N a b ijo n qo dirov



Download 69,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/75
Sana30.04.2022
Hajmi69,4 Mb.
#600507
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Gulyetim 1111

«Наг kimki yomon bo l-
sa,ja zo topqusidir!»
deya ta ’kidlamagan.
Asardagi bir epizodni aynan keltirib o‘tsak. Bu holat 
ko‘nglida ozgina shafqati bor kishini befarq qoldirmasligi 
shubhasiz:
« - Ana, ko‘r Xalil kelyapti! - deydi kimdir.
Biz bolalar ulami jim kuzatamiz. K o‘r Xalil - novcha, 
yelkalari keng, sochlari oppoq, qirq besh yoshlar atro-
5


fidagi kishi. Bukchayib qolgan qari kampir bir yarim, ikki 
metr keladigan tayoqning oldingi uchini, o‘g‘li Xalil aka 
esa ortdagi uchini ushlab oladi. Ular xotirjam gaplashib 
keladilar. K o‘r Xalil onasiga xuddi yosh boladay erkalik 
qiladi. Har galgiday, hovuz bo ‘yidagi supada o ‘tirib, 
dam oladilar. 0 ‘g ‘il shu zahotiyoq boshini qashlashga 
kirishadi. Ikkala qo‘li bilan qashlayveradi, qashlayveradi. 
Aytishlaricha, uning boshiga urushda oskolka tekkan va 
ko‘zlari ko‘r bo‘lib qolgan ekan. K o‘r Xalilning esi ham 
joyida emas, u b a ’zan onasini b o ‘ralab so‘kib qoladi. 
Kampir o ‘g ‘lini aldab yupatadi. Tayoqning ikki uchidan 
ushlab birin-ketin yana yo‘lga tushadilar...»
Qissada shu kabi manzaralar aniq-tiniq chizib 
berilgan. Biz ularning hammasini bir boshdan bayon 
qilmoqchi emasmiz. Faqat yana bir jihatga to ‘xtalma- 
sak boTmaydi. Asarda maktab muhiti, o ‘qituvchilar 
qismati - daryodilligi, el orasidagi martabasi-yu, ro ‘z- 
g ‘ordagi ayanchli ahvoli ro ‘yirost tasvirlangan:
«Bir payt meva bozori oldida xomush turgan 
geografiya o ‘qituvchimiz Qambarov domlaga ko‘zim 
tushdi. U meni k o ‘rib, biroz o ‘ng‘aysizlandi.
- Ha, Ergashev, nima qilib yuribsan? - dedi menga 
mehribonlik bilan qarab.
Ahvolni tushuntirdim. Qambarov nimadir demoqchi 
bo‘lar, ammo aytolmayotganini sezib, dedim:
- Domla, menga biror yumushingiz bo‘Isa, tortinmay 
aytavering.
Qambarov xijolatdanmi, qizarganday bo‘ldi.
- Ozgina behi olib kelgandim, - dedi u gunohkor bir 
ohangda. - Shuni qanday qilib sotsak boTarkin?
- Sotishib berardim-u... - deya o ‘ylanib qoldim.
- Q o‘rqma. Men atrofni kuzatib, qarab turaman, sen 
shu behini sotishib bergin, o‘g ‘lim. Uyda tishga bosgulik 
hech vaqo qolmadi, - dedi u oshkora yalinib.
6


Domlamizning uchta farzandi institutda o‘qir, ulami 
ta ’minlashga qiynalayotganligi shundoqqina ko‘rinib 
turardi. Birgina maoshning o‘zi bu katta oilaga urvoq 
ham bo ‘lmasdi. Qambarovning uyidagi katta bog‘da 
o ‘rik, olma, behi va shunga o ‘xshash har xil mevalar 
doim pishib yotardi.
Ammo pedagogning bozorda nimadir sotib o ‘tirishi 
mumkin emas, birov ko‘rib qolsa, unga gap tegishi, 
hatto jazolanishi ham haqiqat edi. Usti o ‘rab qo‘yilgan 
kattagina tunuka qutidagi sap-sariq, sarxil behilami 
velosipeddan olib birpasda sotib bo‘ldim...».
Qissaning ikkinchi faslida « 0 ‘tkir Hoshimov, Said 
Ahmad, Pirimqul Qodirov, Odil Yoqubov va bosh­
qa yozuvchilaming asarlari qo‘lma-qo‘l o ‘qilib, tanaf- 
fuslarda muhokama qilinadigan va bu kitoblar qizlar 
bilan sevgi to ‘g ‘risida gaplashish uchun yaxshigina 
bahona bo ‘ladigan» maktab yillari tasvirlangan. Lekin 
tafsilotlar ta ’lim maskani doirasida cheklanib qolma- 
gan. 0 ‘smir dunyoqarashining shakllanishi, bir qishloq 
ichida bashariyat evrilishlarining ifodasi, shaytoniy 
va rahmoniy tuyg‘ular kurashi baholi qudrat qalamga 
olingan.
Voqealar Oybek, Mirtemir, G ‘afur G ‘ulomday 
zabardast shoir-u yozuvchilarga taqlidan do‘ppi kiyib 
yuradigan shoirtabiat Davron hamda yon-atrofga 
«Alanga» laqabi bilan tanilgan Otash tegrasida kechadi. 
Otasi yoqqan sudxo‘rlik va xasislik olovida umri kulga 
aylangan Otashning taqdiri kitobxonni chuqur o ‘yga 
toldiradi.
Davron yaxshi ko‘rgan qiziga muhabbatini izhor 
etishning antiqa yo‘lini topadi: «Rona nem ines 
namaves!» («Anor, men seni sevaman!»). Usta kulolga 
shogird tushadi va ming yillik an’analardan ilhomlanib, 
yangiliklar yaratishga intiladi. Xullas, har bir kuni ijod 
bilan o ‘tadi.
7


Ayoz bo ‘lishiga qaramay, ertalab boshini shampun- 
lab yuvgan va sochini yaxshi quritmay, yalangbosh 
maktabga j o ‘nagan Javlon «stilyaga»ning alaloqibat 
meningit bo‘lib juvonmarg ketgani haqidagi sahifalarni 
o ‘qiganda «g‘o ‘r yoshlik» jumlasini xalqimiz qanchalar 
topib aytganligini anglaysiz, navrasta o'sm irga achi- 
nasiz.
Yupin kiyinganlar bilan til uchida gaplashadigan va 
oxir-oqibat kajfe’lligi sabab infarkt bo‘lgan Odilxon 
taqsir kabi kalondimog‘lar-u, ularning zohiri «ajab 
so‘finamo, nihoni nafs itiga mubtalo» Oqilxon kabi 
zurriyotlari qismati ham bor holicha bayon qilingan. 
Soxta talaffuz, yasama mulozamatni joyiga qo‘yadigan 
bunday toifaning hamisha har joyda hozir-u nozirligidan 
ijirg‘anasiz. Mana shunday sirti yaltiroqlarga qarshi 
o ‘laroq, Hoji bobo kabi chinakam ziyolilar surati-yu 
siyrati qissada o ‘zgacha mehr bilan chiziladiki, go‘zal 
tuyg‘ular, ixlosmandlik beixtiyor ruhiyatingizga ko‘chib 
o ‘tadi.
Maxtumqulini sel bo‘lib tinglaydigan, Buxoro 
madrasasida tahsil olgan, sakson yoshni qoralagan, 
asl ismi Muhammadamin bo‘lgan Hoji bobo va Soliha 
ayaning ro‘zg‘or tutimi, mehr-oqibati borlig‘ingizni 
nurlantiradi.
Taassufki, shunday oila boshiga tushgan judoliklami, 
Zafar va Z arif ismli farzandlaming «din - afyun» 
deydiganlar toifasidan bo‘lib chiqishini, onasining 
m a’rakasida maishatbozlik qilishini o ‘qib, bu hayotning 
biz anglamagan sir-sinotlari ko‘pligidan hayron qo- 
lasiz. Shu nuqtada yozuvchi voqealami o ‘z istagiga 
bo‘ysundirmagani, aksincha, o ‘zi real hayotiylik ortidan 
ergashganini his qilasiz. Ya’ni, biz odatda «olma tagiga 
olma tushadi» qabilida m o‘min bandaning nasllari solih 
farzandlar bo ‘lib kamol topishiga ko‘nikkanmiz. M uallif 
ham ko‘plar ko ‘nikkan shu sujetni to ‘qib qo‘ysa, hech


kim e ’tiroz bildirmasdi. Lekin asar, Abdulla Qahhor 
ta'biri bilan aytganda, qog‘ozdan yasalgan gulga o‘xshab 
iforsiz bo ‘lib qolardi.
Qissadagi Soyibjon tog‘aning ko‘rgiliklari, Dilbar 
kelinoyi va Samintoy xotinining hiyla-nayranglarini 
mutolaa qilib, hushyor tortasiz. Mahalladoshlar «shay- 
tonning urg‘ochisi» deya ta ’riflagan bunday ayollami 
la’natlamaganlar, Mirzo Bobur aytganidek, sazovori 
la’nat bo‘lsin degisi keladi. Asarda:
Yilonni asrading nechayil oni,
Ulug ‘ bo ‘lg ‘an sari о ‘sdi ziyoni, -
kabi hikmatlardan o'rinli foydalanilgan. Navoiy shoh- 
baytlari qissa fazilatini yanada oshirgan. Ayniqsa, So‘fi 
Olloyoming fano dashti-yu, baqo bo‘stoni haqidagi 
baytlari hikoyalarga uzukka ko‘zdek yarashgan.
Muxtasar so‘zboshida asardagi barcha qahramon- 
laming fazilatlari haqida gapirib berishning imkoni 
yo‘q. Lekin qissani o ‘qigan muhtaram kitobxon o ‘zining 
yon-atrofida sodir bo‘layotgan voqealarga, kishilar 
taqdiriga teranroq qaray boshlashi aniq.
Fikrlarim avvalida muallifning yozuvchilik nigohi 
haqida to ‘xtalgandim. Endi bu yog‘igayozish mahoratini 
charxlash zarur, nazarimda. Adabiyot ixlosmandlarini 
yaxshi asar bilan qutlaymiz.
Muhtaram kitobxon, Nabijon Qodirovning «Gul- 
yetim» qissasini, albatta, o ‘qib chiqishni tavsiya etamiz. 
Sizga maroqli mutolaa, adibga g‘ayrat-shijoat yor 
bo ‘lsin!

Download 69,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish