O‘zbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Download 311,81 Kb.
bet173/179
Sana31.12.2021
Hajmi311,81 Kb.
#255603
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   179
Bog'liq
14-savol

Biznes g‘oya nomlanishi

Biznes g‘oya tavsifi

1.

“Zipline” attraksioni

Po‘lat arqonda tezkor tushish, tushish vaqti — 25 sekunddan 60 sekundgacha (odatda tepalik va manzarali joylarda tashkil qilinadi).

2.

“Aeroquvur” attraksioni

Quvurda havoni haydash yo‘li bilan odam havoda muallaq turishiga imkon beruvchi, havoda katta tezlik bilan harakatlanish ta’sirini yaratuvchi attraksion tashkillashtirish.

3.

“Zorbing-markaz” attraksioni

Shaffof sharda (zorb) tepalikdan tushish yoki shu shar ichida suv havzasidan suzib o‘tish.

4.

“Jon saqlash” kurslarini tashkil qilish

Cho‘l va tog‘larda yovvoyi tabiatda jon saqlash usullarini o‘rgatuvchi turlar tashkil qilish.

5.

“Makajo‘xori labirinti”

Makkajo‘xori dalalarida yo‘llar tarmog‘i yaratiladi va guruhlar, oilalar va ishchi jamoalar tomonidan o‘tish uchun kvestlar tashkil qilinadi.

6.

“Roupdjamping”
va “bandji-djamping”

Katta balandlikdan sakrovchining oyog‘iga cho‘ziluvchi uzun arqon bog‘lagan holda sakrash.

7.

Ov turizmi

Yovvoyi hayvon va qushlarga ov o‘tkazish maqsadida sayohatlar tashkil qilish. Katta bo‘lmagan hududda, o‘lja olishni kafolatlovchi ixotalagan joylarda ov tashkil qilish.

8.

“Agroturizm markazi” yaratish

Fermyerlar va dehqon xo‘jaliklari tomorqalarida meva va sabzovotlar yetishtirish, terib olish hamda chorvaga yem berish, sayr qildirish va boshqa ishlar davomida turistlar uchun yengil jismoniy mehnatda ishtirok etish imkoniyatini yaratish.

9.

“Baliqchilik” maktabi

Suv havzalari yoki daryolarda turistlarga baliq tutishni o‘rgatish va tur tashkil etish.

10.

“Shum bola” turi

G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asarida tasvirlangan hamda shu nomli filmda ko‘rsatilgan joylar bo‘ylab sayohat.

11.

“O‘z daraxtingni ek va sayyorani qutqar” turi

Turistlar tomonidan Orol dengizining qurigan joylariga sayohat qilish va daraxt ekish.

12.

“Choy marosimi”

Choyni iste’mol qilish, yetishtirish va ishlab chiqish tarixi bilan tanishtirish, uning foydali xususiyatlarini hamda choyni damlash va ichish jarayonini namoyish qilish.

13.

“Karavaning”

Sayohat uchun maxsus jixozlangan furgon ko‘rinishidagi g‘ildirakli uyni ijaraga berish.

14.

Veloturlar

Velosipedlarda yaqin va uzoq masofalarga turlar tashkil qilish.

15.

Suvenir va esdalik sovg‘alarni yaratish

Mamlakatning mashhur minoralari ko‘rinishidagi qalam va ruchkalar, respublikaning tarixiy joylari mozaik rasmlaridan kubik-rubiklar tayyorlash.

Mashhur turizm obyektlari shaklida yoki ularning rasmlaridan foydalangan holda shirinliklar tayyorlash.

16.

“Osh” muzeyi

Osh to‘g‘risidagi, uni turli hududlarda tayyorlash usullari to‘g‘risida qiziqarli faktlar beruvchi ommaviy taqdimot tashkil qilish, mashhur odamlar fikrlari berilgan peshtaxtalar yaratish, shuningdek osh tayyorlash jarayonida ishtirok etish imkoniyatini yaratish.

17.

“Hayolot va boshqotirmalar” muzei

Quyunli tunneldan o‘tish, nurli effektlar, antigravitatsiya xonalari xizmatlarini ko‘rsatuvchi muzey tashkil qilish. Muzey qoshida boshqotirmalar va illyuziyalar bilan bog‘liq turli maxsulotlar sotiluvchi aqlli do‘kon ochish mumkin.

18.

Ijod do‘koni

Qo‘lda tayyorlangan, individual xususiyatga ega, qiyosi yo‘q mualliflik va dizaynerlik buyumlari savdosini tashkil qi�ish.

19.

“Ibn Sino” choyxonasini yaratish

Ibn Sino va boshqa tabiblar kitoblarida keltirilgan retseptlarga asosan yaratilgan ichimliklar tayyorlanuvchi choyxona tashkil qilish.

20.

Metallolomdan haykallar yaratish

Metallolom va boshqa materiallardan haykallar yaratish va ularni onlayn muzeylarga joylashtirish.

Yaratuvchilarni rag‘batlantirish maqsadida har bir haykalni individual raqam bilan ro‘yxatga olish va shu raqam orqali muzeyga tashrif buyuruvchilar internet orqali pul mablag‘lari o‘tkazishlari mumkin.



21.

Teatrdan tashqari tomoshalar

Turistlar uchun sayyor tomoshalar, shu jumladan tarixiy sahnalarni mamlakatning tarixiy va turizm obyektlarida tashkil qilish va o‘tkazish, jamoat joylarida mashhur spektakllardan parchalar ko‘rsatish.

22.

“Avatar” orqali uzoq masofadan sayohat hizmatlari

Yer sharining qaysidir joyida turuvchi boshlovchi (Avatar) uni boshqaradigan tomoshabin (User) uchun eshittirish olib borish imkonini beruvchi dastur yaratish. Bunda tomoshabin internet tarmog‘i orqali ekranning narigi tomonida uning qahramoni bilan bo‘layotgan barcha voqealarni eshitadi va ko‘radi. Dastur jismoniy yoki moliyaviy imkoniyatlari cheklanganligi sabab sayohat qila olmaydiganlar uchun shahar yoki mamlakat bo‘ylab ekskursiyalar olib borish va tajriba almashish imkoniyatini beradi.

23.

Elektron gid

Tarixiy obyektga kirish joyida xorijiy turistlarga ularning ona tilida obyekt tarixi va u to‘g‘risida qiziqarli faktlar to‘g‘risida so‘zlab beruvchi maxsus jixoz taqdim qilish.

24.

Bemyguest (“Mening mehmonim bo‘ling”) onlayn portalini yaratish

Chet ellik turistlarga tunash uchun joy berishga tayyor bo‘lgan qishloq va shahar tashqarisida yashovchi aholi e’lonlari uchun onlayn portal. Ushbu xizmat mustaqil va “backpacker” turistlari uchun oson va arzon joy topish va o‘zbek turmushi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

25.

Carpool onlayn portalini yaratish

Bepul yoki arzon transport izlash uchun onlayn portal. Saytda yoki ilovada xususiy yengil avtomobil xaydovchilari aniq bir vaqtda ma’lum yo‘nalish bo‘ylab yurishlari va mashinada qancha bo‘sh jo� borligi to‘g‘risida ma’lumot qoldiradilar. Mahalliy yoki xorijiy turistlar ushbu xizmatdan bekorga, kichik haq evaziga yoki yonilg‘i uchun xarajatni qoplagan holda foydalanishlari mumkin.

26.

“Kapsul xosteli”ni tashkillashtirish

Faqatgina uxlash yoki noutbukda yotgan holda ishlash imkonini beruvchi 1,5m*2m*1,3m hajmdagi bir nechta yacheykalardan iborat xostel.

27.

Velorikshalarda ekskursiyalar tashkil qilish

Ekskursovodlar standart xizmatlarinivelosipedlarni ijaraga berish nuqtalari bilan birlashtiruvchi velorikshalarda ekskursiyalar uyushtirish.

28.

Havo sharlarida ekskursiyalar tashkil qilish

Tarixiy joylar bo‘ylab yoki ochiq tabiatda havo sharlarida ekskursiyalar uyushtirish.

29.

“Olov tomoshalari” yoki “fayer-shou” o‘tkazish

Olovdan foydalangan holda ko‘chada tomoshalar qo‘yish, shuningdek olovdan ijodiy g‘oyalarni amalga oshirish uchun foydalanish. Olov tomoshalari, odatda, olov teatri deb nomlanuvchi bir necha artistlardan iborat guruh tomonidan ijro etiladi.

30.

Peyntbol

Nishonga tekkanda yorilib rangga bo‘yaydigan bo‘yoqli sharlarni (jelatin qoplamali maishiy bo‘yoq) otuvchi markyerlardan (pnevmatik vosita) foydalangan holda jamoaviy o‘yin tashkil qilish.

31.

Lazertag

Yuqori texnologiyali zararsiz lazer vositalaridan foydalangan holda tashkil etiladigan peyntbol formatidagi jamoaviy o‘yin tashkil qilish.

32.

Roller-drom

Rollerda uchuvchilar uchun turli xil qiyaliklar va har xil balandlikdagi devorlarga ega bo‘lgan maxsus jihozlangan platforma.

33.

Velodrom

velosipedda mashq qilish va musobaqa uyushtirishga mo‘ljallangan inshoot

34.

Karting

Sport va xordiq chiqarishning bir turi, “kart”da (kuzovsiz eng oddiy poyga avtomobillari) poyga tashkil qilish.

35.

Kuzatuv minorasi

Tevarak atrofni yuqoridan tomosha qilish va foto/videosuratlar olish uchun maxsus jihozlangan minora.

36.

Flaybording

Suv oqimining reaktiv kuchi hisobiga harakatga keltiriluvchi maxsus taxtachada (doska) parvozni nazarda tutuvchi ekstremal spor turi

Izoh: Ro‘yxatga, zarur holatda, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash qarori bilan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi 433-son qaroriga


19-ILOVA


Download 311,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish