Moliyaviy tahlil faning mohiyati. Moliyaviy tahlil faning ishlab chiqarish korxonalarida tahlil qilinishi


Korxonaning iqtisodiy tahlil usullari



Download 160,06 Kb.
bet11/20
Sana22.04.2022
Hajmi160,06 Kb.
#571836
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
GULYA )

Korxonaning iqtisodiy tahlil usullari.
Ular iqtisodiy tahlil orasida va boshqa fanlarda ham axborotlarni qayta ishlash va o‘rganish uchun keng qo‘llaniladigan (taqqoslash, grafik, balans, o‘rtacha va nisbiy miqdorlar, analitik guruhlash, instrumentar moliyaviy hisoblashlar, intuitsiya asosida iqtisodiy vazifani evristik yechish metodlari, o‘tmish tajribasi, mutaxassislarning ekspert bahosi, an’anaviy mantiqiy usullarni ajratish mumkin. Hozirgi vaqtda, mutlaqo qandaydir fanga taalluqli uslub va usullarni asoslash juda qiyin, chunki tadqiqotning turli sferalarida ilmiy instrumentariylarning o‘zaro kirishib ketishi kuzatiladi.
Omillarning xo‘jalik yuritish natijalariga va rezervlar hisobiga ta’sirini o‘rganish uchun tahlilda determinatsiyalashgan va stoxastik omilli tahlil usullari, iqtisodiy masalani maqbul yechish metodlari qo‘llaniladi. U yoki bu usulning qo‘llanilishi tahlilning maqsadi va chuqurligiga, tadqiqot obyekti, analitik hisoblashlarni bajarish texnik imkoniyatlari va boshqalarga bog‘liq. Iqtisodiy tahlil instrumentariysini takomillashtirish juda katta ahamiyatga ega va analitik ishlarning asosiy muvaffaqiyati hamda samaradorligi hisoblanadi. Inson o‘rganilayotgan hodisalarning mohiyatiga qanchalik chuqur kirib borsa, tadqiqotning aniq metodlariga talab ortadi. Bu barcha fanlar uchun tegishlidir. So‘nggi yillarda fanning barcha sohalarida tadqiqot metodikasi yanada mukammallashdi. Tadqiqotning matematik metodlaridan foydalanish iqtisodiy fanning muhim yutuqlaridan biri bo‘lib, korxonaning faoliyati natijalarini belgilovchi omillarning yanada ko‘lamdor kompleksini tadqiq qilishga imkon beradi, hisoblashlar aniqligini oshiradi. Uning sharofati bilan ko‘p o‘lchamli va maqbul vazifalarni hal qilish, ilmiy asoslangan boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun asos yaratuvchi imkon paydo bo‘ldi.
Omilli tahlil metodikasi
Korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi barcha hodisa va jarayonlar o‘zaro aloqador, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangandir. Ular bir-biri bilan o‘zaro bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Masalan, operatsion faoliyatidan foyda hajmi mahsulotlar birligi narxi va tannarxiga, savdo hajmi va strukturasiga bog‘liq. Barcha boshqa omillar ushbu ko‘rsatkichga bilvosita ta’sir qiladi. Tahlilda har bir hodisani sabab sifatida ham, natija sifatida ham ko‘rib chiqish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini, bir tomondan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi sababi, uning tannarxi darajasi sifatida, boshqa tomondan esa – ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi o‘zgarishi natijasi, mehnatni tashkil qilish takomillashtirilishi va boshqalar tarzida ko‘rib chiqish mumkin. Har bir natijaviy ko‘rsatkich ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Natijaviy ko‘rsatkich kattaligiga omillar ta’siri qanchalik batafsil tadqiq qilinsa, tahlil natijalari va korxonalar mehnat sifatini baholash shunchalik aniq bo‘ladi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyati tahlilida o‘rganilayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlar kattaligiga omillar ta’sirini o‘rganish va o‘lchash muhim metodologik masala hisoblanadi. Omillarni chuqur va har tomonlama o‘rganmasdan faoliyat natijalari haqida asoslangan xulosalar qilish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, reja va boshqaruv qarorlarini asoslash mumkin emas. Omilli tahlil – bu natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini kompleks hamda tizimli tadqiq qilish jarayonidir.
Omilli tahlil turlari. Determinatsiyalashgan omilli tahlil - natijaviy ko‘rsatkichlar bilan aloqasi funksional tavsif kasb etuvchi omillar tadqiq metodikasini o‘zida aks ettiradi. Stoxastik tahlil esa natijaviy ko‘rsatkich bilan aloqasi, funksionaldan farqli ravishda, noto‘liq, ehtimoliy (korrelatsion) hisoblanuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi. Agar argument o‘zgarishiga funksional (to‘liq) bog‘liqlikda doimo funksiyalarning mutanosiblikda o‘zgarishi sodir bo‘lsa, u holda argument o‘zgarishining stoxastik aloqasida ushbu ko‘rsatkichni aniqlovchi boshqa omillar uyg‘unligiga bog‘liqlikda funksiyalar o‘sishining bir nechta qiymatini berishi mumkin. Masalan, mehnat unumdorligi ayni bir xil darajali fond bilan qurollangan turli korxonalarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu natijaviy ko‘rsatkichga ta’sir qiluvchi boshqa omillarning maqbul uyg‘unligiga bog‘liq. Tadqiqot metodikasi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari omilli tahlil farqlanadi. To‘g‘ri omilli tahlil deduktiv usulda – umumiydan xususiyga tomon amalga oshiriladi. U o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich kattaligini shakllantiruvchi omillarni kompleks tadqiq qilish maqsadida olib boriladi. Teskari omilli tahlil sabab-oqibat aloqalarini mantiqiy induksiya usuli bilan tadqiq qiladi – xususiy, alohida omillardan umumiyga, sababdan oqibatga. Ko‘plab natijaviy ko‘rsatkichlarning o‘rganilayotgan omil o‘zgarishiga ta’sirchanlik darajasini baholashga imkon beradi. Omillarni detallashtirish darajasiga ko‘ra tahlil bir darajali va ko‘p darajali bo‘lishi mumkin. Birinchi shakli omillarning faqat bir darajasini (bir pog‘onani), ularning tarkibiy qismlar bo‘yicha detallashtirmasdan tadqiq qilish uchun foydalaniladi, masalan, Y = a*v. Ko‘p darajali omilli tahlilda omillarning mohiyatini o‘rganish maqsadida ularlarning a va v tarkibiy elementlariga nisbatan detallashtirishga olib boriladi. Omillarni detallashtirish kelgusida ham davom ettirilishi mumkin. Ushbu holatda tobelanishning turli darajalariga ega omillar ta’siri o‘rganiladi. O‘rganilayotgan hodisalar holat belgisiga ko‘ra statik va dinamik omilli tahlil farqlanadi. Statik tahlil muayyan sanaga natijaviy ko‘rsatkichlarga omillarning ta’sirini o‘rganishda qo‘llaniladi. Boshqa ko‘rinish sabab-oqibat aloqalarini dinamikada tadqiq qilish metodikasini o‘zida aks ettiradi, va nihoat, vaqt belgisi bo‘yicha omilli tahlil retrospektiv bo‘lishi mumkin, u o‘tgan davr va istiqbol uchun xo‘jalik faoliyati natijalaridagi o‘zgarishlar sababini o‘rganib, istiqbolda natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini tadqiq qiladi. Omilli tahlilning asosiy bosqichlari:
1) o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichlarning tahlili uchun omillarni saralash;
2) klassifikatsiya va tizimlashtirish omillarining maqsadida ta’minlangan tizimli yondashuv va ularni o‘rganish;
3) omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni modellashtirish;
4) omillar ta’sirini hisoblash va o‘zgarishidagi natijaviy ko‘rsatkich kattaliklari har birining ahamiyatini baholash;
5) iqtisodiy jarayonlarni boshqarish uchun omilli modeldan amaliy foydalanish. Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan usullar va ularni guruhlarga ajratish
Iqtisodiy tahlil jarayonida turli usullar va metodikalar qo‘llaniladi. Bu usul va metodikalardan foydalanish jarayonida tahlil metodining asosiy jihatlarini kompleksligi va tizimlashganligi yaqqol ko‘rinadi. Xo‘jalik jarayonlarining umumiy birligi, o‘ziga xos tuzilish va tarkibga egaligi hamda murakkab tavsifdagi o‘zaro bog‘liqligi tahlil usullari va metodikalarini qo‘llashda asosiy e’tiborda turadi. Tahlilning usul va metodikalarini qo‘llashda korxonaning xo‘jalik va boshqa turdagi faoliyatini bir butun tizim ekanligi, uning umumiy yakuniy natijasi mavjudligi nazarda tutilgan holda faoliyatning turli tomonlari va elementlari ham alohida, ham birgalikda o‘rganilib, ularning o‘zaro bog‘liqligi, biri ikkinchisining ta’siridan kelib chiqishi, ya’ni ketma-ketligi aniqlanib, barcha omillar asosiy hamda asosiy bo‘lmagan guruhlarga bo‘linadi va ular o‘zaro uyg‘unlashtirilgan hamda tizimga solingan holda yakuniy natijaga omillarning birgalikdagi bevosita va bilvosita ta’siri hisoblanadi. Tahlil usullarini qo‘llash o‘rganilayotgan jarayonlarning bir-biriga bog‘liqligi, o‘zgarish sababi, ta’sir ko‘rsatgan omillar va qo‘shimcha sabablarni aniqlashga yordam beradi. Hozirgi raqobatdosh iqtisodiyotda aksariyat yetuk iqtisodchi olimlarimiz tahlilning usullarini iqtisodiy adabiyotlarda shartli ravishda ikki guruhga ajratib ko‘rsatishmoqda. Iqtisodiy tahlilning usullarini quyidagi ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhi.
2. Iqtisodiy - matematik (omilli tahlil) usullar guruhi.
Oddiy-an’anaviy (odatdagi) usullar guruhiga iqgisodiy tahlil paydo bo‘lgandan buyon an’anaga aylanib, amaliy tajribada keng qo‘llanilib kelayotgan usullar kiritiladi. Ularning tarkibiga mutlaq va nisbiy farqlarni aniqlash, taqqoslash, guruhlashtirish, balansli bog‘lanish, zanjirli bog‘lanish, indeks, foizlar va hokazo usullarni kiritishimiz mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy-matematik usullarni yuzaga kelishi esa iqtisodiy axborotlarni qayta ishlovchi kompyuterlar hamda axborot texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog‘liq. Ushbu usullar iqtisodiy axborotlarni hisoblash va qayta ishlash jarayonini tezlashtirib, ularni qisqa muddatda boshqaruv xodimlariga uzatish hamda murakkab masalalarni tez va aniq hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Korrelatsiya, regressiya, integral, nazariy o‘yin, matematik dasturlash va shu kabilar iqtisodiy-matematik usullarga misol bo‘ladi. Xo‘jalik jarayonlarini o‘rganish, tahlil etishda yangi usul va vositalardan foydalanish iqtisodiy tahlilni takomillashtirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu ma’noda tahlilda qo‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullarni ham ushbu qatorga kiritish mumkin.
Iqtisodiy-matematik usullarni qo‘llash asosida:
- tahlilni bajarish muddati tezlashadi;
- o‘zgarishlar va ularning ta’sirini aniq hisoblash mumkin bo‘ladi;
- oddiy-an’anaviy usullar bilan hisoblab bo‘lmaydigan murakkab omillar va ko‘p omilli ko‘rsatkichlarni to‘liq o‘rganish imkoni tug‘iladi;
- har bir ta’sir etuvchi omilning miqdor va sifat jihatlarini aniq ko‘rsatib berish imkoniyati tug‘iladi;
- hisoblash texnikalaridan foydalanish osonlashadi va hokazolar.

Download 160,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish