Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi



Download 1,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana09.03.2022
Hajmi1,68 Mb.
#487083
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
2. Mamatqulova M. BMI 2021

 E
T
=

c
 2
+m
0
2
c
4
 =

c
 2
 +E
0

va E
0
= m
0
c
2
 (3)
formulalar orqali aniqlanadi. Haqiqatdan bu formulaga binoan energiya 
muvozanati (toʻqnashuvdan oldingi va keyingi toʻla energiyaning tengligi) 
toʻqnashuvchi zarralarning kinetik energiyasi va tinch holatdagi massasiga toʻgʻri 
keladigan energiyasidan iborat boʻlib, zarralar toʻqnashuvida bu ikki xil energiya 
bir –biriga oʻtishi mumkin. 
Kuchli va kuchsiz oʻzaro ta’sirlar haqida: 
-
Kuchli shovqin nuklon ichidagi kvarklarni birlashtiradi va nuklonlarni 
yadrolar ichida bogʻlaydi; barcha kuchli oʻzaro ta’sirlar gluonlarni oʻz ichiga oladi. 
-
Kvarklar va glyonlarning har biri rangli zaryadga ega; bariyonlar, 
antaryanlar va mezonlar barchasi rangsiz neytraldir. 
-
Kuchli shovqinlarda: energiya, elektr zaryadlari, rang zaryadlari va 
antarkarkalar sonidan tashqari kvarklar soni barchasi saqlanib qoladi. 
-
Zaif oʻzaro ta’sir leptonlar va kvarklarning ta’mini oʻzgartirishga imkon 
beradi; barcha zaif shovqinlar, masalan, beta-parchalanish W yoki Z bosonlarini 
oʻz ichiga oladi. 
-
Kuchsiz shovqinlarda energiya, elektr zaryadida kvarklar soni antikarklar 
sonidan minus, leptonlar soni esa antileptonlar sonidan kam bоʻladi

1.3. Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida “Atom fizikasi” boʻlimini 
oʻqitilish mazmuni
“Atom fizikasi” mavzusida atom energetik sathlarining diskretligi, 
yorugʻlikni atomlarda nurlanishi va yutilishi, spektrlar va spektral tahlil, lazerlarni 
tamoyili kabi juda muhim masalalar oʻrganiladi. Atom energetik sathlarining 
diskretligi, qolgan barcha material uchun asos boʻlib xizmat qiladi. Atomning 
Rezefrord-Bor modeli, Rezerfordning atomning yadro modali bilan Borning Kvant 


23 
postulatlarining qoʻshilmasidan iborat. Klassik fizika nuqtai nazariga koʻra bunday 
qoʻshish gʻayri tabiiy. Klassik mexanika va elektrodinamika qonunlariga koʻra, 
atom yadrosining kulon maydonida turgan elektron, energiya olib va yoʻqotib, 
ixtiyoriy trayektoriya (orbita) boʻyicha harakat qilishi mumkin. Klassik mexanika 
tezlikni (demak, kinetik energiyani) va koordinatani (ya’ni potentsial energiyani) 
hech qanday sakrab oʻzgarishiga yoʻl qoʻymaydi. Elektron orbitalarga asoslangan 
Bor poustulatlariga koʻra, atom yadrosi maydoniga elektron faqat tanlangan 
orbitalar boʻyicha harakat qilishi va bir orbitadan ikkinchisiga sakrab oʻtishi 
natijada energiyasini ham sakrab oʻzgartirishi mumkin. Bu-birinchi ziddiyatdir. 
Oʻquvchilarga klassik modeldan kvant modelga oʻtish tarixiy zaruriyat ekanligi va 
ularning oʻzaro bogʻliqligini yaxshilab tushuntirish lozim. Ammo Rezerford 
tajribasining mohiyatini ochish, shu kabi klassik fizikani atomning kvant modeli 
bilan bogʻlanishi, juda koʻp ma’lumotni bayon qilishni talab qiladi. Shuning uchun 
ham, fizika oʻqitishning birinchi bosqichida (eski VII sinfda) Rezerford tajribasi 
batafil bayon qilinmas edi. Bundayma’lumotlarni barchasini oʻquvchilar esda 
saqlab qolishi shart emas, chunki ular illyustrativ xarakterga ega. Shu sababli, 
ularni kirish ma’ruzasida bayon qilish maqsadga muvofiqdir. Atom fizikasiga 
taalluqli, oʻquvchilarning diqqatini toʻplash talab qilinadigan materialning muhim 
tomonlari quyidagilar:

Rezerfordning yadro modeli alfa zarralarini moddalarda sochilishini yaxshi 
tushuntirib beradi, lekin atomning turgʻunligini tushuntirmaydi; 

fiziklarga XX asrlarning boshlariga ma’lum boʻlgan chiziqli spektrlarni 
N.Bor atomning Rezerford modeli va M. Plankning kvant gipotezasi asosida 
quyidagi postulatlar orqali tushuntirishga muvaffaq boʻldi 

Oʻquvchilar shu narsani yaxshi oʻzlashtirib olishlari kerakki, har bir 
mikrosistema (atom, molekula, ion) oʻziga xos ichki energiyaning qiymatiga ega. 
Shuning uchun, har bir mikrosistemani chiqarish va yutilish spektrlari, oʻziga xos 
boʻlib, faqat shu mikrosistemaga taalluqlidir.

Spektrlarning oʻziga xosligi (indivi-dualligi) spektrlar tahlil yordamida 
aralashmalarining kimyoviy tarkibini aniqlash asosida yotadi.


24 
Oʻquvchilarning diqqatini yana shu narsaga jalb qilish kerakki, moddalarni 
qizishiga olib keluvchi yorugʻlikni (umuman nurlanishni) yutilishi bilan bir 
qatorda, uygʻotilgan atomlar (molekulalar) sistemasidan oʻtayotgan elektromagnit 
toʻlqinlarning 
intensivligi, 
yorugʻlikning 
majburiy 
nurlanishini 
hisobiga 
(Eynshteyn gʻoyasi) kuchayishi mumkin. Bu hodisa yorugʻlikning kvant 
generatorlarining (lazerlarning) asosini tashkil qiladi. Oʻquvchilarga, shu 
mavzugacha fizika kursida oʻrgan-gan (nisbiylik nazariyasi va yorugʻlik 
kvantlaridan tashqari) barcha masalalar, XIX asrning oxirida yaratilgani ma’lum 
edi. Koʻpchilik fizik olimlar oʻsha vaqtda, ma’lum boʻlgan nazariyalar 
sistemasidan iborat fizika fanini rivojlanib boʻldi degan xulosaga kelishgan edi. Bir 
nechta “xususiy” masalalarni, jumladan, atom tuzilishi va uni yorugʻlik bilan 
oʻzaro ta’sir masalalarinigina hal qilish qolgandi. Biroq, aynan shu masalalarni hal 
qilishda zarralar harakati va oʻzaro ta’sirining klassik modeli ojizlik qilib
mikrodunyodagi jarayonlarni tushuntira olmay qoldi. Oʻquvchilarning VII va IX 
sinflarda olgan bilimlariga asoslanib, ularga quyidagini eslatish kerak. Atomga, 
harakatning klassik modelini tadbiq qilishda, uni qayta koʻrib chiqish toʻgʻrisi-dagi 
birinchi “xabar”ni M. Plank bergan: 1900 yili Plank, atomlar yorugʻlik 
energiyasini yorugʻlik toʻlqinining chastotasiga proporsional boʻlgan, E (hv 
portsiya koʻrinishida chiqaradi va yutadi degan gipotezani oʻrtaga tashladi. Ammo 
Plank gipotezasi yorugʻlikni atomlar bilan oʻzaro ta’sirlashish qonuniyatlarini ham, 
ularning tuzilish qonuniyatlarini ham ochib bera olmadi. U faqat quyidagi natijani, 
ya’ni nima uchundir atomlar yorugʻlikni portsiya shaklida yutishi va chiqarishini 
koʻrsatgan edi. Atomning ichki tuzilishi noma’lumligicha qolardi. Bu 
yoʻnalishdagi birinchi qadamni J.J.Tomson qoʻydi. U 1897 yili elektronni 
mavjudligini isbotladi va uning zaryadi va massasini aniqladi. 
1903-1904-yillarda u quyidagi gʻoyani ilgari surdi: atom musbat 
zaryadlangan sfera shaklida boʻlib, elektronlar uning ichida joylashgan. Biroq 
atomning taklif qilingan bu modeli mushohadaga asoslangan boʻlib, uni toʻgʻri 
yoki notoʻgʻriligini tajribada tasdiqlash lozim edi. Hozirgi zamon atom tuzilish 
nazariyasining shakllanishiga E. Rezerford ulkan hissa qoʻshdi. U 1911 yili 


25 
oʻzining shogirdlari G. Geyger, va E. Marsdenlar bilan birgalikda atomning yadro 
modelini asoslash 


26 

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish