Norbosheva mavjudaning


O`tilgan mavzuni mustahkamlash



Download 83,5 Kb.
bet2/3
Sana20.07.2022
Hajmi83,5 Kb.
#825987
1   2   3
Bog'liq
Norbosheva Mavjuda dars ishlanmasi

O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
O`qituvchi o`tilgan mavzuni mustahkamlashda “Charxpalak” metodi va “Oqqushlar” metodidan foydalanadi va o`quvchilarni guruhlarga ajrataib oladi.

O`qituvchi: Bo`linamiz guruhlarga


Nom beramiz ularga
O`quvchilar o`z guruhlariga nom berishadi .
Bilimdonlar” guruhi
1-guruh sardori: Biz guruhimiz nomini “Bilimdonlar” deb atadik. Chunki bilim sirlarini o`rganib, ilmni puxta egallash bizning ezgu niyatimizdir. Shiorimiz “Bilim aql chirog`i”.
Topqirlar” guruhi
2-guruh sardori: Biz guruhimiz nomini “Topqirlar”deb atadik. Maqsadimiz, ustozning har bir topshirig`i va sinoviga tayyor turish. Shiorimiz “Intilganga tole yor”
Zukkolar” guruhi
3-guruh sardori: Biz guruhimiz nomini “Zukkolar” deb atadik. Maqsadimiz o`zimizning aqlan ziyrak va zukkoligimizni namoyon etishdir. Shiorimiz “Komillik sari intilish”.
O`qituvchi: Uchta guruh bellashadi
O`z bilimin sinashadi.
O`qituvchi guruhlar bilan tashishgach birinchi bo`lib “Charxpalak” metodini qo`llaydi. Charxpalak metodida unli tovushlar joylashgan bo`lib, charxpalagimiz qaysi unli tovushga kelib to`xtasa, o`quvchilar o`sha tovush haqida ma`lumot berishadi hamda shu harf bilan boshlanuvchi so`zlarni jamlab gap tuzish kerak bo`ladi. “Charxpalak” metodi orqali biz “Nazoratchi harflar” o`yinini ham amalga oshiramiz. Masalan, charxpalagimiz “A” unli tovushiga kelib to`xtadi. Bu tovushga shunday ta`rif beriladi: A tovushimiz alifbomizda 1 harf hisoblanadi. Lablarning ishtirokiga ko`ra lablanmagan, cho`ziq-qizqaligiga ko`ra qisqa tovush hisoblanadi. Anvar archani arraladi. Shu tariqa javob bergan guruh ishtirokchilariga rag`bat kartochkasi beriladi. Keyingi metod “Oqqushlar” metodi bo`lib, bunda o`quvchilar ko`ldagi oqqushlar savoliga to`g`ri javob berib o`zining guruhiga tegishli bo`lgan ko`lga oqqushni yopishtitshadi. Qaysi guruhda oqqushlar soni ko`p bo`lsa o`sha guruh g`olib bo`ladi va rag`batlarga ega bo`ldi.
Yangi mavzu bayoni: O`qituvchi o`tilgan mavzularni mustahkamlab olgandan so`ng yangi mavzuni o`quvchilar tez va oson o`zlashtirishlari uchun she`riy hamda ertak asosida tushuntirib beradi.
Ertak: Bir bor, bir yo`q ekan. Qadim o`tgan zamonda, so`lim qishloq tomonda bir chol bilan kampir yashagan ekan. Bu chol va kampirning oltita farzandi bo`lib, ular juda ham tarbiyali ekan. Bu farzandlar ichida to`ng`ich farzandining ismi OT bo`lib uni shunday ta`riflash mumkin ekan.
OT

Bosh so`z turkum otdir u
Barchaga ham yoddir u
Atoqli, turdosh bo`lur,
Ba`zan harfi bosh bo`lur
Yozilsa atoqli ot,
Bundan bo`lib o`zi shod.
Bo`ynin cho`zib kerilar,
Manmanlikka berilar.
Yegirib turli ipak,
Keygandek turfa ko`ylak.
Go`yo bir-bir kelishib,
Kelgan olti kelishik.
Ot go`yoki nurlanar
Kelishikda turlanar.

Chol va kampirning bu farzandiga odamlar shunday ta`rif berishar ekan.“Shaxs, narsa-buyum, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, qayer? so`roqlariga javob bo`ladi”. Chol va kampirning ikkinchi farzandi Sifat bo`lib, u juda ham maqtanchoq ekan. U doim o`zini shunday maqtab yurar ekan
SIFAT

Men Sifatman, Sifatman,
Ham belgi, ham sifatman.

  • Paxta ayting qanday?

  • Oq

  • Quyonchalar-chi?

  • Qo`rqoq.

Endi eshiting so`zim
Sifatmi desak uzum?
Sifat emas otdir u
Sifatlarga yotdir u

Odamlar sifatga shunday ta`rif berishar ekan. “Qanday?, qanaqa? so`roqlariga javob bo`lib, narsa-buyumning belgisini bildirgan so`zlar sifat deyiladi. Chol va kampirning keyingi farzandi Son bo`lib, bu farzandi o`yinqaroq ekan.U ko`p vaqtini o`rtoqlari bilan o`tkazishni yoqtirar ekan. Chol va kampirning bu farzandini shunday ta`riflash mumkin ekan.
SON

Sonlar tartib va sanoq
Bir-biriga o`rtoq
Asli sonlar turi ko`p,
Desangiz bir bog`, o`n tup.
Uchta do`st, bitta xona
Bu sonlar nomi dona.
Yana shunday sonlar bor
Har narsani chamalar
Savol bersang bu uyda,
Nechta deya xonalar,

Deydi o`ntacha o`ylab.
Yo yuzlarcha, yo yuzlab,
Bor der uchtacha chana
Bu sonlar ismi Chama.
Boshqa turdagi sonlar
Narsalarni jamlaydi.
Sanoq songa –ov, -ala
Qo`shimchalar tanlaydi.
Deydi uchala, uchov,
Bu sonlar nomi Jamlov
Keyingi son doimo
Har narsani taqsimlar.
Bolalarga bittadan
Desang choyshab, yostiqlar,
Dona songa bu yerda
“dan” qo`shimcha ilinar
Bittadan degan sonning
Taqsimligi bilinar
Turkumlarning ichida,
Sizga aytsam asl son,
Esim qursin aytganday,
Qolib ketdi Kasr son.

Qancha?, Necha? So`roqlariga javob bo`lib, narsalarning sanog`ini va tartibini bildirgan so`zlarga son deyiladi. Chol va kampirning keyingi farzandi Olmosh bo`lib, bu fazrandi boshqalariga qaraganda juda ham mehribon ekan.Chunki aka va ukalarining vazifalarini ham o`zi bajarishga harakat qilar ekan.
OLMOSH

Sondan ulug`, otdan yosh.
Uning nomidir Olmosh.
Men,sen u, biz, siz,ular
Kishilik olmoshi bular.
Bir olmosh bor o`ziga
O`zi juda yoqadi.
Ko`zoynakdek har doim
“O`z” so`zini taqadi.
“O`zimniga-yu”, “o`zimni”
“O`zim” deydi, o`z so`zlik
Juda maqtanchoq olmosh
Uning nomidir O`zlik.
Kimdir, nimalarnidir,
Allakim, juda yomon.
Noaniqlik kiritar
Fitnachi olmosh Gumon
Qiyos qilinsa agar
Odamlarga olmoshlar
Bir olmoshni eslatar
Doim chayqalgan boshi
Hech kim, hech narsa deydi,
Chimirlagan qoshlari
Bo`lishsizlik deydilar
Bu turkum olmoshlarni.
Qo`lni qilib bigizdek
Erta-yu kech, yoz-u qish
Ana, mana, o`sha deb
Aytgan olmosh Ko`rsatish.
Yana bitta olmosh bor
Har narsani belgilar.
Hamma, barcha o`qisin.
Der u aytgan belgilar
Demak, bu olmoshning
Nomi ekan Belgilash
Olmosh buncha ko`p deya
Dangasaning ko`ngli g`ash.
Ey, dangasa ko`nglingni
Endi cho`ktirma, biroq
Kim, nima deb so`ragan
So`ngi olmoshdir So`roq.

Chol va kampirning bu farzandini shunday ta`riflash mumkin ekan. Ot, sifat, son va boshqa so`zlar o`rnida qo`llanib, ularga ishora qiluvchi so`zlarga olmosh deyiladi. Shunday qilib chol va kampirning keyingi farzandi Fe`l bo`lib, bu farzandi boshqalarga qaraganda manmanroq ekan.Chunki hech kim uning vazifasini bajarolmas ekan. Odamlar Fe`lga shunday ta`rif berisharkan.
FE`L

Fe`l bo`lmasa bo`lmaydi,
Bu dunyoda Baraka,
Axir fe`lning asosiy
Belgisidir-harakat.
Keldi, ketdi, qochadi,
Yuguradi, sochadi.
Fe`lning fe`li juda keng
Maydoni esa katta,
Uning noaniq shaklin
Bilish kerak albatta.
„Bilmoq“, „O`qimoq“ deysiz
Qo`shimchasi bitta „- moq“
Fe`li aniq bo`lsada
Zamoni yo`qdir biroq.
O`qiganda uchraymiz
Uning uchta mayliga
Faqatgina mayli-yu
Bo`lsa agar mayliga
Bu turkumda mavjuddir,
Yana murakkab tomon,
Turli-tuman shakli-yu,
Yana uch turli zamon.
O`tgan zamon fe`lining
Qancha turi ko`rinar
Davom, hikoya, yaqin,
Aniq turga bo`linar.
Hikoya fe`li doim
So`zlagandek hikoya,
Bo`libdi, yuribdi deb
Gapi tinmas nihoya.
Davom fe`li ishlarda
Davomiylik ko`zlaydi
„Qilar edim“, „Borardim“,
Deb yalinib bo`zlaydi.
Yaqin o`tgan zamonda
Fe`l o`xshab sifatdoshga,
“-gan” qo`shimchasin olar,
Faqat y`orig`i boshqa.
Sifatdoshdek belgimas,
Harakatni bildirar.
“Nima qilgan” savolga
O`zi javob qidiarar.
Yana ikki shakli bor,
Bo`lishsiz va bo`lishli
Ko`rishmadik-bo`lishsiz,
Bo`lishligi-ko`rishdik.
Bo`lishligi tasdiqdir,
O`xshar mayin ipakka.
Bo`lishsizi har ishni
Chiqaradi chippakka.

Nima ailmoq?, nima bo`lmoq? so`roqlariga javob bo`lib, harakat-holatni bildiruvchi so`zlarga fe`l deyiladi.
Chol va kampirning kenja farzandi Ravish ekan. Odamlar chol va kampirning Ravish ismli farzandini shunday ta`riflashar ekan.
RAVISH

Sizga aytsam, sifatga
O`xshab ketar ravish ham.
Sifat bialn adashib
Keltiradi tashvish ham.
Bildiradi sifatdek
U ham turli belgilar.
Faqatgina bu belgi
Harakatni belgilar.
Shundan ravishning o`zi
Yakka qolsa to`moqdir
Birikmada fe`l bilan
Turib qolsa o`rtoqdir.
Qaqmachaqar o`rtoqdek
Ishi juda g`alati.
Aytib turar u fe`lning
O`rin, payti, holatin.

Qanday?, qancha?, qachon? singari so`roqlarga javob bo`lib, harakatning holatini, daraja-miqdorini biladirgan so`zlar ravish deyiladi.


Kunlardan bir kun chol va kampirning bu farzandlari tortishib qolishibdi.
Sifat: “Meni qo`limdan hammangni vazifangni bajarish keladi” - deb maqtanibdi. Shunda Ot so`z turkumi - “Voy, buni gapini qarang-a, meni vazifamni bajarar emish. Axir men kim? nima? qayer? so`roqlariga javob bo`laman-ku!” –desa, Olmosh unga qarab shunday debdi: “Shunga nima bo`libdi. Men ham kim? so`rog`iga javob bo`la olaman. Kerak bo`lsa Sifatni ham, Sonni ham vazifasini bajaraman”. Bu gaplarni eshitgan Sifat Olmoshga qarab: “Menga qara Olmoshvoy sen hali meni ham vazifamni bajarmoqchimisan. Axir men so`z turkumlarning ichida yagona Sifatman”-debdi. Son ham jim turmasdan Olmoshga qarab: “Menga qara Olmoshvoy sen holi meni ham vazifamni bajarmoqchimisan?”-debdi. Shunda Fe`l “ Sen bularni vazifasini bajarishing mumkindir, lekin mening vazifamni bajarish qo`lingdan kelmaydi .”- debdi Olmoshga qarab. Shu tariqa tortishayotgan payt ular yoniga Dono bobo kelibdi. Dono bobo ularga qarab: “ Bu nima tomosha, nega buncha tortishayapsilar?”-debdi. Chol va kampirning to`ng`ich farzandi Ot shunday deb javob beribdi –“Dono bobo bu Olmoshga qarang, u bizning vazifamizni bajarmoqchi bo`layapti”. Fe`l ham jim turmasdan “Dono bobo axir Olmosh meni vazifamni bajarolmaydi-ku?” debdi. Dono bobo – “Sizlar ahil, inoq bo`lishlaringiz kerak. Axir aytishadi-ku, “Kuch-birlikda!” Shunday ekan sizlar endi hech qachon urushmasdan yashashlaringiz kerak” - debdi. Shunday qilib chol va kampirning bu olti farzandi Dono boboning gaplariga amal qilib, ahil, inoq bo`lib yashaydigan bo`lishibdi.
O`qituvchi shu tarzda yangi mavzuni yoritib beradi. Dars davomida o`quvchilar bilan mashq bajariladi .
O`quvchilar 91- mashqni quyidagicha bajarishlari mumkin: Maroqli so`zi sifat so`z turkumiga mansub so`z hisoblanib, qanday? so`ro`giga javob bo`ladi. Masalan: Biz yozda maroqli dam oldik.

Download 83,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish