O'simliklarga tashqi muhit omillariga tasiri



Download 85,5 Kb.
bet2/2
Sana01.01.2022
Hajmi85,5 Kb.
#303288
1   2
Bog'liq
o'simliklarga tashqi muhit omillariga tasiri

Gidatofitlar — bu guruhga hayoti doimo suvda o`tuvchi o`simliklar, ya`ni suv o`tlari kiradi.

Gidrofitlar — bu guruhga tanasining bir qismi suvdan tashqarida bo`lib, qolgan qismi suv qavatida bo`ladigan o`simliklar kiradi. Bularga suv ayiqtovoni, suv nilufari, gichchak, o`q barg va boshqalar misol bo`la oladi. Gidrofitlarning mexanik to`qimasi sust rivojlangan, suzuvchi barglarining ustki tomonida ko`p sonli og`izchalarning mavjudligi, ildiz sistemasining kuchsiz rivojlanganligi, hamda vegetativ ko`payishning ustun turishi kabi moslanish xususiyati bor.

Gigrofitlar — bular quruqlik muhitida o`sadigan o`simliklar bo`lib, havo namligi yetarli bo`lgan nam tuproq muhitida yaxshi o`sadi. Gigrofitlar sernam o`rmonlarda, nam yerlarda, botqoqliklarda yaxshi o`sadi. Qamish (Phzagmites communis Frin), savagich (Arundo donax L), qiyoq (Scholnopleitus mucronatus L), qo`g`a (Typha latifolia L.), sholi (Oryza sativa L), ba`zi bir hiloldoshlarning vakillari misol bo`la oladi.

Mezofitlar — suvga bo`lgan talabiga ko`ra kserofit bilan gigrofitlar orasidagi o`simliklar bo`lib, o`rtacha namlik sharoitida o`sadi. Bu ekologik gruppaga kiruvchi turlarning barg tuzilishida gigromorf va kseromorf tuzilish xususiyati birlashgan bo`ladi. Bularga bizning sharoitimizda o`sadigan bargli daraxtlar, o`tloq va o`rmon o`tlari, madaniy o`simliklardan g`o`za (Gossypium herbaceum L), beda (Medicago sativa L), makkajuxori (Zea mays L), qovun (Melo orientalus (S. Kudr)), tarvuz, yovvoyi holda o`sadiganiga cebapra (Trifolium pratense L), bug`doyiq (Agropyron repens L), marvaridgul (Convalaria), oqso`xta (Dactilus glomerata L.) kiradi. Mezofitlarning ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangan bo`ladi. Barglari, nisbatan yirik, silliq, yumshoq, etsiz bo`lib to`qimalari unchalik yaxshi rivojlanmagan bo`ladi.

Kserofitlar — bu ekologik gruppaga kiruvchi o`simliklarning xossalari gigrofitlarnikiga qarama-qarshi bo`ladi. Bular anchagina qurg`oqchil sharoitda — cho`lda, chala cho`l mintaqalarida o`sadi. Kserofitlar kuchli isiydigan yon bag`irlarda, ya`ni mezofit va gigrofitlarga noqulay joylarda o`sadi. Kserofitlarning noqulay issiq sharoitda o`sishiga chidamliligi ularning anatomik va morfologik belgilarini o`zgartirgan. Kserofitlar ikki gruppaga bo`linadi:

1. Sukkulentlartanasi sersuv, bargida suv zapasi ko`p bo`lgan, seret, ko`p yillik o`simliklardir. Sukkulentlar, o`z navbatida, ildiz sukkulentlari, poya sukkulentlari va barg sukkulentlariga bo`linadi. O`zbekiston florasida sukkulentlarning turi juda kam, ayniqsa ildizli sukkulentlar deyarli yo`q. Bargli sukkulentlarning poyalari yaxshi rivojlanmagan, barglari etli, sersuv bo`ladi. Bularga semizak, agava, aloe o`simliklari misol bo`la oladi. Poyasida suv to`playdi. Poyali sukkulentlarning poyasi tikonlar bilan qoplangan yoki tangacha bilan o`ralgan bo`lib, bargning vazifasini yaxshi rivojlangan, yashil etdor poyalar bajaradi. Bularga ba`zi bir sutlamalar, qorasho`ra, kaktus kiradi. Bularning ba`zi turlarida juda ko`p mikdorda zapas suvlar saqlanadi. Mak Dugoll bo`yi 10 metr bo`lgan kaktusning suv zahirasini o`rganib, unda uch ming litr suv borligini aniqlagan.

Shuni ta`kidlash lozimki, sukkulentlarning iddiz sistemasi kichik va yuza joylashgan bo`ladi. Qurg`oqchil cho`l sharoitidagi turlarda nam tugashi bilan ildizning o`suvchi qismi qurib qoladi. O`zi esa tanasidagi zapas suv bilan yerga nam tushgunga qadar yashaydi. Sukkulentlar asosan o`simliklar qoplami siyrak ba`zan umuman florasi bo`lmagan dag`al tuproqli yerlarda o`sadi.

2. Sklerofitlar — qurg`oqchilikka chidamli ko`p yillik, poyasi dag`al, ko`pincha barglari kuchli reduktsiyalangan yoki tikonlarga, tangachalarga aylangan, mexanik to`qimasi yaxshi rivojlangan sukkulentlarga qarama-qarshi xususiyatga ega bo`lgan gruppalardir. Sklerofitlar suvsizlikka juda chidamli, tanasidagi 25% suvni yo`qotganda ham o`zgarish bo`lmaydi.

Kserofitlar mayda bargli va bargsiz bo`ladi. Saksovul va efedralarning barglari deyarli bo`lmaydi. Kserofitlarnig ingichka barglilari chalov (Stipa capillata L.), betaga (Festuka valisiaka), yantoqlardir. Yirik va to`q tusli barglilari ham mavjud bo`lib, ularga; anjir (Ficus carica L), tolgul (Oliandra), qo`zi quloqlar (Phlomis thapsoides. Bde.) misol bo`la oladi. Kserofitlarning o`ziga xos tomoni shuki, ularning tarkibida efir moylarining ko`pligi qurg`oqchilikka chidamliligi va moslanishini oshiradi. Shu efir moylar atrofini «g`ilof» holida o`rab olib, suv bug`lanishini kamaytiradi.

Havo. Atmosfera havosi Yerning ma`lum qobig`i sifatida barcha tirik organizmlar uchun, jumladan o`simliklar uchun ham nihoyatda muhim ekologik faqtor hisoblanadi. Atmosfera havosi o`simliklarda boradigan fotosintez jarayonini karbonat angidrid va nafas olish uchun kislorod bilan ta`minlaydigan manba hisoblanadi. Atmosfera havosining tarkibi deyarli bir xil bo`lib, o`simliklar tarqalgan bircha mintaqalarda 78,1% azot, 21% kislorod, 0,032 % karbonat angidrid, 0,9% inert gazlaridan iboratdir. Bundan tashqari havo tarkibida ma`lum miqdorda suv bug`lari bo`ladi. Havodagi kislorod deyarli biologik jarayon natijasida kelib chiqadi, ya`ni fotosintez jarayonida hosil bo`ladi. Olimlarning ta`kidlashicha, 2 mln. yilda yerdagi deyarli hamma suv (taxminan 1,5 mlrd. km3) «parchalanish-qaytarilish» tsiklidan o`tib, «fotosintez-nafas olish» holatini bosib o`tadi. Ajralgan kislorod atmosfera kislorodini tashkil etadi. Kislorod nafaqat atmosfera tarkibida mavjud, balki tuproqda ham bor. Urug`ning unib chiqishi uchun tuproq tarkibidagi kislorod katta ahamiyatga ega. Tuproqda kislorod yetishmasa, urug`ning nafas olishi qiyinlashadi va urug`ning tinim davri cho`zilib ketadi. Ko`karib chiqqach ham rivojlanish sekin boradi.

Atmosfera havosi tarkibidagi karbonat angidrit ham o`simlik uchun asosiy manba hisoblanadi. O`simliklar har yili havodagi mavjud bo`lgan karbonot angidridning 6-7 foizidan nafas olish uchun foydalanadi.

Atmosfera tarkibida doimiy bo`lmagan komponentlardan tutun va sanoat gazlari ham o`simlikning o`sishiga, rivojlanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Tutun va sanoat gazlariga bo`lgan sezgirlik, o`simlik turlariga qarab har xildir. Tog` terak va tilog`och buni tez sezadi va o`sishi sekinlashadi, ko`p holda nobud bo`ladi.

Shamol — ekologik jihatdan o`simliklar qoplamiga katta ta`sir ko`rsatadi. O`simliklarda shamol ta`sirida transpiratsiya kuchayadi, turli darajada mexanik ta`sirlanadi. Urug` va mevalarning tarqalishiga yordam beradi. Shamolning holati va tezligi joyning relefi, shakli, o`simliklar qoplami joylashgan o`rniga qarab o`zgarib turadi. Qalin o`simlik qoplamlarida, o`rmonlarda shamol 85% gacha sekinlashadi. O`simliklar qoplamining zichligi shamol eroziyasining oldini oladi. Sun`iy ihotazorlar tashkil qilish shuning uchun ham katta ahamiyatga ega.

Shamol ta`siri doimiy sezilib turgan maydonlarda o`sgan o`simliklar (daraxtlar) bo`yi o`smay buta shaklida bo`lib qoladi. Ba`zan nam yetarli bo`lib doimiy shamol esib tursa, o`simliklarning shox-shabbasi deformatsiyalanadi, ya`ni o`suvchi novdalar bir tomonga qarab o`sadi va «bayroqcha» ko`rinish hosil qilib qoladi. Doimiy shamol ta`sirida bo`lgan o`simliklar yotib qoladi. Bunday holni yaylov mintaqasida yaqqol ko`rish mumkin. Hisor tog`ining yaylov mintaqasida turkiston archasi dengiz sathidan 3`500-4`000 m balandlikda usgani uchun ham yotib qolgan. Sababi, bu yerlarda doimiy ravishda shamol esib turadi. Yaylov mintaqasining o`simliklari, ko`p holda yostiqsimon ko`rinish hosil qiladi.



Doimiy shamollarning, ayniqsa, kuchli «dovul» ko`rinishidagi qum ko`chishlari tekislikdagi o`simliklar qoplamiga o`ta kuchli salbiy ta`sir ko`rsatadi.
ADABIYOTLAR:

    1. Zokirov Q. Z., Nabiev M. M., Pratov O`. P., Jamolxonov X. L. Ruscha-o`zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug`ati. Toshkent, 1963.

    2. Nabiev M. M. Botanika atlas-lug`ati. Toshkent, 1963.

    3. Xoliqov S., Pratov O`. O`simliklar aniqlagichi. Toshkent, “O`qituvchi”, 1970.

    4. Hamidov A., Nabiev M., Odilov T. O`zbekiston o`simliklari. Toshkent, “O`qituvchi”, 1987.

    5. Haydarov K. H., Hojimatov Q. H. O`zbekiston o`simliklari. Toshkent, “O`qituvchi”, 1992.

Download 85,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish