O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi urganch Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo’nalishi



Download 1,61 Mb.
bet3/5
Sana14.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#795213
1   2   3   4   5
Bog'liq
zigirgullilar qabilasi 111

K anakunjut (Ricinus communis). Bizda bir yillik o't. Bo'yi 2—3 m. Barglari navbat bilan o'rnashgan, bandli, panjasimon qirqilgan. Poya va shoxlari qizg'ish yoki qo'ng'ir. Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Changchisi ko'p, urug'chisi 3 ustunchali. Mcvasi 3 urug'li ko'sakcha. Urug'i kanaga biroz o'xshash bo'lganidan kanakunjut deb nom olgan. lyun-sentabr oylarida gullab urug'laydi. Madaniy, dorivor, moy beruvchi va ziynatli o'simlik.
Kanakunjut (Ricinus) - sutlamadoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’simlik, asosan, moy olish uchun ekiladigan ekin. K.ning 3 turi uchraydi: mayda urug’li K. — Ricinus microcarpus G. Pop.; yirik urug’li K. — Ricinus macrocarpus G. Pop.; Zanzibar kanakunjuti [Ricinus zanzibarinus G. Pop (R. communis)]. Misrda mil. av. 2-ming yillikdan boshlab ekilgan. Vatani — Shim.-Sharqiy Afrika. Jahondagi ko’pgina mamlakatlar dehqonchiligida ikki, uch yillik yoki bir yillik ekin tarzida o’stiriladi. O’zbekistonning sug’oriladigan mintaqalarida bir yillik ekin. K. ekilgan maydonlar jahon bo’yicha 1280 ming ga, o’rtacha hosildorlik 10,49 s/ga ni tashkil qiladi (1999). O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida hosildorligi 20—25 s/ga.
K.ning o’q ildizi tuproqqa 2—4 m gacha kirib boradi. Poyasi o’tsimon, ichi kovak, tik o’sadi. Balandligi o’z vatanida (tropik mintaqalarda) 6—10 m gacha, O’zbekistonda 2—3 m. Poyasi shoxlanadi. Rangli barglari yirik, qalqonsimon, uzun bandli (25—60 sm), bo’laklarga bo’lingan. Guli mayda, yashil, gulto’plami shingil, shakli ponasimon, 5 ta gultojibargdan iborat. Gul to’plami uchki qismida urg’ochi gullari, pastki qismida erkak gullari joylashadi. To’pguli uz. 10—30 sm, baʼzan 70 sm ga boradi. Mevasi — uch uyali ko’sakcha. Ayrim poyalarda ko’sakchalar yetilganda chatnaydi. Urug’i — tuxumsimon, yirik, 1000 ta urug’i vazni 150— 500 g , tarkibida 40—57% moy mavjud. K. issiqsevar, yorug’sevar, namsevar o’simlik, unumdor yerlarda yaxshi o’sadi. O’sish davri 120—150 kun. Moyi qurimaydigan (yod soni 82—86) guruhiga kiradi. (—10° dan —18° da qotadi), tabobatda (K. moyi-kastorka), parfyumeriyada, lok-bo’yoq sanoatida, sovun tayyorlashda,teri va to’qimachilik sanoatlarida ishlatiladi. Kunjarasi zaharli (ritsinin alkaloidi bor), o’g’it hamda yelim i.ch.da ishlatiladi. K. kuzgi don, dukkakli don, makkajo’xori ekinlaridan bo’shagan yerlarga ekiladi.

XULOSA
Ushbu kurs ishimni bajarish davomida Zig’irnomalar qabilasiga kiruvchi o’simliklarni muhofaza qilish va turlar sonini o’rganish hozirgi kunda dolzarb ekanligini unga sabab esa yashash muhitining yamonlashuvi,ekologiyaning buzilishi va inson antrapologiyasi eknligi yoritilgan. Tanlagan kurs ishim bo’lgan Zig’irnomalar qabilasiga kiruvchi turlar haqida ma’lumotlar to’plandi tabiiy sharoitda o’rganildi. Kurs ishimning vazifasi qilib Zig’irnomalar qabilasiga turlar va biologiyasi o’rganildi, Zig’irnomalar qabilasi turlarini muhofaza qilish chora tadbirlari o’rganildi turli xil muhofaza qilish borasida takliflar berildi va Zig’irnomalar qabilasi turlar bugungi kundagi axamiyati keng yoritib berildi. Adabiyotlar sharxi orqali hozirgi davrgacha yetib kelgan ko’pgina olimlar tomonidan magnoliyanomalar qabilasiga tegishli fikirlar hamda qilingan ilmiy ishlar haqida ma’lumotlar to’plandi va kurs ishida yoritildi..
Xulosa qilib atganda, Qabila daraxt, buta yoki o't o'simliklardan iborat. Barglari navbat bilan yoki qarama-qarshi joylashgan, oddiy va ko'pincha butun, mayda yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari (aniq) ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf yoki dcyarli aktinomorf. Kosachabarglari sal tutashgan. Chanchisi ko'pincha 1 yoki 2 doirada, ba'zan 3 yoki 4 doirada joylashgan. Tugunchasi ustki. Mcvalari asosan ko'sakcha. Zig'irnamolar qabilasiga 6 ta oila kiradi.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish