Переферия ва офис курилмаларини



Download 0,94 Mb.
bet22/67
Sana05.04.2022
Hajmi0,94 Mb.
#531081
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67
Bog'liq
ЭХМ нинг периферия курилмалари

ISA (Industry Standard Architecture) shinasi - 8 MGc ishchi taktli chastotali, 16-razryadli qiymatlar shinasi va 24-razryadli adreslar shinasidir, lekin 50 MGc taktli chastotali MP ishlatilishi mumkin (bo’lish koefficienti ko’paytirilgan); PC/XT va PC/AT shinalariga nisbatan apparatli uzulishlar liniyalarining soni 7 tadan 15 tagacha va DMA xotirasiga bevosita murojaat qilish kanallarining soni 7 tadan 11 tagacha ko’paytirilgan. 24-razryadli adreslar shinasi hisobiga adres kengligi 1 Mbaytdan 16 Mbaytgacha ko’paydi. Qiymatlar shinasining nazariy o’tkazish qobiliyati 16 Mbayt/s ga tent, lekin haqiqatda u pastroq, uning bir qator ishlatish xossalariga bog’liq ravishda 4-5 Mbayt/s atrofida. 32-razryadli yuqori tezlikli MP lar paydo bo’lishi bilan ISA shinasi SHK tezkorligini oshirishda jiddiy to’siq bo’lib qoldi.
EISA ( Extended ISA ) shinasi - 32-razryadli qiymatlar shinasi va 32-razryadli adreslar shinasidir, 1989-yilda yaratilgan. Shinaning adres kengligi 4 Gbayt, o’tkazish qobiliyati 33 Mbayt/s, shu bilan birga MP-kesh-TX kanali bo’yicha almashish tezligi xotira mikrosxemasining parametrlari bilan aniqlanadi, kengaytirish raz’yomlari soni ko’paytirilgan: nazorat jihatdan 15 tagacha qurilma ulanishi mumkin (amalda 10 tagacha). Uzilishlar tizimi yaxshilangan, tizimni avtomatik konfiguraciyani va DMA ni boshqarishni taninlaydi; ISA shinasi bilan to’liq mos keladi (ISA ni ulash uchun raz’yom bor), shina hisoblash tizimlarining ko’p processorli arxitekturasini qo’llab-quvvatlaydi. EISA shinasi juda qimmatdir va tezkor SHK larda, tarmoqli serverlarda va ishchi-stanciyalarda qo’llaniladi.
MSA ( Micro Channel Architecture ) shinasi - 32-razryadli shina, 1987 yilda IBM firmasi tomonidan PS/2 mashinalari uchun yaratilgan, o’tkazish qobiliyati 76 Mbayt/s, ishchi chastotasi 10-20 MGc. O’zining tavsiflari bo’yicha EISA shinasiga yaqinroq, lekin ISA bilan ham, EISA bilan ham mos kelmaydi. PS/2 EHM birinchi navbatda yaxshi ishlab chiqilgan amaliy dasturlarning yo’kligi tufayli keng tarqalmaganligi sababli, MSA shinasi ham keng ishlatilmaydi.

LOKAL SHINALAR


Zamonaviy hisoblash tizimlari quyidagilar bilan tavsiflanadi:


• mikroprocessorlar (masalan, Pentium MP qiymatlarni 64 razryadli qiymatlar shinasi bo’yicha 528 Mbayt/s tezlik bilan berishi mumkin) va bazi bir tashqi qurilmalar (masalan, yuqori sifatli raqamli to’liq ekranli videoni tasvirlash uchun 22 Mbayt/s o’tkazish qobiliyati kerak bo’ladi) tezkorligining juda ham o’sib ketishi bilan;
• ko’p sonli interfeys amallarining bajarilishini talab etuvchi (masalan, Windows da grafikani qayta ishlash dasturlari, multimedia) dasturlarning paydo bo’lishi bilan.
Bu sharoitlarda, bir vaqtning o’zida bir nechta qurilmalarga xizmat ko’rsatuvchi kengaytirish shinasining o’tkazish qobiliyati foydalakuvchilarning qulay ishlashi uchun etarli bo’lmay qoldi, negaki kompyuterlar uzoq vaqt «o’ylanib qoladigan» bo’lib qoldi.
Interfeyslarni ishlab chiqaruvchilar lokal shinalarni yaratish yo’lidan bordilar, bu shinalar bevosita MP ning shinasiga ulanib, ular MP ning taktli chastotasida (lekin uning ichki ishchi chastotasida emas) ishlaydi va MP ga nisbatan ba’zi tashqi tezkor qurilmalar: asosiy va tashqi xotira, videotizimlar va b. bilan aloqani ta’minlaydi.
Hozir universal lokal shinalarning 2 ta asosiy standarti mavjud: VLB va PCI.
• VLB (Vesa Local Bus) shinasi 1992 yilda videojixozlar standartlari associaciyasi (VESA - Video Equipment Standards Assotiation) tomonidan ishlab chiqilgan va shuning uchun ko’pincha VESA shinasi deb atashadi.
VLB shinasi, moxiyati jihatidan, videoadapter va qisman vinchester, multimedia platalari, tarmoqli adapter bilan aloqa qilish uchun MP ni ichki shinasining kengaytmasidir. Shina razryadliligi - 32 bit, yaqin orada shinaning 64-razryadli varianta chiqadi. VLB bo’yicha qiymatlarni uzatishning haqiqiy tezligi - 80 Mbayt/s (nazariy erishiladigani - 132 Mbayt/s).
Shinaning kamchiliklari:
• 80386, 80486 MP lari bilan ishlashga mo’ljallangan, hozircha Pentium, Pentium Pro, Power PC processorlari uchun moslashmagan;
• MP ning taktli chastotasiga qattiq bog’liqligi (har bir VLB shinasi faqat aniq bir chastotaga mo’ljallangan);
• ulanadigan qurilmalar sonining kamligi - VLB shinasiga faqat 4 ta qurilma ulanishi mumkin;
• shina xakamining yo’qligi - ulanadigan qurilmalar o’rtasida ziddiyatlar bo’lishi mumkin.
• PCI shinasi (Peripheral Component Interconnect) 1993 yilda Intel firmasi tomonidan ishlab chiqilgan.
PCI shinasi VLB ga qaraganda birmuncha universalroq hisoblanadi, u istalgan MP bilan ishlash uchun mos kelishi mumkin: 80486, Pentium, Pentium Pro, Power PC va b.; u avtokonfiguraciyalash imkoniyati bilan turli xil konfiguraciyali 10 ta qurilmani ulash imkonini beradi, o’zining «hakamiga», qiymatlarni uzatishni boshqarish vositalariga ega. PCI shinasi hozircha ancha qimmat.
P CI ning razryadliligi - 32 bit, uni 64 gacha kengaytirish imkoniyati bor, nazariy o’tkazish qobiliyati 132 Mbayt/s, 64 bitli variantda esa - 263 Mbayt/s (2 marta pastroq).
PCI shinasi lokal bo’lsa ham kengaytirish shinasining ko’pgina vazifalarini bajaradi, va xususan, ISA, EISA, MCA kengaytirish shinalari PCI shinasi bor bo’lganda bevosita MP ga emas (VLB shinasini ishlatilgani kabi), balki PCI shinasining o’ziga (kengaytirish interfeysi orqali) ulanadi (u ular bilan mos keladi).
Tizimlarning VLB va PCI shinalari bilan konfiguraciyalarning variantlari mos ravishda 38 - va 39 -rasmlarda ko’rsatilgan. SHuni ta’kidlash kerakki, SHK da VLB va PCI shinalarini faqat mos ravishda VLB yoki PCI-bosh platasi bor bo’lganda ishlatish mumkin.
Multishina strukturali bosh platalar ishlab chiqarilmoqda, ular VIP shinali (VLB, ISA va PCI ning bosh harflari bo’yicha) bosh plata deb ataluvchi ISA/EISA, VLB va PCI shinalarini ishlatishga imkon beradi.
PERIFERIYA SHINALARI

Periferiya shinalari juda ham xilma-xildir.


IDE (Integrated Drive Electronics), EIDE (Enhanced IDE), SCSI (Smale Computer System Interface) lokal shinalari ko’proq faqat tashqi qurilmalarida ishlatiladi.
Hozir keng tarqalgan AT Attachment (ASA) interfeysi, 1988 yilda IBM PC AT SHK foydalanuvchilariga taklif etilib, Integrated Drive Electronics (IDE) nomi ostida keng ma’lum, bitta yig’uvchi sig’imini 504 Mbayt bilan chegaralaydi (bu sig’im «kallak-cilindr-sektor» an’anaviy adreslashning adres kengligi bilan cheklangan: 16 ta kallak x 102 ta cilindr x 63 ta sektor x 512 bayt sektorda =504 Kbayt = 528482304 bayt) va 5-10 Mbayt/s qiymatlarni uzatish tezligini ta’minlaydi.
Kallaklar, cilindrlar va sektorlar bo’yicha ham an’anaviy (lekin kengaytirilgan) adreslashni, ham logik bloklarni (Logic Block Adress LDA) adreslashni ishlatadigan Fast ATA-2 yoki Enhanced IDE (EIDE) interfeysi 840 Mbaytgacha disk sig’imini va 16 Mbayt/s gacha almashish tezligini ta’minlaydi. EIDE ga 4 tagacha yig’uvchilar, shu jumladan CD ROM ham, QMLY ham ulanishi mumkin. BIOS ning eski versiyalarida EIDE ni qo’llash uchun maxsus drayver kerak.
ATA va ATA-2 bilan bir qatorda murakkabroq diskli Small Computer System Interface interfeyslarining uchta versiyasi: SCSI-1, SCSI-2 va SCSI-3 keng ishlatilmoqda. Ularning afzalliklari: ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi (Fast Wide SCSI-2 interfeysi va yaqin vaqtda qutilayotgan SCSI-3 interfeysi 40 Mbayt/s gacha tezlikni ta’minlaydi ), ulanadigan yig’uvchilarning ko’p soni (7 donagacha) va maksimal sig’imi; ularning kamchiliklari: narxi balandligi (ATA dan taxminan 5-10 marta qimmatroq), o’rnatish va sozlash murakkabligi. SCSI-1 interfeysi 8 bitli shinaga ega; SCSI-2 va SCSI-3 - 16-bitli va kuchli mashina-serverlarda va ishchi stanciyalarida ishlatishga mo’ljallangan.

YANGI UNIVERSAL KETMA-KET PERIFERIYA SHINALARI 


1996 yilda yangi universal ketma-ket shina USB (Universal Serial Bus) paydo bo’ldi, taxminlarga qaraganda u yaqin orada ketma-ket va parallel, klaviatura va sichqoncha portlarini almashtiradi- barcha qurilmalar bitta raz’yomga ulanadi va u ko’p sonli qurilmalarni PlugAndPlay texnologiyasining engilligi bilan o’rnatish imkonini beradi. PlugAndPlay texnologiyasi («ula va ishla») «issiq» almashtirishni amalga oshirish imkonini beradi, ya’ni qurilmalarni kompyuterni o’zmasdan va qayta yuklamasdan almashtiradi. Fizik biriktirilgandan so’ng qurilmalar to’g’ri anglanadi va avtomatik konfiguraciyalanadi. Shinaning o’tkazish qobiliyati 12 Mbit/s.


Ko’p qurilmalarni: vinchesterlar, videokameralar, yuqori o’tkazish kobiliyatli printerlar va b. yaxshisi SCSI tipidagi interfeyslar va yangi standartlar: Fire Wire - «olovli sim» nomi bilan ma’lum bo’lgan IEEE-1394 va AGP (Accelerated Graphics Port - tezlashtirilgan grafikli porti ) orqali ulagan ma’quldir. Xususan, o’ta tezkor raqamli ketma-ket shina Fire Wire yuqori ishonchlilik va qiymatlarni uzatishning yuqori sifati bilan tavsiflanadi, 400 Mbit/s o’tkazish qobiliyatiga ega, uning bayonnomasi vaqt bo’yicha kritik ma’lumotlarni kafolatli uzatilishini ta’minlaydi, bunda video va audioxabarlarning haqiqiy vaqt o’lchamlarida sezilarli buzulishlarsiz o’tishi taninlanadi. Fire Wire shinasi yordamida PlugAndPlay texnologiyasi bo’yicha katta miqdordagi va amalda istalgan konfiguraciyadagi turli xil qurilmalarni bir-biriga ulash mumkin, bu bilan u oddin aytib o’tilgan SCSI tipidagi qiyin konfiguraciyalanadigan periferiya shinalaridan keskin farq kiladi.

USB PORTLAR




Qo`shimcha qurilmalar ulashning dinamik imkoniyatlari 1996 yilning o`rtalarida USB kontrollerlari chipsetlik ShK ishlab chiqarila boshlandi. Shundan so`ng USBni qo`llaydigan modem,klaviatura,skanerlar,dinamiklar va boshqa kiritish-chiqarish qurilmalari ishlab chiqila boshlandi. Shuningdek USB adapterli monitorlar ham ishlab chiqildi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish