REJA:
1 Organik kompleks hosil qiluvchilar ularning yutuq va kamchiliklari Texnologiyada qo’llanilishi.
2 Kompleksonometriya qollanishiga misollar
3 Kompleks birikmalarning sinflanishi
Organik kompleks hosil qiluvchilar ularning yutuq va kamchiliklari Texnologiyada qo’llanilishi.
Organik kompleks hosil qiluvchilar, jumladan, aminokarbon kislotalar va ulapHing tuzlari – kompleksonlar qollanishi bilan usul keng qollana boshladi va keyinchalik kompleksonometriya usuli deb atala boshladi. Kompleksonlar ichida etilendiaminotetra sirka kislotasining ikkita natriyli tuzi, ya‟ni komplekson-III analizda keng qollaniladi (texnik nomlanishi – TrilonB). Komplekson-III kopchilik metall ionlari bilan komplekslar (ichki kompleks birikmalar) hosil qiladi. Bunda metallar ionlar karboksil guruhdagi vodorod atomlari bilan o„rin almashinadi, azot atomlari esa koordinatsion bog hosil qiladilar. Natijada barqaror qisqichsimon kompleksonlar (xelatlar) hosil boladilar.
Kompleksonometrik titrlash usulida metall xrom indikatorlari qo„llaniladi. Ular organik boyoqlar bo„lib, ozlari bir rangga, metallar bilan kompleks hosil qilish reaksiyasida esa boshqa rangga ega. Masalan, erioxrom qorasi (EXCH-T) indikatori oz rangini quyidagi sxemaga muvofiq ozgartiradi:
H2Jnd + Me2+ → MeJnd + 2H
pH=7-11 bo„lganda kopchilik metall ionlar indikator bilan qizil rangli komplekslar hosil qiladilar (Mg2+, Ca2+, Zn2+, Cd2+, Al2+, Co2+, Ni2+, Cu2+ va boshqalar). Lekin bu komplekslar metallapHing komplekson-III bilan hosil qilgan komplekslaridan beqaror bo„lgani uchun titrlash vaqtida metall ionlari komplekson-III bilan rangsiz komplekslar hosil qiladilar, eritmada esa indikatopHing erkin molekulalari qoladi va ular ko„k rangga boyaladi. Demak, metall ionlari titrlaganda eritmaga mos keluvchi bufer aralashma qoshiladi va hosil bolgan qizil rangli eritma kok rangga kirguncha kompleksonIII bilan titrlanadi
Kompleksonometriya qollanishiga misollar
Bu usul, yuqorida aytib otganimizdek, kuchsiz ishqoriy muhitda kopchilik metallapHing aniqlanishiga imkoniyat beradi. YUqoriroq ishqoriy muhitlarda pH>13 bolganda, bu metallar gidroksidlar chokmasini hosil qiladilar, Sa2+ dan tashqari, u esa indikator – mureksid ishtirokida titrlanadi. Demak, muhit pH ini va indikatopHi togri tanlab, ko„pchilik metallapHing ionlarini aniqlash mumkin. Konmpleksonometriya usulining qo„llanilishiga keyingi keng tarqalgan usul – suvning umumiy qattiqligini aniqlashdir. Kompleksonometriyani qo„llanishiga ikkinchi keng tarqalgan usul – suvning umumiy qattiqligini aniqlashdir. Karbonat (yoki vaqtinchalik) qattiqlik va uni aniqlash usullari bilan avval tanishdik. Suvning tarkibidagi xloridlar, kalsiy va magniyni nitratlari doimiy qattiqlikni ifodalaydi. Vaqtinchalik va doimiy qattiqlikning yig„indisi umumiy qattiqlikni tashkil etadi. Kompleksonometrik titrlash usuli bilan umumiy qattiqlik aniqlanadi. Aniqlash kuchsiz ishqoriy muhitda indikator erioxrom qorasi ishtirokida olib boriladi va komplekson-III eritmasi bilan vino-qizil rangdan ko„k rangga otguncha titrlanadi. Vaqtinchalik qattiqlikni neytrallash usuli bilan umumiy qattiqlikni kompleksonometrik usul bilan aniqlab, umumiy va vaqtinchalik qattiqlikni ayirmasidan doimiy qattiqlik hisoblanadi. Umumiy qattiqlikni kompleksonometrik usul bilan aniqlash keng tarqalgan bolib hamma korxona, ilmiy va boshqa laboratoriyalarida qollaniladi.
Tarkibida murakkab - kompleks ion tutgan birikmalar kompleks birikmalar deyiladi. Yangi kimyoviy bog’ hosil qilmasdan yoki yangi elektron jufti yuzaga kelmasdan oddiy molekulalardan murakkab molekulalar hosil bo’lishi kompleks birikmalarni yuzaga keltiradi.Kompleks birikmalarda olingan va berilgan elektronlarning soniga qarab valentlikni bilib bo’lmaydi. Kompleks birikmalar 2 ta polyar molekulalarni o’zaro ta’siridan hosil bo’ladi. Masalan:
NH 3 + HCl = [NH4]Cl
kristall
CaCl2 + 8NH 3 = [Ca(NH3 )8]Cl2
kristall
CuCl2 + 2NH4OH = Cu(OH)2¯ + 2NH4Cl
ko’k cho’kma
Agar cho’kmaga ko’p miqdorda NH4OH qo’shsak, cho’kma eriydi.
Cu(OH)2¯ + 2NH4OH + 2NH4Cl = [Cu(NH3)4]Cl + 4H2O
ko’k rangli eritma
Fe(CN)2 + 4KCN = K4[Fe(CN)6] sariq qon tuzi
Fe(CN)3 + 3KCN = K3[Fe(CN)6] qizil qon tuzi
Agar reaktsiya sharoiti o’zgartirilsa,
CrCl3 + 6H2O -® [Cr(H2O)6]Cl3 1 mol suv ajratilsa,
sariq rangli
[Cr(H2O)5Cl]Cl2, yana 1 mol suv ajratilsa [Cr(H2O)4Cl2]Cl
Do'stlaringiz bilan baham: |