(115 so‘z)
DO‘STGA VAFO
Do‘stlikning eng muhim sharti –vafo. Do‘stiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Aksincha, do‘stiga xiyonat qilgan inson xalqqa, millatga, Vatanga ham xiyonat qilmasligiga kafolat yo‘q. Haqiqiy do‘st o‘rtog‘ining muvaffaqiyatidan, g‘alabasidan xuddi o‘zinikidek quvonadi, muvaffaqiyatsizligidan xafa bo‘ladi, tashvish chekadi. U do‘stining xato-kamchiliklarini, noto‘g‘ri qo‘ygan qadamini yuziga aytadi. Bundan ko‘zlagan maqsadi aniq: do‘stini g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, to‘g‘ri yo‘lga solish, uni sharmandalikdan saqlab qolishdir. Bir so‘z bilan aytganda, do‘stidan ayrilib qolmaslik!
“Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib” degan naqlga binoan do‘st achchiq haqiqatni gapiradi, lekin uning mevasi shirindir. Dushman esa, sherigining xatosini ko‘rsa ham o‘zini ko‘rmaganga, sezsa ham sezmaganga oladi. Uning maqsadi bu odamning sharmanda bo‘lishi, el-u yurt ihida obro‘si to‘kilishini ko‘rish, shundan quvonishdir.
Haqiqiy do‘st topish, do‘stni yana qalinroq do‘st qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning o‘zidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |