O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet36/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

ICHKILIKBOZLIK VA TRAVMATIZM
Alkogolli ichimliklardan iste’mol qilish natijasida turli xil shikastlanishlar – travmatizm xodisalari haëtda doimo uchrab turadigan holatlardan hisoblanadi. Ozgina spirtli ichimlik ichgan odamda ham ëmon oqibatlar yuz berishi turgan gap. Masalan, avtomashina va boshqa transportni haydashda aqliy o’zgarishlar, reflekslarning buzilishi, miya faoliyatining analiz-sintez qobiliyatining buzilishi natijasida ëmon oqibatlarga olib keladi. Ishlab chiqarishda tsexlardagi mexanizmli mashinalarni boshqarishda, hatto sekundning o’ndan bir vaqti ichida oëq qo’llarni kesib ketilishi kabilar sodir bo’ladi.
Surunkali ichish holatlarida esa turli xil noxushliklar yiqilishlik ëki boshqa hodisalarda oëq–qo’l, bosh suyagi kabilarning sinishi, «oq alahlash» («belaya goryachkada») kabi holatlarda o’zi bilmagan holda tomdan tashlashi, turli xil suyaklarning sinishi, ichki bosh va boshqa organlarning qattiq shikastlanishi o’lim sodir bo’lishi, o’zini-o’zi osib qo’yishi va boshqa og’ir oqibatlarga olib keladi.
Ishlab chiqarishda mahsulot sifatlarining ëmonlashishi «kasallik varaqasi»ning ko’payishi, iqtisodiy ham korxonaga, ham o’ziga iqtisodiy tangliklarni keltirib chiqaradi. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra ishlab chiqarishlarda spirtli ichimlik iste’mol qilmaydiganlarga qaraganda, ichuvchilarda vaqtincha ish qobiliyatini yo’qotish 2,5-5 marta ortiq ekan. Spirtli ichimliklar, ayniqsa ësh maktab ëshidagi bolalarda turli xil nohushliklar keltirib chiqaradi. Travmatologik kasalxonalardagi hamda DAN ma’lumotlari yuqorida keltirilgan ayanchli voqealarni to’la-to’kis tasdiqlaydi.
IChKIILKBOZLIK VA IMMUN TIZIM
Ma’lumki, odam organizmida immun tizimning ahamiyati nihoyatda katta. Chunki u butun haët davrida organizmni doimo «ichki» va «tashqi» dushmanlardan «asraguvchi posbon» hisoblanadi. Ya’ni organizmga kirgan ët unsurlardan (mikroblar, bakteriyalar, viruslar va boshqa ët narsalardan) saqlab turadi. Immun tizim o’z faoliyatini qon orqali bajaradi. Immun tizimning a’zolari quyidagilardan iborat: ayrisimon bez, suyak ko’migi, qondagi oq qon tanachalari (leykotsitlar va boshqalar), limfa bezlari (limfa tizimi), qorataloq, bosh miyadagi, oshqozon ichaklardagi, og’iz bo’shlig’idagi jigar va boshqa joylarda joylashgan immun tizimga tegishli hujayralar, makrofaglar immun tizimni tashkil etadi.
Immun tizimga tegishli hujayra va to’qimalarda organizmga kirgan ët unsurlarga (antigenlarga) qarshi moddalar (interferonlar, supressorlar, xelperlar va boshqalar - antitelolar) ishlab chiqarilib, ularni yo’q qiladilar, hamda kelgusi uchun immunitet paydo bo’ladi.(tablitsa)

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish