O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari


Valeologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 3,62 Mb.
bet5/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

2.1. Valeologiya fanining boshqa fanlar bilan aloqasi
Shuni alohida qayd etib o‘tish joizki, valeologiya fani mutlaqo yangi mazmun va yo‘nalishlarga ega bo‘lgan fandir. Uni gigiena va yoki mo‘‘tadil fiziologiya kabi fanlar bilan aralashtirib yuborish yaramaydi. Ayni paytda, valeologiya integral fan sifatida qator tibbiy fanlar: anatomiya, fiziologiya, gigiena, bioximiya, immunologiya shuningdek falsafa, pedagogika, sotsiologiya, psixologiya, jismoniy tarbiya nazariyasi kabi boshqa fanlar bilan hamkorlikda va ularning yutuqlariga tayanib ish olib boradi.
Valeologiya salomatlik va kasallik kabi tushunchalari patologiyaga qarama-qarshio‘laroq, umr bo‘yi davom etadigan inson salomatligining turli bosqichlari deb qaraydi. Chunki inson salomatligi doimo bir xil maromda kechmasdan o‘zgaruvchan holda, dinamik o‘zgarishlarga moyil holda kechadi. Bunday holatlarning davomiyligi organizmning tashqi muhit sharoitlariga moslashuvi, kishi tanasining ichki moslashuv zahiralari va imkoniyatlari bilan belgilanadi. Valeolog olim G.L.Apanasenko: ‖İnson salomatligi-kasallik va uning bosqichlariga qaraganda kengroq va umumiyroqdir, kasallik inson salomatligining xususiy ko’rinishi bo’lib, salomatligining pasayganligini, unda nuqson paydo bo’lganligini ko’rsatadi.‖-deb yozadi. Salomatlik tushunchasini to‘liq va har taraflama asosli tavsiflab beraoladigan yagona ta‘rifning yo‘qligi keyingi paytlarda inson salomatligining ―uchunchi holati‖-degan tushuncha paydo bo‘lishiga olib keldi. Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ta‘rifaga ko‘ra: ―Salomatlik-kasallik, darmonsizlikning yo’qligi emas, balki bu jismoniy, aqliy (ruhiy) va ijtimoiy xotirjamlikdir‖.
Valeolog olim V.V.Kolbanovning fikriga ko‘ra: “Salomatlik” – bu inson hayot faoliyatining tabiiy ravishda va uzluksiz davom etadigan, o’zining salomatlik va ruhiy holatini takomillashtirishga, gomeostazini bir maromda saqlab turishga qaratilgan, o’zini-o’zi mukammal boshqarish va muxofaza qilaolish imkoniyatlarini tavsiflovchi, ayni paytdan tana a’zolari va tizimlarining o’zaro mo’’tadil va uyg’unlashgan holda ishlab doimo o’zgarib turuvchi tashqi muhit
sharoitlariga moslashish uchun, o’zining zahiraviy imkoniyatlarini va kompensator
mexanizmlarini ishga solgan holda, fenotip ehtiyojlariga va imkoniyatlariga mos
biologik hamda ijtimoiy vazifalarini bajaraolish holatidir‖. Sanab o‘tilgan belgilardan birortasining bo‘lmasligi salomatlikning to‘liq yoki qisman yo‘qotilganligini bildiradi. Taniqli patafiziolog olim S.M. Pavlenko tomonidan
o‘rganilgan sanogenez haqidagi ta‘limot organizmning reaktivligi, ichki muhit
(gomeostaz) doimiyligini saqlash,shuningdek organizmning favkulodda ta‘sir etuvchi omillar natijasida izdan chiqqan funktsiyalarni tiklash mexanizmlari haqidagi fan bo‘lib hisoblangan sanologiya ilimi (sanogenez tushunchasi patogenez tushunchasining aksi) rivojlanib, klinik tibbiyotda o‘zining munosib o‘rnini egallamoqda. Va nihoyat İ.İ.Brexman tomonidan nomlangan salomatshunoslikning yangi valeologiya yo’nalishi har bir insonning salomatligini shakllantirish yo‘llari va usullarini izlab topish yoki sog‘lom turmush tarzi haqidagi fan sifatida shakllonmoqda. Sog‘lom turmush tarzi-valeologiya fanining yuragi bo‘lib, insonning sog‘lom bo‘lib yashashi va uzoq umr ko‘rishi uning yashash tarziga bog‘likdir dep ta‘kidlaydi. Agar valeologiyaning maqsadi-inson salomatligini, ‖birlamchi qurish‖ texnologiyasini ishlab chiqish, sog‘liqni shakllantirish, organizmning zahiraviy imkoniyatlarini kengaytirish kabilar bo‘lsa, sanologiyaning maqsadi-organizmga zararli ta‘sir ko‘rsatuvchi omillarga qarshilik ko‘rsatish mexanizmlarini tadqiqot qilish, salomatlikni saqlashning, shuningdek turli kasalliklarning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi strategiyasini ishlab chiqishdir. Reabilitologiyaning maqsadi esa-salomatlikning sifati va miqdorini tiklash vositalarini izlash funktsiyalarining o‘rnini bosish, tarkibini qayta tiklash,
ularning yo‘qotilishiga ko‘nikish hosil qilishdir.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish