Nafsning tarbiyasi
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflaridan birida aytiladiki, Alloh taolo nafsni yaratganidan so‘ng nafsdan:
– Men kimman? – deb so‘radi.
– Men kimman? – deb javob berdi. Bu javobni eshitgan Alloh taolo farishtalarga amr qildi, ular nafsga bir yil azob berdilar. Nafs shundan keyin ham ayni savolga ayni javobni berganidan keyin Alloh taolo nafsni bir yil och qo‘ydi. Undan so‘ng nafsdan:
– Men kimman? – deb so‘raganda nafs:
– Sen Sendan boshqa iloh bo‘lmagan zotsan, – deb javob berdi. Shunday qilib, nafs ochlikka chiday olmaganidan Rabbini tanidi.
Buyuk mutasavvuf imom Rabboniy hazratlarigi ko‘ra, bu yerda aytilgan ochlikdan murod ba’zi johil mutasavvuflar tushuntirganidek faqat yemak-ichmoqdan qisib qo‘yish emas, zotan, hindu va buddaviy rohiblari ham uzoq muddat suvsiz va ochlikka toqat qila oladi, Ammo ular bundan faqat nafsining safosiga erisha oladi, xolos. Hazrati Imom “Maktubot”ida nafsni och qo‘ymoq nima ekanini quyidagicha tushuntiradi: “Nafsning istaganlarini qilmaslik, istamaganlarini qilish, nafsni mag‘lub etishning eng qulay yo‘li esa sunnatga uyg‘un yashamoq va qalbni mosuvodan (maxluqot sevgisidan) pok tutmoqdir”.
Nafs tarbiyasi –muhim ish
Inson nafsi hamisha tarbiyaga muhtoj. Inson o‘z nafsini tanish va uni tarbiya toptirishi bilan kamolga yetadi. Komil insonlarning barchalari o‘z nafsini tanib, uni tarbiyalab kamolga yetkargan kishilardir. Zero, o‘z nafsini tanimagan odamdan komil inson chiqishi qiyin. Nafsni anglash haqida Luqmoni Hakim o‘z o‘g‘illariga shunday degan ekanlar: “Ey, o‘g‘lim! Seni ilk ogohlantirganim nafsingdir. Chunki har nafsning bir havosi, nafsoniy istagi bor. Agar nafsga nafsoniy istaklarini bersang, yanada yo‘ldan ozadi va boshqa narsalar istay boshlaydi. Chaqmoq toshda olov yashirin bo‘lgani kabi nafsoniy orzular ham qalbda yashirindir; yoqsang porlar, o‘z holiga qo‘yilsa, yashirinadi”.
Xo‘sh, avvalambor nafs nima ma’noni anglatadi?
Nafs insonning o‘zligini, joni, qalbi ma’nolarini anglatadi. Bu haqda Imom G‘azzoliy shunday yozadi: “ Bilg‘ilkim, seni kim xalq qilibdur? Ikki nimarsadin biri zohir badandurki, ani tan atabdurlar, muni zohir ko‘z birla ko‘rgali bo‘lur. Yana biri ma’nii botindurki, ani nafs derlar, jon atarlar va dil ham derlar”.
Shunday bo‘lsada, nafs so‘zi insonning tana ehtiyoji bo‘lgan yeyish-ichishga va shahvoniy hirsga nisbatan ham ishlatiladi. Bu ma’noda xalqimiz nafs so‘zini tamoq, jig‘ildon, vijdon kabi so‘zlar ma’nolarda ham ishlatadi. Buni xalqimizning quyidagi maqol va hikmatli uchratish mumkin. “Mening nafsim balodir, yongan o‘tga solodur”, “ Nafs uchun kabob bo‘lgan baliq”, “Ko‘p yeyish nafs rohati, oz yeyish tana rohati” .
O‘zbek tilining izohli lug‘atida: “Nafs (arabcha nafs-qalb, ko‘ngil; inson; maqsad, intilish; g‘urur, mag‘rurlik)
Yeyish-ichishga, mol-dunyoga bo‘lgan ehtiros. Mening nafsim balodur, yongan o‘tga soladir. Maqol.
Do'stlaringiz bilan baham: |