Demografik va statistik xisoblashlar shuni kursatadiki, 21 asrning oxiriga kelib axoli soni 12 mlrd kishini tashkil kiladi. Usha davrga borib dunyo axolisining kishi boshiga to`g`ri keladigan energiyasi 20 kvt yil bu degani 7,312 Mvt energiyaga to`g`ri keladi. Xozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda ishlab chikarilayotgan energiya kursatkichi (AKD1, Kanada, Shvetsiya, Germaniya, Frantsiya, va Yaponiya) 10 kvt yilni tashkil kiladi. Bu kursatkich 6% ni, ishlab chikarilayotgan energiya 22% davlatda esa 7 kvt yilni 72% davlatda esa 2 kvt yilni tashkil kiladi. Olimlar va mutaxassislarning fikricha, kuzatilayotgan global isish jarayonlari va boshqa tabiat anomaliyalari ko`p jihatdan organik yoqilg`i turlaridan foydalanadigan issiqlik elektrstansiyalari sanoat korxonalari ishlashidan hosil bo`ladigan gazlarning, shuningdek, ichki yonish dvigatellaridan chiqadigan ishlatilgan gazlarning atmosferaga chiqarib tashlanishi bilan bog`liq. Holbuki, uglevodorod xomashyosini tejash va tabiatning ekologik holatini yaxshilash qayta tiklanadigan muqobil energiya manbalaridan faol foydalanish yo`li bilan ta’minlanishi mumkin. Mazkur energiya turlarining afzalligi shundaki, ular uglevodorod resurslarini elektr toki ishlab chiqarish maqsadida shunchaki yoqib yuborish o`rniga, ulardan neft kimyosi sanoatida foydalanish uchun bu resurslarni bo`shatib olish imkonini beradi. Toza ekologik energiyani qayyerdan va qancha miqdorda olish mumkin. Dengiz tulqinlaridan- 0,03q Shamol yordamida 0,04 q Suv resurslari hisobiga -0,065 q Quyosh nurlari hisobiga 10 q Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yurtimiz iqlim sharoitida quyosh, suv, shamol, biogaz singari noan’anaviy energiyalardan foydalanish borasida ulkan imkoniyatlar mavjud. Mamlakatimiz hududlarida yilning qariyb 350 kuni quyoshli bo`ladi, doimiy shamol esib turadigan ochiq maydonlar ko`p. Bunday tabiiy salohiyat bugungi kunda jahon miqyosida tobora ommalashib borayotgan yuqori samarali qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish uchun qo`l keladi. O`zbekistonda qayta tiklanadigan enegiyaning yangi potentsiali deyarli 51 mlrd. t.n.e. ni tashkil etadi. Unda gidro energiyaning hissasi 9.2 mln.t.n.e. Quyosh enegiyasi 50973 mln t.n.e. Shamol energiyasi.2.2 mln t.n.e. va geotermal energiyasi hissasi esa. 0.2 mln t.n.e. dir. Umumiy texnikaviy potentsiali esa 179 mln t.n.e. ni tashkil etadi(gidro1.8, quyosh 176.8, shamol0.4 mln t.n.e.) Hozirgi vaqtda mavjud texnikaviy potentsialdan bor yo`g`i 0.3 foizi foydalanilmoqdaki, bu ham bo`lsa gidroenegiya hissasiga to`g`ri keladi. O`zbekiston daryolarining texnikaviy potentsiali 21 TVt soat bo`lib shundan kichik gidroenegetika hissasi 10.4 TVt soatni tashkil etadi. Umuman daryolarimiz, suv havzalari va konlardagi umumiy quvvat 5,8 GVt soat bo`lgan 250 ta GES larni qurish imkoniyatlari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |