Nafas a’zolariga ta’sir etuvchi moddalar



Download 37,89 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi37,89 Kb.
#250687
  1   2   3
Bog'liq
Nafas a'zolariga tasir etuvchi vositalar


NAFAS A’ZOLARIGA TA’SIR ETUVCHI MODDALAR

Nafas a’zolariga ta’sir etuvchi moddalar 6 turga bo‘linadi:



  1. Surfaktant hosil bo‘lishini oshiruvchi moddalar.

  2. Nafas analeptiklari.

  3. Yo‘talga qarshi moddalar.

  4. Balg‘am ko‘chiruvchi moddalar.

  5. Bronxolitiklar.

  6. O‘pka shishida qo‘llanadigan moddalar.

Glyukokortikoidlar, etimizol, bromgeksin va eufillin surfak-tadt hosil bo‘lishini oshiruvchi moddalar hisoblanadi. Surfaytant o‘pka alveolalarini rostlaydigan modda — fosfolipidlardan iboratdir. Surfaktant homiladorl^kning 20—24 haftasidan boshlab homila alveotsitlarining M turidan -hosil bo‘ladi. Ma’lumki, homila tugilishi bilan birk^chi nafas olishda surfak-tant tufayli alveolalar rostlanib, to‘grilanib nafas olishga hozirlanadi. Agar surfaktant miqdori kamaysa, bu holat bola vaktidan oldin — chala tug‘ilganda, gipokeiya, gipotermiya, atsidoz-larda alveolalar to‘g‘rilanmay, puchayib qoladi va chaqaloqda o‘ziga xos nafas etishmovchilik paydo bo‘ladi. Bola to‘xtab-to‘xtab nafas oladi, keyin esa nafasi butunlay to‘xtab qoladi. Surfaktant miqdorini qog‘onoq suvida fosfolipidlar spektrini aniqlash tufayli belgilash mumkin. Agar fosfolipidlardan letsitinning sfingomielinga nisbati 1 raqamdan kamayib ketsa, bu surfaktant mikdori pasayganidan dalolat beradi, agar bu raqam 2 dan oshsa. surfaktant miqdori etarli deb hisoblanadi. Surfaktant miqdorini oshirish uchun glyukokortikoidlar qo‘llanadi, ular II tur alveo-sitlar retseptorlariga ta’sir ko‘rsatib, surfaktant sintezini oshiradi. Bu ta’sir 1—2 kundan keyin boshlanadi, shuning uchun glyukokortikoidlarni bo‘lajak onaga tug‘ish jarayoni muddatini uzaytirib bo‘lsa ham (Rg-adrenomimetik— salbutamol bilan) surfaktant sintezini oshirish uchun yuboriladi. Keltirilgan modda-lar surfaktant hosil bo‘lishini oshirib, o‘pka-nafas etishmovchi-ligi oldini oladi va yangi tug‘ilgan chaqaloklar hayoti saqlab qolinadi.

Etimizol gipotalamus markazlariga ta’sir ko‘rsatib, gipo-fizdan AK.TG ajralishini oshiradi, AKTG esa buyrak usti bezidan glyukokortikoidlar ajralishini kuchaytiradi, glgokokortikoidlar o‘z navbatida surfaktant hosil bo‘lishini oshiradi. Etimizolni bo‘lajak onaga tug‘ish davri oldidan hamda yangi tug‘ilgan chakalokka qo‘llash mumkin.

Bromgeksin surfaktant hosil bo‘lishini oshiradi, bo‘lajak onaga tug‘nsh jprayonidan oldin qo‘llanadi.



Eufillin chakalpk tug‘n.chishidan 24 soat oldin ipa prganizmiga yuPpri. Nafas analeptiklari. Bular nafasni engillashtiradi, tezlash-tiradi va chuqurlashtiradi, o‘pkada havo almashinuvini Yаxshi laydi. Nafas analeptiklari nafas markazi qo‘zg‘aluvchanligi, sezuvchanligi kamayib ketganda, narkotik, uxlatuvchi, analgetik moddalar, uglerod (1)-oksid bilan engil zaharlanganda, narkozdan keyin o‘pkada havo aylanishini oshirish uchun, chaqaloqlar asfiksiya bilan tugilganda, bolalarning kollaptoid holatlarida qo‘llanadi. Ta’-sir mexanizmiga qarab ular uch turga bo‘linadi:

  1. Bevosita nafas markaziga ta’sir etuvchi moddalar.

  2. Reflektor ta’sir etuvchi moddalar

  3. Aralash ta’sir mexanizmiga ega moddalar.

Bevosita nafas markaziga ta’sir )tadigan moddalar: kofein bemegrid, etimizol(19- formula). Bular markaziy nerv sistemasida neyronlararo impulslar o‘tkazuvchanligini oshnradi, markaziy nerv sistemasining hamma bo‘limlariga (miya po‘stlog‘i, uzunchoq miya orqa miya) qo‘zg‘atuvchan ta’sir ko‘rsatadi (12-rasm). Ayniqsa bu

moddalar uzunchoq miyada joylashgan nafas markazining nerv stimullariga, gumoral qo‘zgatuvchi moddalarga, uglekislotaga sezuvchanligini oshiradi.

Bemegrid kam zaharli kuchli analeptik hisoblanadi, u ente-ral hamda parenteral yo‘l bilan yuboriladi.

Etimizolkimyoviy tuzilishi jixatidan organizmdagi ksantinlarga o‘xshaydi, shuning uchun boshqa analeptiklarga nisbatan kam zaharli hisoblanadi. O‘zi nafas markazini ko‘zgatuvchi modda bo‘lsa ham ayrim miqdorlari miya po‘stlog‘iga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. YUqorida keltirilganidek, etimizol tufayli, gipo-fizdan AKTG ajralib, buyrak usti bezlarida glyukokortikoidlar hosil bo‘lishi oshadi. Glyukokortikoidlar esa yangi tug‘ilgan chaqaloqning yangi sharoitga moslashishiga yordam beradi, o‘pka surfaktant hajmini oshirib, alveolalarni rostlaydi, puchayishiga yo‘l qo‘ymaydi. Etimizol xujayralarda siklik AMF miqdorini oshiradi, siklik AMF esa to‘qimalar uchun quvvat manbai qisoblanadi.

Reflektor ta’sir ko‘rsatuvchi analeptiklar: lobelin va sititon.

Bular karotid sinusda joylashgan N-xolinoretseptorlarni qo‘zgatib, afferent tolalardan refleks yo‘li bilan impulslar nafas markaziga o‘tib, uni qo‘zgatadi. Lobelin, sititon faqat venaga yuboriladi, ta’siri tezda boshlanib, nafas tezlashadi hamda chuqurlashadi. Agar birinchi bor yuborilganda ta’sir ko‘rsatmasa, ularni takroran yuborishning foydasi yo‘q.

Aralash ta’sir mexanizmiga ega moddalar: kordiamin, kamfora, sulfakamfokain, uglekislota. Bular bevosita nafas markazini ko‘zgatadi hamda kordiamin, uglekislota sinokarotid soxada joylashgan xemoretseptorlarni qo‘zgatib, nafas markazi qo‘zg‘aluv-chanligi va sezuvchanligini reflektor yo‘l bilan oshiradi. Kamfora xam yuborilgan joyida (mushaklar orasiga, ko‘krak yuzasiga kamfora moyi, kamfora spirti surtilganda) reqeptorlarni qo‘zgatadi, keyin reflektor yo‘l bilay impulslar nafas markaziga o‘tadi va uni k,o‘zgatadi. Uglekislota karbogen aralashmasi to‘plamida mavjud. Sulfakamfokain kamforaning suvda eriydigan turi bo‘lib, yogda eriydigan kamforaga nisbatan ta’siri tezrok. boshlanadi, mu* shaklar orasiga, teri ostiga hamda venaga yuboriladi.

Yo‘talga qarshi moddalar. Bu moddalar ta’sir mexanizmiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi: yo‘tal qoldiruvchi narkotik moddalar va yo‘tal qoldiruvchi narkotik bo‘lmagan moddalar.

Io‘tal qoldiruvchi narkotik moddalar: kodein,etilmor-fin(dionin)dir. Ular afyundan olinadi, uzunchoq miyada joylashgan yo‘tal refleksi markaziy qismiga tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu moddalar ko‘pincha mikroorganizmlar bilan bog‘liq bo‘lmagan kasallik holatlarida holdan toydiradigan, quruq yo‘talni qoldirish uchun qo‘llanadi. Marka^ziy nerv sistemasiga ta’sir kilishi tufayli ular yo‘talga qarshi narkotik moddalar deb ataladi. Uzoq vaqt mobaynida qo‘lla.nganda kodein xamda dioninga tobelik paydo bo‘ladi, shuning uchun bu moddalarni yosh bolalarga (ykki yoshgacha) qo‘llanish man etiladi.

Yo‘tal qoldiruvchi narkotik bo‘lmagan moddalar: libeksin, glautsin,tusupreks.Ular yuqori nafas yo‘llari shilliq qavatiga, ya’ni yo‘tal refleksining periferik (chetda joylashgan) qismiga, bronxlarga anestetik ta’sir ko‘rsatadi, ularni kengayti-radi, impulslarining yo‘tal refleksining markaziy qismiga utishiga to‘sqinlik qiladi, shu bilan birga bevosita yo‘tal refleksining markaziy qismiga ham tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsa-tadi. Lekin kodein dioninga o‘xshab tobelik paydoqilmaydi, shuning uchun libeksin, tusupreks yosh bolalarda xam qo‘llanishi mumkin, glautsin esa ikki yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llanmaydi.



Balg‘am ko‘chiruvchi moddalar, Balg‘am ko‘chiruvchi moddalar nafas yo‘llari yallig‘langanda qo‘llanadi, ular shilliq bezlari sekretsiya-sini oshiradi, balgamni suyultiradi, suyultirilgak balgam ko‘chishi-ni engillashtiradi, nafas yo‘lidan osonroq o‘tadi. Bu moddalar bronxlarning kipriksimon epiteliy tebranuvchanligini oshirib, bronxlar peristaltikasini oshiradi. SHu bilan birga suyultirilgan balg‘am joylarda yallig‘langan bronxlar shillik kavatini o‘rab olish, ya’ni Yаllig‘lanish jarayonini kamzytirish xususiyatiga ega„


Download 37,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish