PPS-104 PSIXOLOGIYA TILYABOV SUNNATILLO MAVZU:DEPRESSIYA
4
Depressiya – qanday kasallik?
1
2
3
Depressiya shu darajada keng tarqalganmi?
Depressiyaning sabablari juda ko‘pmi?
Depressiyada qanday ruhiy-hissiy buzilishlar kuzatiladi?
Depressiya – kayfiyatning keskin pasayishi, fikrlar karaxtligi va har qanday harakatga bo‘lgan intilishning yo‘qolishi bilan kechuvchi kasallik. Depressiyaning asosiy sabablari – bular o‘tkir va surunkali ruhiy siqilishlar, ketma-ketma keluvchi muvaffaqiyasizliklar va uzoq davom etuvchi og‘ir kasalliklardir. Tashqi salbiy omillar sababli rivojlangan depressiyaga ekzogen depressiya deb aytiladi. Hech qanday sababsiz rivojlanadigan depressiyaga endogen depressiya deyiladi. Endogen depressiyalar rivojlanishida nasliy omilning o‘rni katta. Niqoblangan depressiya nima? - Somatik simptomlar, ya’ni ichki a’zolar funksiyalari buzilishi bilan kechuvchi depressiyaga niqoblangan depressiya deb aytiladi. Nima uchun niqoblangan depressiya deyiladi? Chunki bemor depressiya bilan kasallangan bo‘lsa-da, uning shikoyatlari xuddi boshqa kasalliklarni eslatadi, ya’ni “Migren”, “Yurak og‘riqlari”, “Bo‘g‘im og‘riqlari”, “Oshqozon-ichak kasalliklari”, “Teri-tanosil kasalliklari” va h.k. Bemorni tekshirayotgan vrach bemorning kayfiyati og‘riqlar sababli tushgan deb o‘ylaydi. Aslida bemorda niqoblangan depressiya rivojlangan bo‘ladi. Bunday bemorni albatta tibbiy psixolog yoki psixiatr ko‘rikdan otkazish kerek.
Depressiyada qanday ruhiy-hissiy buzilishlar kuzatiladi?
Depressiyada ko‘p kuzatiladigan asosiy ruhiy-hissiy buzilishlar – bular kayfiyatning tushib ketishi, umidsizlik, g‘am-g‘ussa, doimiy xavotir, yomon voqealarni kutib yashash, aybdorlik hissi yoki o‘zini hadeb ayblayverish, qaysarlik, o‘jarlik, o‘z bilganidan qolmaslik, o‘z hayotidan qoniqmaslik va o‘zini kamsitish, atrofdagi voqealar va yaqinlariga qiziqishning yo‘qolishidir. Depressiyaga chalingan odamlarning kayfiyati kun bo‘yi o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, ertalab kayfiyati juda yaxshi bo‘lsa, kechga yaqin uning kayfiyati umuman tushib ketadi. Ba’zi odamlarda buning teskarisi kuzatiladi.
Psixolog bemorning yaqinlari bilan ham suhbat o‘tkazishi kerakmi?
Albatta! Psixolog bemorning yaqinlari bilan suhbatlar olib borishi shart. Chunki bu suhbatlar bemor haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lishga yordam beradi. Depressiyaga chalingan bemorni davolashda, uning yaqinlari bilan o‘zaro muloqotlar olib borish juda ahamiyatlidir. Biroq, bu muloqot teskari natija berishi ham mumkin, agar bemor bunga ruxsat bermasa. Shuningdek, psixolog bemorning yaqinlariga uning oldida o‘zlarini qanday tutish lozimligini tushuntiradi. Bu o‘ta muhim. Chunki ba’zi oila a’zolari bemor bilan birgalikda uyda motamsaro muhit yaratadiki, bu vaziyat bemorning ahvolini yanada og‘irlashtiradi va o‘z joniga qasd qilishga urinishlarni kuchaytiradi. Bemorga hadeb yonbosaverish yoki uning hulq-atvorini tanqid qilaverish ham mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |