2-LABARATORIYA ISHI.
Iqtisodiyot tarmoqlarida chang moddalarini aniqlash. (oslansevaniya)
Ishning maqsadi: Changsimon qattiq yonilg‘ini tayyorlash va yondirish uskunalarining portlash xavfsizligi muammolari xaqidagi asosiy ma’lumotlar bayon qilingan. Stentda tadqiq qilish va nazariy umumlashtirish natijalari shuningdek zamonaviy qurilmalardagi portlash sabablarining tahlili, changning portlashga qarshi kurashish yuzasidan amaliy choralarni asosiy belgilash va shuningdek labaratoriya sharoitlarida changlarni portlashga nazorat qilish va ishlash imkoniyatini beradi.
Umumiy ma’lumotlar
Sanoat obektlari quvvatlarining o‘rganish yonilg‘ida ishlaydigan energetika sifatida o‘sishi, uskunalarning ishonchliligi, xavfsizligi va ekspluatsiya qilish, tejamliligiga yanada qat’iy talablar qoyilmoqda.
Texnika sohasida katta yutuqlarga erishilgan bo‘lishiga qaramay, konlardagi portlashlar soni kattaligicha qolmoqda, bazi hollarda esa bu portlashlar og‘ir avariyalar, baxtsiz xodisalar va uskunalarning buzilishiga olib kelmoqda.
Portlashlar shaxtalarda,ko‘mir qazib chiqarishda, yoqilg‘ini tashish va ulardan energetikada foydalanishda yuz beradi.
Portlashlarning kelib chiqishining asosiy omillari (yonilg‘ining xususyatlari, changning dispersligi namligi gazli muhitning tarkibi va parametrlari, alangalanish manbasining quvvati va boshqalar)ningta’sirini o‘rganish yuzasidan labaratoriya ishida tabiiy yong‘inlar, changning portlash sharoitlarini tahlil qilish yonilg‘i uzatish uskunalari ishidagi eng xavfli momentlarni aniqlash imkonini beradi.
Yonilg‘i changning alangalanishi va yonishi xam chang qatlamida, xam chang havo oqimida yuz beradi. Odatda chang qatlamlari keskin yonadi va u ko‘pincha tutash deb ataladi. Ammo qandaydir kritik chegaradan o‘tgandan keyin chang qatlamlarining yonishi, tez yonishga o‘tishi mumkin. U asosan zarralar yuzasiga kislarodning diffuziyali yutilishi bilan aniqlanadi.Shuni takidlash muhimki bu jarayon zarralarning yuzasida geterogen tarzda kechadi.
Chang xavo oqimining alangalanib yonganda jarayonning kechishi toyingan gaz xajmi bilan, yoqilg‘i massasining uchuvchan qismi bilan yonuvchi gaz aralashmasidagi gamogen reaksiyaning borishi bilan aniqlanadi.
Oqimda alangalanishda gazlashtirilgan uchuvchan moddalar ishtirok etadi, ular yuqori xaroratlarda ajralib chiqadi. Bunda chang zarrachalarining yuzasiga yuzasi jarayonning tezlik bilan kechishi imkoniga sabab bo‘ladi. Shuning uchun oqimda chang portlashi yuz beradi. Ammo qatlamlardagi changning o‘z o‘zidan alangalanishi past. Boshlang‘ich haroratlarda (100%) oqimdagi alngalanish faqat yuqori haroratli manbaa tushganda yuz berishi mumkin .
Shunday qilib, yonilg‘i changining portlashi asosan, yonuvchi zarralarning borligi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |