Nazarova Zamira Adashovna O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish



Download 424,72 Kb.
bet1/18
Sana21.09.2021
Hajmi424,72 Kb.
#181322
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

Nazarova Zamira Adashovna

O‘zbek tili darslarida interfaol usullardan foydalanish

O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma

Andijon – 2019.

Muallif:

Nazarova Z.A. Asaka tumani 57-umumta’lim maktabi o‘zbek tili o‘qituvchisi.

Taqrizchilar: Sh.Shohobiddinova ADU professori, filogoyiya fanlari doktori.

Z.Kabilova ADU huzuridagi XTXQTMO hududiy markazi Tillarni o‘qitish metodika kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi.

D.Komilova Asaka tumani 57-umumta’lim maktabi ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.

Mazkur uslubiy qo‘llanma umumta’lim maktablarida o‘zbek tili fanini o‘qitishda o‘qituvchilar uchun metodik yordam sifatida ishlab chiqilgan. Unda o‘zbek tili darslarida o‘quvchilarni faollikka chaqirish maqsadida bir necha innovatsiyon texnologiyalardan foydalanish usullari berilgan.

Ushbu metodik qo`llanma Andijon viloyati XTB metodik xizmat bo`limi filologiya fanlari yo`nalishi bo`yicha o`quv-meto`dik kengashining 21-may 2019-yilda o`tkazilgan yig`lishida tasdiqlandi.

So‘zboshi

Hurmatli hamkasblar!

Xalqimiz bizning qo‘limizga O‘zbekistonimizning buyuk kelajagi bo‘lgan yosh avlodni ishonib topshirgan. Ularni ham jismonan, ham ma’nan yetuk , mustaqil fikrlaydigan, o‘z xalqiga, Vataniga, Prezidentiga sadoqatli barkamol insonlar etib tarbiyalashga mas’uliyat va javobgarlik hissi bilan yondashishimiz zarur. O‘qituvchi o‘quvchilarni o‘z faniga qiziqtira olishi, ularni hamjihatlikka va faollikka undashi kerak. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchi shaxsiga qaratilishi, uning erkin faoliyat ko‘rsatishiga sharoit yaratib beirilishi lozim. Biz millatimizning o‘zligini namoyon qiluvchi o‘zbek tilini boshqa millat vakillariga o‘rgatishdek juda mas’uliyatli vazifani bajaryapmiz.O‘quvchilarda davlat tiliga hurmat hissini uyg‘otish, ularni bu tilga qiziqtirish katta ahamiyatga egadir.Buning uchun o‘qituvchi o‘z darsida o‘qitishning innovatsiyon usullaridan foydalanishi zarur. Sizga tavsiya qilinayotgan metodik qo‘llanma pedagogik faoliyatingizda kerak bo‘ladi degan maqsadda yaratildi.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida barcha sohalar kabi ta’lim sohasida ham asrga tatigulik islohotlar olib borilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7-fevralda “2017-2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unda barcha sohalar qatori ta’lim-tarbiya tizimiga ham alohida e’tibor qaratilgan. “Harakatlar strategiyasi” ning 4- yo‘nalishida ijtimoiy sohani rivojlantirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, unta ta’lim tizimida amalga oshiriladigan islohotlar aniq ko‘rsatib berilgan.Chunki jamiyatning har tomonlama ravnaq topishi, taraqqiy etishi bevosita ta’limning rivojlanishi, mazmunan takomillashib borishi hamda o‘quvchilarga beriladigan bilimning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq. Bu esa ayni paytda pedagoglarning mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni olib kirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya jarayoninig asosiy maqsadi ta’lim sifatini oshirishdir. Boshqa fanlar qatori o‘zbek tilini rusiyzabon o‘quvchilarga o‘rgatish, bu tilda ularning erkin va to‘g‘ri so‘zlay olish malakalarini oshirish o‘qituvchidan katta pedagogik mahoratni talab etadi.

Pedagogik mahorat -o‘qituvchining yuksak darajada tashkil topgan professional faoliyati bo’lib, u mutaxassislikka oid bilim va malakalarning pedagogik vazifalarni samarali va ijodiy tarzda hal etishda kuzatiladi.Sog‘lom va har tomonlama barkamol avlodni yetishtirish uzluksiz ta’lim tizimida mehnat qilayotgan pedagogning saviyasiga, tayyorgarligiga va fidoyiligiga, uning yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash ishiga bo‘lgan munosabatiga bog‘liqdir. O‘qituvchi jamiyatning ijtimoiy topshirig‘ini bajaradi, har tomonlama yetuk mutaxassislarni tayyorlashda o‘qituvchi muayyan ijtimoiya- siyosiy, pedagogik va shaxsiy talablarga javob berishi lozim. Shuning uchun o‘qituvchi mustaqillik g‘oyasiga e’tiqodli, har tomonlama rivojlangan, ilmiy tafakkurga ega, kasbiga tegishli ma’lumoti bor, pedagogik muloqot ustasi, uslubiy bilim hamda malakalarni egallagan bo‘lishi zarur. U pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng mos usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi kerak. Mashhur nemis pedagogi: “Noqobil o‘qituvchi haqiqatni shunchaki aytadi-qo‘yadi, yaxshisi esa uni topishga o‘rgatadi”- deb bejiz ta’kidlamagan. Darhaqiqat, o‘qituvchi biror mavzuni o‘tishda o‘quvchilarning muammolarni o‘zlari hal qilishiga sharoit yaratishi lozim.Buning uchun esa u o‘qitishning interfaol usullarini puxta bilishi zarur.

O‘zbek tili darslarining o‘qitilishi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi davlat qonuni hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘quv-tarbiya jarayoniga ilmiy asoslangan innovatsiyon texnologiyalarni jadal sur’atlar bilan olib kirish, uni rivojlantirishni aniq chora-tadbirlar belgilash orqali ko‘rsatib berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” –deb mustahkamlab qo‘yilgan. Mamlakatimizda ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan umumta’lim maktablarida o‘zbek tilining ikkinchi til sifatida o‘qitilishiga katta e’tibor qaratilgan.Ta’lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o‘zbek tili fanini o‘qitishdan asosiy maqsad turli millat vakillarining davlat tilida o‘z fikrlarini mustaqil holda og‘zaki va yozma bayon eta olishlari, savodli yoza olishlariga erishishdir.O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tili bo‘lgani uchun mamlakatimizda yashovchi turli millat vakillariga bu tilga hurmat shakllantiriladi, o‘zbek tili orqali o‘zbek xalqining urf-odatlari, qadriyatlari ham o‘rgatib boriladi.Shuning uchun ham bu ish sharafli, shu bilan birga juda mas’uliyatli vazifadir.Buning uchun, avvalo, o‘quvchilarda o‘zbek tili faniga qiziqish uyg‘otish va ularni darslarda foll ishtirok etishga undash kerak. Endi o‘quv jarayonini yangilangan dastur va standart talablariga javob beradigan zamonaviy darslar asosida tashkil etish zamon talabiga aylandi.An’anaviy, zerikarli darslar o‘rniga darslarni tashkil etishdga mas’uliyat va javobgarlik hissi bilan qaraydigan, metodik mahoratga ega, interfaol metodlarni mukammal biladigan, innovatsiyalar asosida o‘qita oladigan o‘qituvchilarga talab oshadigan zamonda yashayapmiz.Ta’lim –tarbiyaning asosida o‘quvchi shaxsi turishi zarur.O‘qituvchi esa o‘quvchilarni yo‘naltirib borishi lozim.Hozirgi kunda ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning interfaol metodlarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish kun sayin kuchayib bormoqda.O‘qitishning bunday faol usullari o‘quvchilarni mehnat qilishga, diqqatini to‘plashga, mustaqil fikrlashga, hamkorlikda ishlashga va izlanishga chorlaydi. Zamonaviy pedagogik texnologiyarni qo‘llashda noan’anaviy dars usullaridan foydalanish orqali iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, o‘zlashtirishi bo‘sh o‘quvchilarning o‘z kuchlariga ishonch hosil qilishlari uchun sharoit yatarish, sinfdagi o‘quvchilar o‘rtasida do‘stlik, o‘zaro hamkorlik tuyg‘ularini shakllantirishga erishiladi.

Interfaol metodlar dars jarayonida o‘quvchilarning o‘zaro faolligini oshirib, biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-munozarada fikrlash asosida , hamjihatlik bilan hal etishdir.Unga binoan, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchilar turadi.”Interfaol” so‘zi inglizcha so‘z bo’lib, o‘zaro aloqada bo‘lish, o‘zaro muloqot, hamkorlik ma’nolarini bildiradi.Unterfaol o‘qitish – bu shunday ta’lim jarayoniki, unda hamma o‘quvchilar, jumladan, o‘qituvchi ham ishtirok etadi. Bunda o‘qituvchi ko‘proq tashkil etuvchi, yo‘naltiruvchi vazifasini o‘taydi. Interfaol metodlar o‘zaro ta’lim olish jarayoni bo‘lib, unda o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham ta’lim jarayonining subyektlari hisoblanadilar. Lekin bu jarayonda o‘qituvchi o‘quvchilarning darsda faol qatnashishi uchun sharoit yaratib beradi, yani o‘quvchi subyektini faollashtiradi:

o ‘quvchi


Download 424,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish