Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ijrosini tashkil kilish va ijro etish


Mahkumlarni ajratilgan xolda saqlash va turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash



Download 160,5 Kb.
bet6/8
Sana10.06.2022
Hajmi160,5 Kb.
#651346
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5192931656356336507

4. Mahkumlarni ajratilgan xolda saqlash va turli toifadagi mahkumlarni birga saqlash
Jinoyat-ijroiya kodeksining 57-moddasida: «ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs butun jazo muddatini, odatda, bitta muassasada utaydi.
Mahkumni bir koloniyadan ayni shu turdagi boshqa koloniyaga jazoni o‘tash ni davom ettirish uchun utkazishga uning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning roziligini olgan xolda, shkningdek mahkumning mazkur muassasada kolishiga tuskinlik kiluvchi boshqa hollarda yul kuyiladi.
Mahkum kasal bo‘lib kolgan takdirda uni koloniyadan yoki turmadan ixtisoslashgan davolash muassasasiga utkazishga tibbiy xulosa asosida yul kuyiladi.
Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarni jazoni ijro etuvchi bir muassasadan boshqasiga utkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi» deb yozib kuyilgan.
JIKning 57- moddasi va jinoyat-ijroiya qonunchiligi mahkumlar uchun yagona qoida, ya’ni jazoni faqatgina bitta ijro koloniyasida o‘tashni shart kilib kuyadi.Bu xil shart-sharoitlar jazolarni samaradorligi va mahkumning kayta tarbiyalanishida katta ijobiy rol uynashi shubxasiz. Aks xolda buning aksi ularok, mahkumning jazoni turli koloniyalarda o‘tashligi jamiyat uchun xavfli tus olishi mumkin. Buni bir necha asoslarda salbiy holatlariga olib kelishini kursatish mumkin:

  • mahkumning jazoni turli koloniyalarda o‘tashi uning kayta tarbiyalanishida samarasizlik belgisi bo‘ladi;

  • uning xarakteri, kizikishi va shu kabi omillarning pasayishiga olib keladi;

  • uning ruxiyatiga kuchli ta’sir utkazadi;

  • yaqin qarindoshlariga juda ko‘plab mushkulotlar orttiradi.

Xar bir jazoni ijro etuvchi muassasa uziga kabul kilayotgan mahkumning shaxsiy kartochkasidagi ma’lumotlardan tashqari uning kizikishi, tabiati haqida yetarli ma’lumotga ega bulishligi darkor.
Jinoyat-ijroiya Kodeksi 57-moddasi 2-qismida kursatilgan qoida jinoyat-ijroiya qonunchiligiga istisno holat sifatida baxolanadi. Bunday holatlar jumlasiga, mahkumning shaxsiy xavfsizligi, tibbiy bemorligi va boshqa omillarda namoyon bo‘ladi. Mahkumni boshqa jazoni ijro muassasaga utkazish birinchi navbatda uning roziligi bilan amalga oshiriladi. Mahkumning xayotiga taxdid soluvchi harakatlar uning jazoni ijro etuvchi muassasasidagi mahkumlar tomonidan, ijro koloniyasi xodimlari tomonidan yoki shu muassasa bilan bog‘liq boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shaxsni tibbiy muassasaga utkazish bilan bog‘liq ishlar faqatgina tibbiy xulosa asosida amalga oshirilishi mumkin, sababi xar kanday kassallik mahkumni tibbiy muassasaga utkaish uchun xizmat kila olmaydi. Mahkumni tibbiy muassasaga utkazish uchun asos bo‘lib xizmat kiladigan tibbiy xulosani O‘zbekiston Respublikasi IIV tibbiy muassasalari, Qoraqalpog‘iston respublikasi IIV tibbiy muassasalari, viloyatlardagi jazolarni ijro etish bilan bog‘liq ichki ishlar boshqarmaslarining tibbiy muassasalari berish huquqiga ega. Shuningdek, mahkum kaysi xolda zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilishi kerak degan muammo xam barcha kizikarli bulishi tabiiy. Mahkumga jazoni ijro etish koloniyasida tibbiy yordam kursatish iloji bulmagan takdirda u zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtiriladi.
Ma’lumki, qonunchilik mahkumni boshqa muassasaga utkazish bilan bog‘liq barcha holatlarni uzida kamrab ola olmaydi. Bunga misol kilib kuyidagi omillarni kursatish mumkin:
-turli xildagi tabiiy ofatlar ( buron, yer kimirlashi, va xok.);
-mahkumlar urtasidagi uzaro nifok bo‘ladigan xollar;
-mahkumning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuvlar utkazishda manzilning uzogligi yoki mahkumning yaqin qarindoshlari nochor bulgan hollarda;
Yukorida ta’kidlab utilganidek, mahkumni bir muassasadan boshqasiga utkazish O‘zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, sud tomonidan emas.
Shuningdek, mahkumni boshqa muassasaga utkazish tashabbusi bilan kuyidagilar chikishga xakli:
-jazoni ijro etuvchi muassasa ma’muriyati;
-jazoni ijro etuvchi muassasada qonunlarni bir xilligi ustidan nazorat kiluchchi prokuror;
-mahkumning yakin karidoshlari iltimos va arizalari bo‘yicha;
-mahkum yashaydigan maxalla kumitasi tavsifnomasi yoki mehnat boshqarmasi;
Jinoyat-ijroiya Kodeksining 58-moddasi mahkumlarni ajratilgan xolda saqlashga qonuniy tus bergan. Unga kura, «kuyidagilar boshqa mahkumlardan batamom ajratilib, alohida-alohida saqlanadi:
-uta xavfli residivistlar;
-o‘lim jazosi avf etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan mahkumlar;
-mahkum ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bulmagan shaxslar;
-sud va huquq-tartibotni muxofaza kiluvchi organlarning sobik xodimlariga mansub mahkumlar;
-turli yukumli kassalliklarga chalingan mahkumlar;»
Ma’lumki, axloq tuzatish vositalari jazo turini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek mahkumning shaxsi va xulq-atvorini inobatga olgan xolda qo‘llaniladi.(JIK 7-m).
Mahkumlarni bir-biridan ajratilgan xolda saqlash ularning turli xil xususiyatlariga kura xal etilishi xam mumkin:
a) birinchi marta extiyotsizlikdan jinoyat sodir etgan mahkumlar alohida ajratiladi;
b) birinchi marta kasddan ijtimoiy xavfi katta bulmagan yoki ogir bulmagan jinoyatni sodir etgan mahkumlar;
v) birinchi marta kasddan ogir jinoyatni sodir etgan mahkumlar;
g) birinchi marta kasddan ogir jinoyatni sodir etgan mahkumlar alohida ajratiladi;
d)ilgari xam ozodlikdan mahrum qilish jazosini utab chikkanlar alohida ajratiladi;
ye)alohida xavfli residivistlar xam alohida-alohida saqlanadilar;
j) o‘lim jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilganda xam ular xam alohida saqlanadi;
z) fuqaroligi bulmagan va chet el fuqarolari xam ozodlikdan mahrum qilinganida alohida, ajratilgan xolda saklanishlari lozim. Lekin bunday shaxslar kupincha boshqa shaxslar bilan birga saklanganliklarini kursak xam, lekin ularning huquqiy holatlari tamomila boshqacha tus olgan. Erkak jinsdagi mahkumlar ayollar va voyaga voyaga yetmagan mahkumlardan kura ogirrok darajada jazolanadi.
Voyaga yetmagan mahkumlarda mahkumlarning tasniflanishi ularning jinsiga karab xam farqlanadi. Jumladan, ilgari ozodlikdan mahrum qilish jazosini utab chikkan mahkumlarning erkak jinsidagilar, yana ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlarida, kuchaytirilgan tarbiya koloniyalarida saklansalar, voyaga yetmagan kizlarga esa bu qoida tadbik etilmaydi. Kizlar nechanchi marta ozodlikdan mahrum qilingan bulishlaridan kat’i nazar umumiy tartibli koloniyalarga yuboriladilar.
Voyaga yetmaganlarning tasniflanishi aksariyat hollarda yoshiga nisbatan tatbik etiladi. Jumladan, un olti yoshgacha bulganlar alohida va un olti yoshdan oshganlar alohida ajratiladi.
Ayollarni tasniflashda koloniya tartib turidan tashqari xomilador yoki emizikli yosh bolasi bor ayollar ozodlikdan mahrum qilinganida ular uchun maxsus imtiyozlar yaratiladi.
Mahkumlarning jinsi, yoshiga karab ajratish yuridik adabiyotlarda,odatda, huquqiy tasniflash deb yuritiladi. Shuningdek, mahkumlarni tasniflashda ularni jazoni o‘tash jarayoni xam muxim rol uynaydi. Mahkumlar bilimi, dunyokarashi, ruhiy munosabatlari bo‘yicha tasniflanadi.



Download 160,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish