III.Xulosa
Zamonlar osha buxgalteriya hisobining shakllanib borishi hamda uning O’zbekiston Respublikasida keng qo’llanilishi yo’lga qo’yilishi, yurtimizda hisob siyosatining ancha yengillashuviga sabab bo’ldi desak xato bo’lmaydi. Sababi katta tashkilotlardan tortib, kichik uy xo’jaliklarigacha buxgalter (hisobchi) xizmatlariga ehtiyoj sezadilar. Chunki, aynan buxgalterlar korxonaning bugungi kundagi faoliyati haqida to’liq ma’lumotlar to’plab, ertangi kuni qanday bo’lishini baholay olishga zarur bo’ladigan hisobotlarni tuzadilar. Bunday moliyaviy axborotlarni yetkazish uchun ularga buxgalteriya hisobi usullar ko’maklashadi.
Shunday qilib, buxgalteriya hisobining usuli xo’jalik mablag’lari va jarayonlarini boshqarish uchun axborotni shakllantirish usullarining yig’indisidir.
Buxgalteriya hisobining usuli qator usullardan keng foydalanish bilan tavsiflanadi va ularning har biri ma’lum maqsadlarga xizmat qilib, birgalikda yagona tizimni hosil qiladi. Buxgalteriya obyektlari unda yoppasiga va uzluksiz o’z aksini topadi. Buxgalteriya hisobining usuli hisobga olinayotgan obyektlarni o’zaro bog’langan holda aks ettirish imkonini beradi va shu bilan ayrim hodisalar o’rtasidagi sababli bog’liqlikni yuzaga chiqaradi. Хo’jalik hodisalari buxgalteriya hisobida real ma’lumotlar asosida ko’rsatiladi va shu bilan uning obyektivligi ta’minlanadi.
Buxgalteriya hisobining usuli xo’jalik hayotining barcha hodisalari, xo’jalik faoliyati jarayonida sodir bo’layotgan barcha ko’p sonli operatsiyalarni kuzatish imkonini beribgina qolmay, undan tashqari, ilmiy asoslangan boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni iqtisodiy jihatdan umumlashtirish imkoniyatini ham yaratadi. Buxgalteriya hisobi usulidan foydalanishning bosh maqsadi xo’jalik faoliyatini boshqarishni amalga oshirish uchun talab qilinadigan ko’rsatkichlarni hisoblab chiqishdan iborat.
25
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasida bo’layotgan iqtisodiy, moliyaviy o’zgarishlar har bir soha, shu jumladan, buxgalteriya hisobini ham yuritish uchun, qolaversa, foydalanuvchilarga ma’lumotlarni uzliksiz, tez, ishonchli manbalarga asoslangan holda yetkazib berish uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratilib kelinmoqda. Ayniqsa, hozirgi davrda kopmyuterlashgan tizimga asoslangan buxgalteriya hisobini yurgazish, buxgalteriyaga taaluqli me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bo’layotgan o’zgarishlar ham ushbu sohaga ijobiy ta’sir ko’rsatib kelmoqda.
Shunday shart-sharoitlardan to’g’ri foydalana olgan, o’z korxonasida buxgalteriya hisobi usullarining barcha elementlarini, jumladan, hujjatlashtirish, inventerizatsiya, baholash, kalkulatsiya, ikkiyoqlama yozuv, schyotlar rejasi, buxgalteriya balansi va hisobotlarni to’g’ri yo’lga qo’yib, muntazam nazorat qilib, qonuniy ish faoliyati olib boruvchi rahbarlar o’z korxonalarining iqtisodiy- moliyaviy barqarorligini ta’minlay olishi hamda to’g’ri, aniq tuzilgan moliyaviy hisobotlar natijasida xorijiy investorlarni jalb qilib, yanada ko’plab imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega bo’lishi mumkin.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |