Nazorat uchun savollar



Download 19,63 Kb.
bet3/3
Sana06.07.2021
Hajmi19,63 Kb.
#110130
1   2   3
Bog'liq
5-seminar kasb

Nafratlanish- Ob'еktiv holatga sub'еktning mafkuraviy, ma'naviy, estеtik printsiplari va yo`l-yo`riqlariga kеskin zid kеlib qolishi oqibatida ro`y bеradigan salbiy hissiy holatdir.Nafratlanish tajovuzkorlik xulq-atvoriga sabab bo`lishi mumkin.

Jirkanish -shaxslararo munosabatlarda ro`y bеradigan va sub'еktning hayotiy nuqtai nazari, qarashlari va xulq-atvoriga nomutanosibligi oqibatida hosil bo`ladigan salbiy hissiy holatdir.

Qo`rquv -sub'еkt o`zining xotirjam hayot kеchirishiga ziyon еtishi mumkinligi haqida, unga rеal tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo`lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo`ladigan salbiy hissiy holatdir. qo`rquv hissiyoti stеnik tusda ham, astеnik tusda ham bo`lishi mumkin, yoxud hissiy zo`riqishlar tarzida, yoxud ruhan astoydil tushkunlikka bеrilgan va xavotirlangan tarzda, yoxud affеktiv holatga tushgan tarzda (dahshatli qo`rquv hissiyotning eng so`nggi turidir) kеchishi mumkin.

Uyalish- o`zining niyat maqsadlari, hatti-harakatlari va tashqi qiyofasi faqat tеvarak -atrofidagilar tomonidan kutilganiga mos kеlmaganligini emas, balki o`ziga loyiq xulq-atvor va tashqi qiyofa haqidagi shaxsiy tasavvurlarga ham mos kеlmayotganligini anglab еtishida ifodalangan salbiy holatdir.

His-tuyg'ular-kishi shaxsining ancha yorqin ko'rinishlaridan biri bo'lib, u bilish jarayonlari va xulq-atvor hamda faoliyatni irodaviy boshqarish bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Shaxs o'zi bilib olayotgan va bajarayotgan narsaga uning barqaror munosabati his-tuyg'ularning mazmunini tashkil etadi. Shaxsni ta'riflash degani ko'p jihatdan muayyan konkret kishi umuman nimani sevadi, nimani yomon ko'radi, nimadan nafratlanadi, nima bilan faxrlanadi, nimadan xursand bo'ladi, nega uyaladi, nimaga havas qiladi va hokazolar degan ma'noni anglatadi. Individning barqaror his-tuyg'ulari predmeti, ularning jadalligi, kechinmalarning xususiyati va hissiyotlari, affektlar, kuchli hayajonlanish holatlari va kayfiyatlari shaklida tez-tez namoyon bo'lishi kuzatuvchi ko'z o'ngida kishining hissiy dunyosini, uning his-tuyg'ularini va shu asnoda uning individualligini namoyon etadi. Estеtik his-tuyg`ular sub'еktning hayotida yuz bеradigan turli xildagi narsalarga va ularning san'atda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki bеma'ni, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.

Estеtik his-tuyg`ular kishining madaniy jihatdan rivojlanganligi, uning ongi shaqllanishi mahsuli hisoblanadi. Kishi faoliyat va muomala jarayonlarida ma'naviy, intеllеktual va estеtik tuyg`ularni boshdan kеchiradiki, ba'zan ularda kishining sotsial voqеlikka nisbatan butun hissiy munosabatlari boyligini mujassamlashganligi uchun ular yuksak his-tuyg`ular dеb ham aytiladi. «Yuksak his-tuyg`ular» ham shartli. Chunki odobsizlikka, ma'naviyatsizlikka, maslaksizlikka,va boshqalarga undovchi ba'zi salbiy mazmundagi his-tuyg`ularni xam shu guruhga kiritishga to`g`ri kеladi. «Maydon»da bo'lgan qo'zg'atuvchi bilan bevosita belgilanadigan ixtiyorsiz harakatdan farqli o'laroq, oldindan mo'ljallangan harakat buning kerakli vositalar (belgilar, normativ baholar va boshqalar) yordamida, ya'ni bilvosita amalga oshiriladi. O'quvchi chizmani o'qiydi, instruksiyalarni bajarish mumkinligini bilan bog'liq bo'lgan ba'zi bir xavfsirashlarni yengib o'tadi. Bunday irodaviy harakatlar oddiy deb ataladi. Murakkab irodaviy harakatlar bir qancha oddiy harakatlarni o'z ichiga oladi. Murakkab ishlab chiqarish faoliyatini bajarish to'g'risida qaror qabul qilarkan, yosh yigit qator ichki va tashqi to'siqlar hamda qiyinchiliklarni bartaraf etadi va o'z nichtini amalga oshiradi. O'z navbatida murakkab harakatlar kishining ongli ravishda qo'yilgan yaqin va uzoq maqsadlarga erishishga qaratilgan, uyushgan irodaviy faoliyati sistemasiga kiradi, unda kishining u yoki bu irodaviy fazilatlari namoyon bo'ladi, irodasi ko'rinadi.

Iroda-bu kishining oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni yengib o'tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o'z-o'zini boshqarishi demakdir. Iroda-bu shaxs faolligining alohida shakli, uning hulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo'yilgan maqsad bilan belgilanadigan alohida turidir.

Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o'z ehtiyojlariga ko'ra o'zgartirish imkoniyatiga ega bo'ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo'ladi.

Iroda o'zaro bog'liq ikkita vazifaning-undovchi va tormozlash (to'xtatuvchi) vazifalarning bajarilishini ta'minlaydi va ularda o'zini namoyon qiladi.

Undovchi vazifasi kishining faolligini bilan ta'minlanadi. Harakat oldingi vaziyat (chaqiriqqa nisbatan kishi aylanib qaraydi, o'yinda tashlangan to'pni qaytaradi, qo'pol so'zdan xafa bo'ladi va hokazo) bilan bog'liq bo'lgan paytdagi reativlikdan farqli o'laroq faollik harakatning ayni o'zida namoyon bo'ladigan ichki holatiga nisbatan sub'yektning o'ziga xos xususiyatini kuchga kiritish harakatini chiqaradi (o'zaro zarur axborotni olishga ehtiyoj sezayotgan kishi o'rtog'ini chaqiradi, jahli chiqqan holatda yon-veridagilarga qo'pollik qilishga yo'l qo'yadi va hokazo).

Oldindan mo'ljallanmaganligi bilan farq qiladigan tabiiy xulq-atvordan farqli o'laroq, faollik ixtiyoriyligi bilan, ya'ni ongli ravishdagi maqsadga muvofiq harakatning sharoitlari bilan farq qiladi. Faollik bir daqiqalik vaziyat talabi bilan, unga moslashuv, berilgan chegaralarda harakat qilish istagi bilan yuzaga keltirish mumkin va mumkin emas, u vaziyat ustunligi bilan, ya'ni asos qilib olingan ma'lumotlarning, kishining vaziyat talablari darajasiga ko'tarila olish, asosiy vazifaga nisbatan ziyod kuchli iroda bo'lgan joydagina mumkindir.

Irodaning undovchi va tormoz qiluvchi funksiyalari yaxlit birligidagina shaxsning maqsadga erishish yo'lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishni ta'minlaydi.

Falsafa va psixologiyada idealizm kishi irodasini alohida, hech narsa bilan belgilanmaydigan va hech narsaga bog'liq bo'lmagan (ya'ni indeterministik), kishiga u yoki bu harakatni tanlash va amalga oshirish imkonini beradigan kuch deb qaraydi. Bunda butun psixik faoliyat hech narsa bilan belgilanmaydigan, ongsiz ravishda bo'ladigan eng dastlabki faollikka bo'ysungan bo'ladi. Amerika psixologi U.Jems harakatda hech narsaga bog'liq bo'lmagan irodaviy hukmga yetakchi rol beradi. Obrazli tarzda bu quyidagicha tasavvur qilinardi: kishi o'z- o'ziga «Fiat» (lotincha «ha bo'la qolsin!» degan ma'noga ega bo'lgan so'zni bildiradi) deydi va go'yo ana shu birinchi galgi mistik turtki bilan belgilanmagan holda ish amalga oishiriladiAmalda kishining ishlari va harkatlari ob'yektiv ravishda belgilangandir.Irodaviy harakatni o'z ichiga oladigan motivlar hozir va o'tmishda o'rin olgan tashqi ta'sirlar natijasi tariqasida, kishining psixik rivojlanishi jarayonida uning hayot va faoliyat hodisalari bilan faol munosabati natijasida tarkib topadi va yuzaga chiqadi. Irodaviy harakatlarning determinizmlashgaligi fakti (sababiy bog'langanligi) u yoki bu faoliyat usuli kishiga zo'rma-zo'raki berilganini, u o'z qilmishlari uchun javobgar emasligini va ularning peshonasiga yozilganligini dadil qilib ko'rsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.Kishining tavakkalchilik sharoitidagi hatti-harakati irodaning xarakterli ko'rinishlaridan bir sifatida namoyon bo'ladi.

Tavakkalchilik-bu sulb'yekt uchun uning cheki noma'lum va muvaffaqiyatsizlikka duch kelganda mumkin bo'ladigshan noqulay oqibatlar (jazolash, og'riq ta'sirini o'tazish, travma, obro'ni yo'qotish va shu kabi) haqidagi taxminlar mavjudligi sharoitidagi faoliyatning xarakteristikasidir. Tavakkalchilik paytida kutilayotgan noxushlik bunday holatdagi muvaffaqiyatsizlik ehtimoli va noqulay oqibatlar darajasining uyg'unlashtirilishi bilan belgilanadi. Shunday savol tug'iladi: agar mag'lubiyat ehtimoli ko'p bo'lsa, mag'lubiyat uchun esa jazo ancha kuchli bo'lsa, kishi nimani deb tavakkal qiladiq Psixologiya tavakkal qilish uchun zarur shart sifatida irodaning qo'shilishini nazarda tutuvchi tavakkal qilish xatti- harakatining ikkita o'zaro bog'langan sababini ajratib ko'rsatadi.Tavakkalchilikning birinchi sababi va tegishli ravishda tavakkalchilikning birinchi turi bu yutuqqa umid bog'lash, muvaffaqiyat qozonilganda kutilayotgan kattalikning muvaffaqiyatsizliklar oqibati darajasidan ortishidir (situativ tavakkalchilik). Bu o'rinda muvaffaqiyat motivasiyasi muvaffaqiyatsizlikdan qutilib qolish motivasiyasidan kuchliroqdir. Agar kundalik hulq-atvor, garchi kishidan irodaviy qarorni talab qiladigan bo'lsa-da unchalik noyob narsa emas.Xatti-harakatning xavfli variantini afzal biladigan hulq-atvor yoki tavakkalchilikning ikkinchi turi uchun sabab-shaxsning vaziyat usti faolligidir.Kishining vaziyat talablari ustidan ko'tarila bilish dastlabki vaziyatdan ustun keladigan maqsadni qo'yish qobiliyatga to'g'ri keladi.

Irodani tarbiyalash. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari juda ham har xil bo'lishi mumkin. Ularning hammasi quyidagi shartga amal qiladi: 1. Irodani tarbiyalani nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf qilishdan boshlash kerak. Oldiniga unchalik katta bo'lmagan qiyinchilikni, vaqt o'tishi bilan esa ancha katta qiyinchiliklarni muntazam ravishda yenga bori, kishi o'z irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi. Har bir qarshilkni «bo'ysindirilmagan qal'a» sifatida baholash lozim va bu qal'ani «olish uchun» barcha imkoniyatni ishga solish kerak. 2. Qiyinchiliklarni, to'siqlarni bartaraf etish ma'lum maqsadlarga erishish uchun amalga oshirish. Maqsad qanchalik ahamiyatli bo'lsa, irodaviy motivlar darajasi yuqori bo'lsa, kishi shunchalik katta qiyinchliklarni bartaraf etishga qodirdir. 3. Qabul qilingan qaror bajarilishi kerak. Har gal, qachonki, qaror qabul qilinib, uning bajarilishi yana va yana kechiktirilsa kishining irodasi izdan chiqadi. 4. Agar kishi uzoqqa mo'ljallangan maqsadni oldiga qo'ygan taqdirda uzoq istiqbolni nazarda tutishi kerak. Bu maqsadga erishish bosqichlarini ko'rishi, ya'ni kelajakka mo'ljallangan istiqboolni ko'ra olish juda muhim.

Irodali kishi-o'z vaqtining xo'jayini. O'z faoliyatini oqilona tashkil etar ekan, bu bilan u belgilangan narsani shoshilmasdan amalga oshiradi. O'z irodasini chiniqtirish uchun ishda va turmushda tarqoqlik va pala-partishlikka qarshi kun sayin kurash olib borishi kerak.

Sport bilan muntazam shug'ullanishi kishi irodasini chiniqtiradi. Jismoniy mashq bilan shug'ullanishda qiyinchiliklarni bartaraf etish kishining faqat mushaklari emas, balki uning irodasini chinakam mashq qildirish hisoblanadi.

Irodaviy akt (irodaviy harakat)da uni motivlashtirishning barcha uchto tomoni faollik manbai, uning yo'nalganligi va o'z-o'zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir.

Irodaviy aktning bo'g'inlari. Irodaviy harakatlar sababli har doim ozmi- ko'pmi darajada anglanilgan xarakterda bo'ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda intilish va istakni ham farq qilsa bo'ladi. Intilish ham differensiyalashmagan, yetarli darajada anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat motivi. Istak faoliyatinning motivi sifatida extiyojning yetarli darajada tushunib yetilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda faqat extiyoj ob'yekti emas, balki uni qondirishning mumkin bo'lgan yo'llari ham tushunib yetiladi. Faoliyatning butun sabablari kishining yashash sharoitlarini aks ettirish va uning extiyojlarini fahmlash natijasi hisoblanadi. Ana shu sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq, boshqalari kamroq ahamiyatga ega bo'ladi. Kishida turli extiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati bilan motivlar kurashi paydo bo'ladi, bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama va motivlar kurashi natijasida qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. Paydo bo'lgan qarorni muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi. Irodaviyxatti-harakatning so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina yuksak g'oyaviy motivlarga qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak.

Irodaviy zo'r berish. Irodaviy aktning eng muhim bo'g'ini-qaror qabul qilish va uni ijro etishdir. Bu ko'pincha alohida hissiy holatning irodaviy zo'r berish sifatida tavsiflanadigan holatning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Irodaviy zo'r berish hissiy hayajon shakli bo'lib, kishining harakatga qo'shimcha motivlarni vujudga keltiradi. Irodaviy zo'r berish natijasida bir xil motivlarning haraktini to'xtatib qo'yib, boshqalarning harakatini xaddan ziyod kuchaytirish mumkin bo'ladi. Irodaviy kuch g'ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo'rquv, charchash kabilan ustidan qozonilgan g'alaba anchagina hissiy zavq beradi, o'z ustidan erishilgan g'alaba singari boshdan kechiriladi. Tashqi to'siq yengib o'tish lozim bo'lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo'lsa, u irodaviy zo'r berishni talab qiladi.

Irodaviy kuch-g'ayrat odamlarning barcha qaxramonlik ishlariga zarur qism bo'lib kiradi. Irodaviy kuch-g'ayrat sarflash odati manonatli fe'l atvorni shakllantirishning majburiy shartidir.



Irodaning individual xususiyatlari. Iroda faoliyatning ichki qiyinchiliklarini yengishga qaratilgan ongli tuzilma va o'z-o'zini boshqarish sifatida avvalo o'ziga, o'z hissiyotlariga, xatti-harakatlariga hukmronlik qilishdir. Abulyasiya-bu miya patologiyasi zaminida yuzaga keladigan faoliyatga intilishning yo'qligi,harakat qilish yoki uni bajarish uchun qaror qabul qilish zarurligini tushungan holda ish qila olmaslik.Apraksiya-miya tuzilishining shikastlanishi natijasida kelib chiqadigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzilishidir. Agar nerv to'qimalarining buzilishi miyaning peshona qismlarida to'xtab qolsa, xattiqharkatlarni erkin to'g'rilashni buzilishidanamoyon bo'ladigan apraksiya boshlanadi. Bu berilgan programma va irodaviy aktning bajarilishiniqiyinlashtiradi.Irodaning ijobiy fazilatlari, uning kuchining namoyish qilinishi faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlaydi, kishi shaxsini eng yaxshi tomondan ko'rsatadi. Bu kabi irodaviy fazilatlarning ro'yxati juda katta: qaxramonlik, sabotlik, qat'iylik, mustaqillik, o'zini tuta bilish va boshqalar.Qat'iylik-irodaning indhividual xususiyati bo'lib, mustaqil ravishda qaror qabul qilish hamda uni faoliyatda so'zsiz amalga oshirish qobiliyati va malakasi bilan bog'liq. Qat'iy odamda boshlangan motivlar kurashi tezda qaror qabul qilish va qarorni ijro etish bilan tugallanadi.Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o'zaro mustahkam bog'langan, lekin bir-biriga to'la mos kelmaydigan nisbatan uchta turi tushiniladi. Bu birinchidan individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatga undovchi motiv. Bu sub'yektni faoliyat ko'rsatishga qanday ehtiyojlar undayotganini izohlab beradi.
Download 19,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish