O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi


-modda. Rad qilish haqidagi arizalar



Download 356,97 Kb.
bet11/171
Sana31.03.2022
Hajmi356,97 Kb.
#520856
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171
Bog'liq
IPK

22-modda. Rad qilish haqidagi arizalar
Ushbu Kodeksning 20 va 21-moddalarida ko‘rsatilgan asoslar mavjud bo‘lsa, sudya, prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibi va tarjimon o‘zini o‘zi rad qilish haqida arz qilishi shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan ham shu asoslarga ko‘ra ularni rad qilish haqida arz qilinishi mumkin. Prokurorni, ekspertni, mutaxassisni, sud majlisi kotibini, tarjimonni rad qilish sudning tashabbusiga ko‘ra ham ko‘rib chiqilishi mumkin.
O‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqidagi ariza asoslantirilgan bo‘lishi va ishni mazmunan ko‘rish boshlanguniga qadar ma’lum qilinishi lozim.
Ishni ko‘rish davomida o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish haqida ariza berishga o‘zini o‘zi rad qilish yoki rad qilish uchun asos o‘zini o‘zi rad qilish yoxud rad qilish haqida ariza bergan shaxsga ishni mazmunan ko‘rish boshlanganidan keyin ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Ayni bir shaxs tomonidan ayni bir asoslar bo‘yicha takroran rad qilish bildirilishi mumkin emas. Takroran rad qilish bildirilgan taqdirda, u ko‘rib chiqilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19 — 21, 23, 24-moddalari, 42-moddasining birinchi xatboshisi, 165-moddasining birinchi, oltinchi xatboshilari.
23-modda. Rad qilish to‘g‘risidagi arizani hal etish tartibi
Rad qilish to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning, shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning fikrini eshitadi.
Ishni yakka tartibda ko‘rayotgan sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala sudning raisi, bir tarkibli sudda esa shu sudya tomonidan hal qilinadi.
Ish hay’at tarkibida ko‘rilayotganda sudyani rad qilish to‘g‘risidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudyaning ishtirokisiz sud tarkibining ko‘pchilik ovozi bilan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng bo‘lib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Bir nechta sudyani yoki ishni ko‘rayotgan sudning butun tarkibini rad qilish to‘g‘risidagi masala shu sud tarkibi tomonidan oddiy ko‘pchilik ovoz bilan hal qilinadi.
Prokuror, ekspert, mutaxassis, sud majlisi kotibining va tarjimonning o‘zini o‘zi rad qilishi yoki ularni rad qilish to‘g‘risidagi masala ishni ko‘rayotgan sud tomonidan hal etiladi.
Sudyaning o‘zini o‘zi rad qilishi to‘g‘risidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
Rad qilish to‘g‘risidagi masalani ko‘rish natijalari bo‘yicha ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Mazkur Kodeksning 19 — 22, 24, 195-moddalari.

Download 356,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish