Gaz bilan payvandlash jihozlari.atsetilen generatorining turlari.
Gaz payvand,gaz bilan payvandlash-metallarni gaz alangasida suyuqlanish trasigacha qizdirib birirktirish. Yonilg’I sifatinida atselin, metan, propan, b. ishlatiladi.G.p.da eriydigan chok simi qo’llaniladi.Yupqa po’lat detallar, cho’yan buyumlar, rangli metallar va qotishmalardan iborat birikmalarni payvandlashda keng qo’laniladi.
Quvurlar, t.y. relyelari va b. choklarini payvandlashda gaz-presslash usulidan foydalaniladi. Bunda choklar payvandlash gorelkalari bilan 1—2 min. qizdiriladi, shundan soʻng quvur (yoki rels) ning ulanadigan joylari gidravlik qurilma bilan siqiladi. Shunda quvur (yoki rels) uchlari bir-biri bilan mustahkam birikib qoladi
Payvandlash (texnikada) — qattiq materiallar (metall, keramika, shisha, va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. P.ning 60 dan ortiq usuli bor.
Metallarni P. qadimdan maʼlum. 1882 yilgacha bosim ostida P.ning temirchilik usulidan foydalanilgan. Rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni koʻmir elektroddan foydalanib P. (elektr yoy) usulini topgan, rus muhandisi N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, koʻmir elektrod oʻrniga metall elektrod ishlatgan. Atsetilen topilganidan keyin fransuz metallurgi E. Fushe gaz payvandni, amerikalik olim J. Tomson qarshilikli uchma-uch P. (1837), keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt P. usulini ixtiro qildi, akad. Ye. O. Paton (1940) rahbarligida elektr shlakli P. usuli ishlab chiqildi.
P.ning bosim ostida va eritib P. usullari bor. Bosim ostida P.da metall plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashki kuch taʼsir ettiriladi. Bunday P. mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullarga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy P. usullari ham bor.
Eritib P.da biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. P. vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi. Shuning uchun P. texnikasida eritib yopishtiriladigan metalldagi foydali aralashmalarni kuyishdan, unga azot va kislorod kirishidan saqlaydigan payvand birikmalardan foydalaniladi. Mas, gaz payvandda buyumlarning payvandlanish xususiyatini yaxshilaydigan va ularni atrofdagi muhit taʼsiridan saklaydigan flyus yoki maxsus qoplamalardan foydalaniladi va gaz himoya usullari qoʻllaniladi. Termit usulda detallarning biriktiriladigan sirtini suyuqlantirib, termit metall bilan yaxlit quyma chok hosil qilinadi.
Elektrkimyoviy usulda P. zonasi (buyum bilan elektrod orasida yonadigan yey) vodorod bilan, baʼzan, vodorod va uglerod oksidi aralashmasi bilan yoki azot va vodorod aralashmasi bilan oʻraladi, natijada eritib yopishtiriladigan metall atrofdagi muhitning kimyoviy taʼsiridan saqlanadi. P. zonasini argon, geliy yoki karbonat angidrid gazi bilan himoya qilish usuli keng qoʻllaniladi. Elektr yey bilan P.da buyumlarning payvandlanadigan joylari elektr yoyi bilan eritib biriktiriladi. Bu usul eruvchan elektrodli va erimaydigan elektrodli xillarga boʻlinadi. Bunday P. qoʻlda va avtomatik tarzda bajariladi. Yuqori chastotali tok va elektron nur yordamida P. usullari ham bor. Suv ostida P. (mas, kemalarning tagini tuzatish), kosmosda P. (mas, kosmik styalarni kosmosda montaj qilish) usullari rivojlangan, yuqori vakuum va vaznsizlik sharoitida turli metallarni P. usullari ham keng qoʻllanilmoqda. Lazer nurlari yordamida P. usullari takomillashtirilmoqda.
Materiallarni o’zaro atomar yoki molekulyar bog’lanishi hisobiga
ajralmaydigan qilib biriktirilishiga payvandlash deyiladi. Amalda bu maqsad
uchun payvandlanuvchi metallarni payvandlash joylari eritilib, kichik vanna hosil
etiladi va uni havoda sovishida kristallanib chok olinadi yoki payvandlash joylari
yuqori plastik holga kelguncha qizdirilib, bosim ostida o’zaro yaqinlashtiriladi.
Bunda yuzalaridagi oksid pardalar parchalanib, iflosliklar ajralib, yuza g’adir–
budurliklari ezilib, atomlararo tortishish kuchlari hisobiga bog’lanib chok olinadi.
Bu usullarda har xil qalinlikdagi metallar va ularning qotishmalarini, nometall
materiallar yerda, suv ostida va koinotda payvandlanadi. CHunki bu usul
Do'stlaringiz bilan baham: |