uyushmalarining o’rni beqiyos.
Hunarmandchilik qadimgi davrlar, yaʼni insoniyatning ishlab chiqarish faoliyati bilan birgalikda paydo boʻlgan, deb aytiladi.
Aynan, ana shu qadimgi davr qachondan boshlanganligi haqida toʻxtalib oʻtsak. Arxeologlarning Afrika va Yava orolida olib borgan tadqiqotlari sayyoramizda odamlar 3-3,5 million yillardan beri yashab kelayotganligini koʻrsatadi va bu davr qadimgi paleolit davri deb ataladi. Bu davr va undan keyingi mezolit davri odamlarning termachilik va ovchilikka asoslangan turmush tarzi tabiatdagi tayyor narsalarni oʻzlashtirish, isteʼmol qilish xoʻjaligi deb ham ataladi. Uchinchi davr neolit – yangi tosh davri boʻlib, unga miloddan avvalgi 6-4 minginchi yillar kiradi. Neolit davri odamlarning dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik orqali isteʼmol qilinadigan mahsulotlarni oʻzlari yaratishga asoslangan turmush tarzi, ishlab chiqarish xoʻjaligi shakllangan bosqich, deb ham ataladi. Demak, hunarmandchilik taraqqiyoti neolit davridan, yaʼni miloddan avvalgi 6-4 minginchi yillardan boshlangan. Bu davrda tosh qurollari orasida toshboltalar, ponalar, iskanalar, toshteshalar paydo boʻldi. Neolit davri “toshboltalar asri” ham deyiladi.
Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmogʻi vujudga keladi. Shuning uchun bu davr ni “sopol asri” ham deyishadi. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xoʻjalik shakllanib boʻladi. Bu insoniyat erishgan katta yutuq boʻlib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay qutiladilar. Jamoalar (urugʻlar) ozuqa izlab koʻchib, daydib yurishdan oʻtroq hayot kechirishga oʻtadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar qurish odamlarning turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi. Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar oʻrniga jun va oʻsimlik tolasidan toʻqilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan boʻladilar. Hunarmandchilikda toʻqimachilik, tikuvchilik tarmogʻi ham paydo boʻladi.
Toʻrtinchi davr – eneolit, yaʼni misdan qurollar yasash oʻzlashtirilgani uchun tosh-mis davri deyiladi, u miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda yuz berdi.
Beshinchi davr – bronza, yaʼni mis va qalay qotishmasidan mehnat qurollari yasash oʻzlashtirilgan davr boʻlib, miloddan avvalgi 3-2 minginchi yillarni oʻz ichiga oladi. Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay aralashtirib bronza, yaʼni qattiq metall qotishmasini olishni, undan pishiq va qattiq mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-roʻzgʻor buyumlari, zeb-ziynat bezaklari yasashni oʻzlashtirib oldilar. Bu davr bronza davri deb nom oldi.
Bronzaning kashf etilishi metallurg hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik ustaxonalarini vujudga keltirdi. Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar oʻrtasida mahsulot ayirboshlash, ularni iqtisodiy jihatdan bogʻlaydigan aloqa yoʻllarining paydo boʻlishiga olib keladi.
Miloddan avvalgi bir minginchi yillar boshlarida temirdan turli qurollar va asbob-uskunalar yasashning oʻzlashtirilishi natijasida temir asri boshlanadi.
Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shugʻullanadilar. Ular oʻrtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlarini oʻzaro ayirboshlash kengayib bordi. Bu esa, oʻz navbatida, savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz berdi, dastlabki shaharlar paydo boʻldi. Arxeolog olimlarning soʻnggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan boʻlsak, Oʻzbekiston hududida bronza davridayoq, miloddan avvalgi 2 minginchi yillik oʻrtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan.
Shunday qilib, mamlakatimiz odam paydo boʻlgan ilk mintaqalardan biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab kelmoqdalar. Ular oʻz taraqqiyotida ibtidoiy toʻda, urugʻ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yoʻlni bosib oʻtdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni kashf etishgacha, metalldan mehnat qurollari, uy-roʻzgʻor va turli xil bezak buyumlari yasashgacha koʻtarildilar. Yalangʻoch holda yashashdan jun, paxta, pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, gʻorlarda yashashdan uy-joy qurish, qishloq-qishloq boʻlib yashashgacha boʻlgan uzoq ijtimoiy rivojlanish davrini boshdan kechirdilar.
Yuqoridagi taraqqiyot jarayoni hunarmandchilikning qanchalik qadimiy faoliyat sohasi ekanligini koʻrsatadi. Hunarmandchilik oʻz taraqqiyoti jarayonida uy hunarmandchiligi, buyurtma va bozorga asoslangan hunarmandchilik shakllarini bosib oʻtdi. Hunarmandchilikning bunday bosqichlarni bosib oʻtishiga ijtimoiy mehnat taqsimotlari katta turtki bergan. Miloddan avvalgi XVIII asrda Vavilon shohi Xammurapi qonunlarida temirchilar, quruvchilar, duradgorlar, tosh yoʻnuvchilar, koʻnchilar, kemasozlar haqida soʻz yuritiladi. Hunarmandlar kunbay toʻlov asosida ishlaganliklari haqidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Qadimgi Sharq kabi Qadimgi Yunoniston va Rumda ham mustaqil xoʻjalik yuritilib, buyurtma asosida va bozorga mahsulot chiqarayotgan hunarmandlarning soni anchani tashkil etgan. Bu esa jamiyatning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan, sifat jihatidan yangi ijtimoiy qatlam – shahar hunarmandchiligining paydo boʻlishiga olib keldi. Shahar hunarmandlari yerga bogʻliq emas edilar, shuning uchun ular koʻproq tovar-pul munosabatlariga jalb qilingan edilar. Mehnat qurollarining takomillashuvi, hunarmandlar kasbiy mahoratlarining oshishi, ularning ixtisoslashuvi va koʻplab yangi hunar turlarining paydo boʻlishi ancha murakkab mahsulotlarni ishlab chiqarish texnikasining oʻzlashtirilishiga olib keldi. Hunarmandlar keng koʻlamda takomillashgan qishloq xoʻjaligi va hunarmandchilik mehnat qurollarini tayyorlay boshladilar. Bu esa butun xoʻjalik hayotiga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Hunarmandchilik taraqqiyoti bozor iqtisodiyoti paydo boʻlgunga qadar davom etdi. Ilk bozor iqtisodiyoti davrida uy hunarmandchiligining salmogʻi keskin kamayib, bozor uchun ishlovchi hunarmandlarning soni koʻpaydi. Koʻpchilik hunarmandlar oʻz mustaqilliklarini yoʻqotib, olib-sotar savdogarlarga bogʻliq boʻlib qolishdi, koʻp hollarda esa oʻz uyida yoki yirik badavlat-tadbirkorlar qoʻlida yollanib ishlovchi – kasanachiga aylanib qoldi. Sanoat inqiloblaridan keyin esa hunarmandchilik mahsuloti mashinada ishlab chiqarilgan arzon fabrika mahsulotlari tomonidan siqib chiqarila boshlandi. Shu paytdan boshlab hunarmandchilik oʻzining ishlab chiqarish sohasidagi hukmronlik mavqeini yoʻqota boshladi, ammo ishlab chiqarish sohasidan butunlay yoʻq boʻlib ketmadi.
Mamlakatimiz hududida rejali iqtisodiyot davrida hunarmandchilik taraqqiyoti umuman toʻxtab qoldi. Bu davrda hunarmandchilik maʼmuriy ravishda soʻndirildi. 1926-yili umumiy aholi orasida yakka dehqonlar va birlashmagan hunarmandlar 80,2 foizni, ishchi va xizmatchilar esa 19,8 foizni tashkil etgan. Shu yillarda hunarmandlar majburiy tarzda artellarga birlashtirildilar va sanoatlashtirish tugashi bilan yuqoridagi koʻrsatkich keskin oʻzgarib, 1939-yilda ishchi va xizmatchilar soni 32,2 foizga teng boʻlgan, dehqon hamda birlashmagan hunarmandlar esa 2,9 foizni tashkil etgan. 1956-yilda Ittifoq hukumati “Hunarmandlar kooperatsiyasini tugatish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi va hunarmandchilik mahsulotlarini turli texnik vositalar, stanoklar orqali ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilib yakka tartibdagi hunarmandlar majburiy tarzda hunarmandchilik fabrikalariga birlashtirildilar. Natijada 60-yillar boshida Oʻzbekistonda hunarmandchilik ishlab chiqarishida band boʻlgan aholi soni shu qadar keskin kamaydiki, bu koʻrsatkich xalq xoʻjaligida band boʻlganlar umumiy sonining 0,1 foiziga ham yetmadi. Keyinchalik hunarmandlar umuman hisobotga kiritilmadilar. Hunarmandchilik mahsulotlari fabrikalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatiga nisbatan salohiyati keskin oʻzgardi, mehnat unumdorligi pasayib ketdi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan soʻng hunarmandchilikni rivojlantirish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan milliy hunarmandchilik sohasining erkin, demokratik sharoitlarda rivojlanishiga jiddiy eʼtibor qaratildi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 27-avgustda “Ijodiy uyushmalar, koʻngilli jamiyatlar va jamgʻarmalarni partiya tasarrufidan chiqarish toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston ijodkorlari jamgʻarmasini tuzish toʻgʻrisida”gi farmonlari natijasida Oʻzbekiston hududida faoliyat koʻrsatayotgan ijodiy uyushmalar, jamiyatlar, ularning boʻlimlari va korxonalari ham partiya tasarrufidan chiqarildi. Partiya tasarrufidan chiqib mustaqil faoliyatni boshlagan respublika ijodiy uyushmalarining moddiy va moliyaviy negizini mustahkamlash, ularning oilalariga maʼnaviy, moddiy va boshqa yordamlar koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining byudjetidan 3 million soʻm ajratildi.
Oʻsha paytda iqtisodiyotdagi tanazzul holati, mamlakatdagi ishsizlik darajasini inobatga olib, respublikada sanoatlashgan milliy hunarmandchilik sohasini rivojlantirish va uni yanada takomillashtirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
1992-yil 3-sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat «Mahalliy sanoat” korporatsiyasini tashkil qilish toʻgʻrisida»gi farmoni eʼlon qilindi. Respublika xalq badiiy hunarmandchiligi sanoat-savdo birlashmasiga qarashli korxonalar va tashkilotlarning shu birlashmasi Davlat “Mahalliy sanoat” korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi Respublika xalq badiiy hunarmandchiligi sanoat-savdo konserniga aylantirildi. Bu respublika mahalliy sanoatini boshqarishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish, tarmoqda bozor munosabatlarini keng joriy etish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirishda, xalq badiiy hunarmandchiligi buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishda ayni muddao boʻldi. Shuningdek, bozorni isteʼmol tovarlari bilan toʻldirishda, aholining isteʼmol mollariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Tarixiy maʼlumotlar hunarmandchilik turli tanazzullar, urushlar natijasida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklashda muhim rol oʻynaganligiga guvohlik beradi. Rejali iqtisodiyotdan mamlakatimizga ham barchamizga maʼlum inqirozga yuz tutgan iqtisodiyot, boʻshab qolgan peshtaxtalar meros boʻlib qolgan edi. Ana shunday ogʻir paytda mahalliy xom ashyodan har tomonlama foydalanish va aholining ish bilan band boʻlmagan qismini ishlab chiqarishga jalb etish muhim vazifalardan biri edi.
Shuningdek, 1995-yil 24-25-oktyabr kunlari Toshkentda BMTning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston xalq ustalari va hunarmandlari ishtirok etgan birinchi Respublika yarmarkasining oʻtkazilishi muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu yarmarka xorijiy mamlakatlarning sayyohlarida qiziqish uygʻotdi va hunarmandlar faoliyatiga boʻlgan eʼtiborning oshishiga kuchli turtki boʻldi.
1997-yildan boshlab hunarmandchilikka boʻlgan eʼtibor yangi bosqichga koʻtarildi.
Uy sharoitida yuksak saviyadagi badiiy hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarayotgan xalq ustalariga joylardagi hokimliklarning amaliy yordami muhim vazifalardan biri sifatida koʻrsatilgan. Hunarmandlar besh yilgacha daromad soligʻidan ozod qilindilar, respublikadan chetga chiqariladigan xalq hunarmandchiligi buyumlari uchun boj toʻlovi olish bekor qilindi. Buning natijasida norasmiy faoliyat olib borayotgan hunarmandlar roʻyxatga olindilar, soha rivojlanish bosqichiga oʻtdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 31-martda “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatni yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatining ahamiyatini oshirish, qoʻlda ishlangan badiiy buyumlar tayyorlashning asriy anʼanalari va oʻziga xos turlarini qayta tiklashda muhim ahamiyatga ega boʻldi.

Prof. А.Ermetov: Kimda magistr D. Raximovga savollar bor?


t.f.f.d. (PhD) D.Toʼxtaboeva: Sizga berilgan mavzuga qanday zamonaviy usullardan foydalangan holda yondashdingiz?
Menga berilgan mavzu bo’yicha juda ko’p tadqiqotlar amalga oshirilgan. Mening tadqiqotim esa barcha ilmiy ishlarni birlashtirish va tarixiy xulosa chiqarishdan iborat. Mavzuni yoritishda tarixiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil va muammoviy-xronologik, intervyu (sotsiologik soʻrovnoma) usullaridan foydalandim. Ma’lumotlarimni yanada qiziqarli qilishda menga Excel, Global Mapper, Google Earth dasturlari yordam beradi.

Download 82,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish