3. XVII asrda rangtasvirda borokko uslubida rivojlanishi
Italiya san’atida XVII asrda rangtasvir ham borokko uslubida rivojlanib, u XVI asr ohiri XVII asrda mavjud bо‘lgan manyerizmga qarshi kurashda yuzaga keldi va Bolonye akademizmi hamda karavajizm yо‘nalishida namoyon bо‘ldi. Ikkisida ham borokkoga xos xususiyatlar dramatiklikka qiziqish, emotsional, his-hayajon tili bilan gapirish, dinamik kompozitsiya, nur-soya qarama-qarshiligidan keng foydalanish mavjud. Lekin mazkur yо‘nalishlar о‘ziga xos uslubi bilan bir-biridan ajralib turadi. Masalan, Bolonye akademizmi naturani о‘rganish hamda uni antik va Renessans bilan solishtirish va ular yaratgan kanonlarga о‘xshashiga asoslanadi. Karavajistlar ijodida esa realistik jihat kuchli bо‘lib, ular naturani о‘rganadilar. Ular naturaning tub mohiyatini aniq kо‘rsatishga intiladilar. Mifologik va diniy mavzularni oddiy xalq hayoti voqeligida, undagi obrazlarni esa oddiy kundalik turmushida uchraydigan kishilar obraziga о‘xshatishga harakat qiladilar. Nur, soya imkoniyatlaridan unumli foydalanib, asarning emotsional jihatini oshiradilar. Italiya san’atida borokko uslubi, ayniqsa, mahobatli dekorativ rangtasvirda sezilarli bо‘ldi. Saroy va cherkov binolari devorlari serharakat, kо‘p figurali, murakkab rakursli yorqin bо‘yoqlarda ishlangan mifologik va diniy mavzudagi rasmlar bilan bezatildi. Ayniqsa, shiplarga ishlangan rasmlar о‘zining nihoyatda dinamik va hayajonli kompozitsiyalari bilan kishini hayratlantiradi. Rasmlardagi fazoviy kenglik va cheksizlik, undagi aks etgan voqealar asarga dinamik harakat baxsh etadi.
Pyetro da Kartona (1596-1669) о‘z davrining mashhur rassom va me’morlaridan biridir. Uning ijodida Italiyada rangtasivriga xos borokko namoyon bо‘lgan. Uning Rimdagi palatssiosi shipiga ishlangan rasmlari nihoyatda ta’sirchan va serbezakdir. Rassom о‘z asarlarida perspektivaning illyuzion imkoniyatlari va fazoviy kenglik, nur-soyaning kuchidan unumli foydalanadi. Shu jihatdan, u keyinchalik Yevropa mahobatli-dekorativ rangtasviriga sezilarli ta’sir о‘tkazadi.
Shuni aytish kerakki, borokko asarlari tashqi tomonidan qanchalik ta’sirchan, dinamik bо‘lmasin, ularda ta’sirlangan obrazlardagi ichki tug‘yon sust ekanini qayd etmay bо‘lmaydi.
Bolonye akademizmi. Italiyada tashkil etilgan badiiy maktablardan biri Bolonye akademiyasi yо‘nalish tamoyillarini zida namoyon etadi. Bu maktabning asoschilari aka-uka Karrachilar (Lodoviko, Agostino, Annibale) bо‘lib, ular shu yangi yо‘nalish asoslarini ishlab chiqdilar. Ular XVI asr mumtoz san’atini va, ayni chog‘da, naturani о‘rganish zarurligini uqtirdilar. Ularning fikricha, natura (borliq) gо‘zallik qonunlari asosida kо‘rib chiqilishi lozim edi. Ideal va gо‘zallik qonunlarini esa, ular yuqori Uyg‘onish davri san’atida kо‘rdilar. Ular, aniqrog‘i, Lodoviko de-Karrachi 1585 yili Bolonyeda “Akademiya Inkamminata”, ya’ni tо‘g‘ri yо‘lga qadam qо‘yayotgan Akademiya, deb nomlangan о‘quv dargohini tashkil etdi. Lyudoviko tо‘g‘ri о‘qitish va tarbiyalash orqali rasm chizishga qobilyati bо‘lmagan qо‘uvchini ham yaxshi rasm chizadigan mutaxassis qilib tarbiyalash mumkin, deb targ‘ib qildi va о‘zi shunga amal qildi. Bu о‘quv yurti keyinchalik Italiyada va boshqa mamlakatlarda tashkil etilgan badiiy akademiyalarning ham ibtidosi bо‘ldi. Akademiyada amaliy mashg‘ulotlar bilan birga, nazariy fanlar yagona pedagogik tizim asosida olib borilar edi.
О‘quvchilar perspektiva, anatomiya, tarix, mifologiyani о‘rganib, antik davr haykallaridan qalam va rangda nusxa olardilar. Bular sо‘zsiz, rassomlarning ixtisoslik mahoratini о‘sishiga, realistik san’at taraqqiyotiga muhim xissa qо‘shdi. Biroq ular merosga nisbatan idealistik munosabatda bо‘ldilar. О‘tmish madaniyati va san’ati erishgan yutuqlarni yetib bо‘lmas namuna, deb bildilar. Bu esa о‘tmishga taqlid qilish, ulardan nusxa kо‘chirish yetakchi bо‘lib qolishiga, realistik san’atning esa ikkinchi darajali bо‘lib qolishiga sabab bо‘ldi.
Aka-uka Karrachilar mahobatli-dekorativ va dastgoh rangtasvirda samarali mehnat qildilar. Saroy va cherkovlarga diniy va mifologik mavzuda kompozitsiyalar ishladilar. Karrachilar orasida, ayniqsa, Annibale Karrachi (1560-1604) о‘z iste’dodi bilan ajralib turgan. U novator san’atkor sifatida san’at tarixida iz qoldirgan. Uning ijodi Yevropa san’ati tarixida о‘ziga xos о‘rin tutadi. Annibale Karrachining manzara janridagi ijodi ham salmoqli. Mumtoz manzara san’ati uning nomi bilan chambarchas bog‘liq. U bu san’atning asoschilaridan biri sanaladi. Aka-uka Karrachilar ijodi, ularning izlanishlari yosh ijodkorlarni о‘ziga ergashtirdi. Ular oraisda Gvido (1575-1642) ijodi alohida ajralib turadi. Karrachi asarlaridagi mumtoz manzaralarga xos hayotiylik va bevositalilik uning ijodidi tashqi ta’sir va obrazlarning shartliligi bilan uyg‘unlashadi. Shuni aytish kerakki, Italiyada XVII asrda rasmiy uslub qanchalik yetakchilik qilmasin, kо‘pgina rassomlar hayotiy, realistik asarlar yaratishga harakat qildilar. Ularning bu intilishlari keyinchalik Yevropa realistik san’ati, jumladan, rangtasvirning rivojlanishida muhim rol о‘ynadi. Bunda, shubhasiz, Mikelanjelo Merizi da Karavajo (1573-1610) ijodi alohida о‘rin tutadi. “Karavajizm” deb nomlangan badiiy yо‘nalishga asos solgan bu san’atkor qisqa umr kо‘rganiga qaramay, yangi davr, realistik san’ati yetakchi tamoyillarini rivojlantirib, Yevropa realistik san’at taraqqiyotiga kuchli ta’sir о‘tkazadi.
Italiya va boshqa mamlakatlarning kо‘pgina san’atkorlari ham uning izidan ergashdilar va “karavajistlar” degan nom oldilar. Barcha davrlar rassomlari ijodiga Karavajo asarlari samarali ta’sir kо‘rsatdi. Karavajizm Yevropa realistik san’ati taraqqiyotida muhim bosqich bо‘ldi. Lombardiyaning kichik karavajo shaharchasida me’mor oilasida dunyoga kelgan bu san’atkor, tasviriy san’at asoslarini dastlab Milanda о‘rgandi. U Shimoliy Italiya rassomlari ijodidan ta’sirlandi. Taxminan 1590 yillarda Rimga kо‘chib keldi. Bu yerda rassomlarga yordamchi bо‘lib, ishlab kun kо‘rdi. Sо‘ng о‘z asarlarini sotishga ham muvaffaq bо‘lib, yirik asarlar ishlay boshladi.
U о‘z ijodida xalq hayotiga murojaat qildi, yoshlar, masharaboz va lо‘lilar hayotidan kompozitsiyalar yaratdi. Yevropa san’atida birinchi bо‘lib natyurmort (“Mevali savat”, 1596) janrida mustaqil asar yaratdi. Karavajoning dastlabki yirik asarlaridan biri “Lyutna chaluvchi” (1595) bо‘lib, u rassom ijodining о‘ziga xos jihatlarini, uning rangtasvir san’atidagi islohotlarini namoyon etadi. Bu islohotning mohiyati, avvalo, rassomning real borliqni haqiqiy san’at manbai deb bilish bilan bog‘liqdir. Lekin musavvir borliqni aynan kо‘chirmaydi, balki eng muhim harakterli tomonlarini bо‘rttirish, kuchaytirish hisobiga xodisalarni ta’sirli san’at shakli darajasiga kо‘taradi. Musavvirning har bir buyum xususiyati va fakturasini ishonarli tasvirlashi esa asarning ta’sirchanligini oshirib, uning mazmunini chuqurlashtiradi. Obrazdagi ruhiy xolat, chiziqlar plastikasining gо‘zalligi, nur-soya о‘yinining birmuncha keskinligi asarni oddiy hayotdan kо‘chirma emasligini bildirib turadi. Rassom о‘z asarlarida nur-soya qarama-qarshiligiga ham e’tibor beradi. Asosiy obrazlarni yorug‘lantirish hisobiga birinchi planga chiqarish, orqka planning kо‘pincha tо‘q-qoramtir gammada hal etilishi kompozitsiyaga о‘ziga xos fazoviy kenglik beradi.
Xulosa
Dunyodagi ob`ektlar, voqea va hodisalarning turli tumanligi va rassomlardagi ularga bo`lgan qiziqishning kuchayib ketishi XVII asrga kelib rangtasvirda turli tuman janrlarning paydo bo`lishiga olib keldi. Bo`lar portret, manzara, natyurmort, animalistik, afsonaviy, tarixiy, batal va maishiy janrlar edi. Rangtasvir asarida janrlar yoki ularning elementlari aralashib kelishi mumkin. Masalan, natyurmort va manzara portretni muvaffaqiyatli to`ldirishi mumkin.
Rangtasvir dastgoxli va monumental rangtasvirga bo`linadi. Rassom kartinasini podramnikki tortilgan xolstda ishlaydi. Bu xolst dastgoxga urnatilgan bo`ladi. Shu sabali ham bu dastgoxli rangtasvir deb ataladi. "Monumental" so`zi juda katta degan mazmunni beradi. Monumental rangtasvir esa binolarning ichki yoki tashqarigi devoriga chizilgan katta kartina (freska, panno va boshqalar) hisoblanadi. Monumental rangtasvir asarini uning asosida (devorlar, tayanch, ship va x.zo) ajratish mumkin emas. Monumental kartinalar uchun mavzular katta ahamiyat berib tanlanadi. Buning uchun tarixiy voqealar, qahramonona jasoratlar, halq ertaklari va xoqazolar tanlanadi. Monumental rangtasvir bilan panno, mozaika va vitrajlar ham bevosita bog`lanib keladi. Bu san`at turlari dekorativ rangtasvir va dekorativ san`at hisoblanadi.
Bu yerda monumental rangtasvir va arxitekturaning stil va obrazli birligi muhim ahamiyatga ega. Rangtasvirning miniatyura, ikonaga rasm solish, dekorativ naqsh, teatr - dekoratsiyasi kabi turlari ham mavjud. Rangtasvirning harbir turlari o`zining bajarish texnikasi va badiiy - obrazli vazifalarni hal qilishi spetsifikatsiyasiga qarab ajratiladi. Rangtasvir tarixida ikonaga rasm solish san`ati katta rol uynagan. Bu san`at IV asrda Vizantiyada tugilib, bo`tun pravoslav dunyosiga tarkaladi. Ikonalar dunyoga xizmat qilib, unda faqat mukaddas diniy bitiklardagi obrazlar tasvirlangan. Maqbaralarda ikonalar me`morchilik, dekorativ - amaliy san`at bilan bir yaxlitkompozitsiyani tashkil etadi. Ikonadagi rasmlar diniy marosimlarda miltillab yonib turuvchi lampa va shamlar, shuningdek diniy aytimlar ta`sirida juda katta emotsional - obrazli ta`sir ko`rsatadi. Ikonalar iloxiy go`zallikni bera oluvchi rangtasvir asari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |