O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq kolleji “tasdiqlayman”



Download 1,08 Mb.
bet46/67
Sana01.07.2022
Hajmi1,08 Mb.
#726405
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi davlat soliq qo‘mitasi farg‘ona soliq k

Birinchi belgisi- narkotik sarxushlik holatidir.
-Bu holat yuqori kayfiyat, xayolparastlik, ko‘p kulish, telbalik, diqqat chalg‘ishi, harakat tezlashuvi bilan namoyon bo‘ladi yoki unga qarama – qarshi, lanjlik, bo‘shashish sodir bo‘ladi.Ba’zida badjahllik, jizzakilik, tajovuzkorlik kuzatiladi. Teri qizarishi yoki rangparligi, ko‘zning xiralashuvi, uning kengayishi kuzatilishi mumkin.
Uning ruhiy qaramlik, jismoniy qaramlik va sezishning o‘zgarishi alomatlari bor.
Ruhiy qaramlik – narkotik ta’siri yoki ruhiy kelishmovchilik holatini yo‘qotish maqsadida narkotik modda iste’mol qilish holatidir. Eng kuchli narkotik xususiyatga kokain moddasi, undan kamroq nasha ega bo‘ladi.
Jismoniy qaramlik – bu holat jismoniy o‘zgarishlar ko‘rinishida yuzaga keladi va narkotik moddalarni surunkali iste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan dardli holatdir.
Bu holat narkotik moddalarning navbatdagi miqdorini berish bilan bartaraf etiladi.
Sezuvchanlikning o‘zgarishi – oldingi ta’sirni yuzaga keltirish uchun narkotik moddani yanada ko‘proq miqdorda talab qilish natijasidagi holatdir.
Giyohvandlar tibbiyot sohasida qo‘llaniladigan narkotik modda miqdoridan 5-10 marta ortiq narkotik iste’mol qiladilar. Giyohvand modda sotib olish uchun mablag‘ kerak. Giyohvandlar dastlab arzonroq sotib oladilar. Ruhiy yengillik va xushhollikni saqlash uchun bu moddani tobora ko‘proq miqdorda qabul qilishga to‘g‘ri keladi, bu esa rgani sari ko‘proq mablag‘ talab qiladi. Shuning uchun giyohvandlar pul rganis uchun ta’qiqlangan yo‘llar: o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik, hatto qotillik jinoyatini sodir etishgacha boradilar. Ular pul rganis uchun oila a’zolarining, yaqinlarining puliga, mol-mulkiga ko‘z olaytiradilar. Ba’zida esa yomon niyatli kishilarning terroristlarning buyruq va yo‘riqlarini o‘ylamay amalga oshirishlari, begunoh insonlar halok bo‘lishi, katta iqtisodiy talafotlarga olib kelishi, oila va jamiyat uchun xavfli holatni yuzaga keltiradi. Giyohvand moddaga ochlik holatida uni juda qimmat bahoga ham sotib olishga rozi bo‘ladilar. Jahonda Afg‘oniston, Pokiston, Kolumbiya, Urugvay Davlatlari giyohvand moddalar yetishtirish va tarqatishning manbai hisoblanadi. Iste’mol qilishda AQSh va ayrim Yevropa davlatlari yetakchi bo‘lib, Rossiya, Belarussiya, Ukrainada ham ahvol tashvishlanarlidir.
Afg‘oniston narkobiznes va terrorizmning o‘chogiga aylanib bormoqda, u faqat Markaziy Osiyoda emas, butun dunyo osoyishtaligiga tahdid solmoqda. 2004 yilda Afgoniston 131 000 gektar yerda ko‘knori yetishtirib, uning shirasidan 4200 tonna geroin ishlab chiqargan. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga oshib bormoqda. Narkotik bilan savdo qiluvchilar Afgonistonda yetishtirilgan giyohvand moddalarni kontrabanda yo‘li bilan qo‘shni davlatlar, shu jumladan O‘zbekiston orqali ham Rossiya va Evropaga o‘tishiga harakat qilishadi. Bu moddalarning bir qismi rganis davlatlarda, shu jumladan O‘zbekistonda qolib ketayotgani achinarli rgani. Bu esa o‘z-o‘zidan giyohvand moddalar savdosiga kirib ketishiga va giyohvandlar ortib ketishiga olib keladi. Giyohvand moddalar savdosi Xalqaro terrorchilik tashkilotlarining moliyaviy manbalaridan hisoblanadi. Dunyo miqyosida yiliga narkobiznes uchun o‘rtacha 400 milliard dollar sarf bo‘ladi.Giyohvandlar ruhan sog‘lom bo‘lmay qoladilar. Avval do‘stlarini keyin oilasini yo‘qotadi, biror kasbni egallay olmaydi, ilgari qilgan kasbini rgan chiqaradi, ishsiz qoladi, o‘ziga va yaqinlariga baxtsizliklar keltiradi. Narkotiklarni qabul qilish natijasida inson qalbida yuz bergan kechinmalar uni bir umr tark etmaydi, bu huddi majruhlikka o‘xshaydi. Agar oyoq kesib tashlansa, u yana o‘sib chiqmaydi, giyohvandlik ham qalb tozaligini barbod qilgan bo‘lsa, u tiklanmaydi.
Narkotiklarning ta’siri inson ruhiga ta’sir etish bilan birga, ularning inson a’zoi –badanida muhrlanib qolishidir. Agar undan bosh tortgan odam yana “bittagina kayf qilish”ga jazm qilsa, hammasi qaytadan boshlanishi mumkin.

Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish