Mundarija kirish I bob. O‘zbekiston respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-son bhms) «Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi»


Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik)



Download 107,66 Kb.
bet7/22
Sana25.02.2022
Hajmi107,66 Kb.
#464650
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
22-SONLI BHMS VA UNI AMALIYOTGA QO\'LLASH MUAMMOLARI

Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik)
21.Oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik) prinsipi moliyaviy hisobotda aktivlar va daromadlarni oshirib baholashga hamda majburiyatlar yoki xarajatlarni kamaytirib baholashga yo‘l qo‘yilmasligini nazarda tutadi.
Bu prinsipning qo‘llanishi yashirin zaxiralarni tashkil etishga yoki ta’minotni oshirib ko‘rsatishga, aktivlar yoki foydani, majburiyatlar va xarajatlarni ataylab kamaytirishga va oshirib ko‘rsatishga huquq bermaydi.
Mazmunning shakldan ustunligi
22. Mazkur prinsipning mazmuni shuni bildiradiki, agar hisob hujjatlaridagi va moliyaviy hisobotdagi axborot operatsiyalar va hodisalarning mazmunini to‘g‘ri aks ettirsa, bu axborot moliyaviy hisobotda hisobga olinishi va ko‘rsatilishi lozim.
Ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi
23. Moliyaviy axborot foydali va mazmunli bo‘lishi uchun u turli hisobot davrlaridagi axborotlarga qiyoslanadigan bo‘lishi kerak. Foydalanuvchilar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan moliyaviy hisobotni tayyorlashda foydalangan hisob siyosatidan, mazkur siyosatdagi barcha o‘zgarishlardan va shunday o‘zgarishlarning natijalaridan xabardor bo‘lishlari kerak.
24. Moliyaviy hisobotda oldingi davrga nisbatan butun qiyosiy axborotni yoritib berish zarur. Oldingi davrdagi moliyaviy hisobotlarning sharhlari va bayon qiluvchi axborotlari joriy hisobot davri uchun ham taqdim etilishi va joriy hisobot davri moliyaviy hisobotlarini xolisona taqdim etish uchun zarur bo‘lsa, yangilanishi kerak.
25. Moliyaviy hisobotning ko‘rsatkichlarini tuzatish yoki moddalarini tasnif etishda joriy bilan qiyosiylikni ta’minlash uchun qiyoslama summalar qaytadan tasnif etilishi va bir vaqtni o‘zida bunday qaytadan tasnif etishning tavsifi, summasi, sababi yoritib berilishi kerak. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt qayta tasnif etish sababini va agar summalar qaytadan tasnif etilgan bo‘lsa kiritilgan o‘zgartishlarning xarakterini yoritib berishi kerak.
26. Agar axborot faqat taqdim etish uchun, masalan, ma’lum bir davr boshidagi va oxiridagi nomoddiy va moddiy aktivlarning saldosini tekshirish uchun xizmat qilsa, bunday hollarda qiyoslanadigan axborot talab qilinmaydi.
Yangi standartlarni ishlab chiqish va mavjud standartlarni o‘zgartirish natijasida qiyoslanadigan axborot taqdim etishga talablar doirasi kamaytirilishi mumkin. Yangi va qayta ko‘rib chiqilgan standartlardagi o‘tish qoidalari standartdan birinchi marta foydalanilayotganda qiyoslanadigan axborot taqdim etishni talab qilmasligi ham mumkin.
27. Shunday holatlar ham borki, joriy davr bilan qiyoslash maqsadida qiyoslanadigan axborotni qayta tasnif etish mumkin bo‘lmaydi. Masalan, oldingi davrdagi axborot qayta tasnif etish mumkin bo‘lmaydigan tarzda to‘plangan bo‘lishi mumkin, bu esa axborotni o‘zgartirishga amalda imkon bermaydi. Bunday holatlarda qiyoslanadigan summalarga kiritilishi mumkin bo‘lgan tuzatishlarning tavsifi yoritib berilishi lozim.
28. Qiyosiylik prinsipiga rioya qilish uchun quyidagi shartlarni bajarish kerak:
28.1. Barcha miqdoriy axborotlarga nisbatan talablar;
28.2. Hisobot yilida hisobotni taqdim etishga yondashuv o‘zgarganda oldingi davr axboroti qiyoslash maqsadlari uchun qaytadan tasnif etilishi kerak.
28.3. Agar amaliy mulohazalar bilan qayta tasnif etishni amalga oshirish mumkin bo‘lmasa, qayta tasnif etish amalga oshirilgan holda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning sabablari va tavsifi yoritib berilishi kerak.

Download 107,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish