Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 12,22 Mb.
bet5/395
Sana31.12.2021
Hajmi12,22 Mb.
#251964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   395
Bog'liq
MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT (2)

Mikroiqtisodiyotning ahamiyati

Mikroiqtisodiyotning ahamiyati alohida tadbirkorlar, korxonalar, uy xoʻjaliklari, oddiy fuqarolar faoliyatida zarur.

Amalda bizning asosiy maqsadlarimizdan biri xoʻjalikka oid qarorlarga kelinganda qanday qilib mikroiqtisodiyot tamoyillari qoʻllanishini koʻrsatishdan iborat. Mikroiqtisodiyotning amalda qoʻllanishini koʻrsatuvchi jahon amaliyotida yuz bergan misolni keltiramiz.

Korporatsiya darajasida bir qarorga kelish. 1985-yilning oxirida

«Ford» kompaniyasi oldingi gʻildiraklari tortadigan va samarali aerodinamik shaklga ega boʻlgan «Tauras» nomli yangi avtomobil modelini bozorga taqdim etdi. Mashina katta muvaffaqiyatga ega boʻldi va 1987-yilga kelib «Ford» kompaniyasi foydasini deyarli 2 marta koʻpaytirdi. Bu mashinaning dizayni va samarali ishlab chiqarilishi muhandislik tafakkurining eng yangi yutuqlarini qoʻllash bilan bogʻliq edi, u ancha-muncha iqtisodiy masalalarga ham daxldor boʻldi. Firma menejerlari yangi dizayn xaridorlar tomonidan qanday ma’qullanishini tushunib yetishlari kerak edi. Iste’molchilarni mashinaning texnik tavsiflari va tashqi koʻrinishi qoniqtiradimi? Dastlabki talab qancha boʻladi, u vaqt oʻtishi bilan qanday oʻzgaradi va bunga avtomobilning narxiga qanday ta’sir koʻrsatadi? Iste’molchilarning talab-ehtiyojini oʻrganish, yangi mashinaga boʻlgan talabni prognozlash, mashina narxi oʻzgarganda unga talabning oʻzgarishi «Tauras» dasturining muhim qismini tashkil etdi. Soʻng «Ford» model qiymatini belgilashi kerak edi: ishlab chiqarish xarajatlari va ularning yiliga qancha mashina chiqarilishiga qarab oʻzgarishini aniqlash zarur edi. Shuningdek, kasaba uyushmasi bilan ish haqining miqdori toʻgʻrisidagi muzokaralar natijasi,

poʻlat va boshqa xomashyolar narxi ham hisobga olinishi kerak edi. Ishlab chiqarishda tajriba koʻpaygan sari ishlab chiqarish xarajatlarining pasayish miqdori va tezligini ham tahlil etishga toʻgʻri keldi. Bu ma’lumotlar maksimal foydani qanday olish mumkin, buning uchun yiliga qanday miqdorda mashina chiqarishni rejalashtirish kerak, degan savollarga javob topish talab qilinar edi. «Ford» narx shakllantirish strategiyasini ishlab chiqishi kerak edi, bundan tashqari raqobatchilarning bu strategiyaga qanday javob berishini ham chamalab koʻrishiga toʻgʻri kelar edi. Masalan, mashinaning dastlabki

«yengillashtirilgan» modeliga past narx, lekin uning gidravlik boshqarish tizimi bor, havo konditsioneri mavjud individual modelga esa yuqori narx qoʻyish kerakmi? Yoki mashinalarni «standart» qilib ishlab chiqarish va ularning jamiga ancha yuqori narx belgilash yanada qulay boʻladimi? Bunga JM («Jeneral motors) va «Kraysler» kabi raqobatchilar «Ford» qoʻygan narxdan qatʼiy nazar, qanday javob qaytaradilar? JM va «Kraysler» oʻz mashinalari narxini tushirish orqali

«Ford» ham narxni tushirishga majbur etadimi? «Ford»ning ham narxni pasaytirishga harakat qilishi xavfi JM va «Kraysler»ning narxlarni pasaytirishdan tiyib tura oladimi? «Tauras» dasturi yangi ishlab chiqarish uskunalariga katta kapital qoʻyishni talab qilgan, kompaniya esa bu bilan bogʻliq riskka va uning kutilayotgan oqibatlariga baho berishi zarur edi. Riskning bir qismi benzinning boʻlgʻusi narxi aniq boʻlmasligi bilan (benzinning yuqori narxi kam litrajli mashinalarga talabni oshirib yuboradi), riskning boshqa qismi esa firma ishchilariga beriladigan ish haqi miqdorining aniq boʻlmasligi bilan bogʻliq edi. Agar neftning jahon bozoridagi narxi 2-3 marta oshsa yoki hukumat benzinga yangi soliq joriy etsa nima boʻladi? Kasaba uyushmalari ish haqi toʻgʻrisidagi muzokaralarda naqadar kuchlilik qiladi va bu ish haqi miqdoriga qanday ta’sir etadi?

Kapital qoʻyish haqida qarorga kelinganda bu savollarga javoblarning noaniqligini qanday hisobga olish kerak? «Ford» birlashgan firma boʻlib ma’lum tashkiliy muammolarni ham hal etishi kerak edi, chunki uning bir boʻlinmasi mashina ayrim qismlarini ishlab chiqaradi, boshqalari esa yigʻish bilan shugʻullanadi. Turli boʻlinmalar

menejerlariga mukofot puli ajratilishi ham kerak. Avtomobilni yigʻuvchi boʻlinmalar boshqa boʻlinmalardan oladigan dvigatellarga qanday narx qoʻyishi lozim. Hamma detal va qismlarni oʻz zavodlaridan olish kerakmi yoki ulardan ba’zilarini tashqaridan olish ma’qulmi? Nihoyat,

«Ford» oʻz faoliyatida hukumat va qonun chiqaruvchi idoralarning talablarini hisobga olishi kerak. Masalan, avtomobilning yangi modeli tashqi muhitga chiqaradigan gazlar federal me’yor, eng koʻp deganda, yoʻl qoʻyilgan darajadagi konsentratsiya talabiga javob berishi zarur boʻladi, mashinalarni uzluksiz yigʻib borish esa xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish qonunlariga mos kelishi kerak edi. Mazkur qoida va me’yorlar vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishining eng koʻp ehtimoli qanday? Bular kompaniyaning xarajatlari va daromadlariga qanday ta’sir eta oladi?3


    1. Download 12,22 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish