Professional competence of students of military education



Download 305,66 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana20.12.2022
Hajmi305,66 Kb.
#891635
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1429-Article Text-3817-1-10-20210825

Global Humanity Congress 
2
nd
 

International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Spain
https://conferencepublication.com 
 
September 10
th
 2021 
Urushlar dastlab qoʻshni yerlarga chopqun qilish va asir olish xarakterida boʻlgan. 
Biroq davlatning kuchayishi, qoʻshin miqdorining oʻsishi, tajri-baning oshishi va chopqun 
qilishdan qoʻshni mamlakat va xalqlarni bosib olishga oʻtilishi bilan oddiy urush olib borish 
sanʼatga aylana boshlagan. Strategiya urush olib borish sanʼati sifatida, asosan, Sharqda 
vujudga kelgan. Qad. Sharq qoʻshinlarining urush olib borish sanʼati, asosan, son jihatdan ortiq 
qoʻshin bilan dushmanni tor-mor etishga qaratilgan. Koʻchmanchi xalqlar (skiflar, saklar, 
massa-getlar va boshqalar) kuchli dushman hujum qilganda koʻpincha mamlakat ichkarisi 
tomon atayin chekinganlar. Ular yoʻllarida uchragan joylarni vayron qilib, kichik otliq qismlar 
bilan dushmanga betoʻxtov hamla qilib uni holdan toy-dirganlar, soʻngra qarshi hujumga 
oʻtganlar. Strategik mudofaa (chekinish) va strategik hujum (qarshi hujumga oʻtish)ning 
shunday turini birinchi boʻlib Qora dengiz boʻyi skiflari miloddan avvalgi 512 yilda Doro! bos-
qini davrida qoʻllaganlar. Saklar ham Doro 1 ga qarshi raqibni choʻl-biyobonlarga hiyla bilan 
boshlab borish takti-kasini qoʻllashgan (qarang Shiroq). Ulardan oʻrnakolib miloddan avvalgi 
53 yilda parfiyaliklar rimliklarning M.Krass boshchiligidagi qoʻshinini Karri jangit yakson 
qilganlar. 
Jahon Harbiy sanʼati taraqqiyotida turkiy xalqlar mumtoz oʻrinni egallaganlar. Mashhur 
arab adibi Johiz (775—868) ning "Manoqib al-atrok" ("Turkiy xalqlarning xislatlari") asarida 
"Sosoniy forslar barcha xalqlardan davlatni boshqarish sanʼatida, xitoyliklar — 
hunarmandlikda, yunonlar — ilm-fanda va turkiylar harbiy ishda ustundir", deb yozadi. 
Qadimda sak jangchilarining qalin kigizdan tikilgan, choʻqqi qalpoqlari boʻlgan. Ular 
oʻzlari tayyorlagan kamon va xanjar(akinak) bilan, shuningdek, oyboltalar (sagarislar) bilan 
qurollanganlar. Saklar mohir tirandoz edilar. Sak suvoriylarining dovruti butun Sharqda 
mashhur boʻlgan. Yunon-fors urushida, xususan, marafon jangida (miloddan avvalgi 490 yil) 
sak otliq jangchilari alohida jasorat koʻrsatganlar. Qoʻshinning markazida forslar bilan yonma-
yon turib urushgan saklar afinaliklarning qatorini yorib oʻtib, ularni mamlakat ichkarisiga 
qadar taʼqib etib borganlar. Biroq fors qoʻshinining qanotlari zaifligi tufayli qurshovga tushib 
qolish xavfi tugilgan. Shu sababli orqaga chekinilgan. Sak suvoriylari jang paytida orqaga 
oʻgirilib ham bexato otar edilar. 
Miloddan avvalgi 329—327 yillarda Spitamen Aleksandr (Iskandar)ga qarshi partizan 
urushi taktikasini qoʻllagan. 
Miloddan avvalgi 3-asr oxirida hunlar hukmdori Mode xoqon harbiy islohot oʻtkazgan. 
U anʼanaviy yengil otliq qoʻshinni ogʻir qurollangan otliq qoʻshinga aylantiradi. Gerodot 
massagetlar qoʻshinidagi otliq jangchilarning ogʻir qurol-aslahalari boʻlganini qayd etgan. 
Shunisi xarakterliki, keyinchalik bunday qurollanish odati Orol boʻylaridan sarmat-alanlar 
orqali Sharqiy Yevropaga tarqalgan. Parfyanlar rimliklarga qarshi Karri jangida uni ilk bor 
keng qoʻllashgan (qarang katafraktlar). Massagetlar yurtidan Moʻgʻuliston, Xitoy va Sibir (Ol-
toy)ga ogʻir qurollangan suvoriyga moʻljallangan baland boʻyli ajoyib jangovar otlar tarqalgan. 
Hunlarning harbiy tartibiga binoan har bir ming kishidan iborat boʻlgan qoʻshinga mingboshi, 
100 kishidan iborat qoʻshinga yuzboshi, 10 jangchiga — oʻnboshi boshchilik qilgan. Qoʻshin, 
asosan, otliq askarlardan iborat boʻlgan. Hunlar qoʻshini 4 qismga boʻlinib, har bir qism 
jangchilari maʼlum rangdagi otlarni mingan suvoriylardan ibo-rat boʻlgan. Qoʻshinning gʻarb 
tomonida saf tortgan suvoriylar oq ot, sharqiy qismida — boʻz ot, shimolida — qora ot va 
janubida sariq (saman) ot minib safda turganlar. Hunlarning otliq qoʻshini, asosan, kamon bilan 
qurollangani uchun harbiy taktika va manyovrlarni ustalik bilan olib borgan. Dush-manga 
oʻzlarini chekinayotgan qilib koʻrsatib, ularni aldab, uzoq masofagacha orqalaridan ergashtirib 
borganlar. Dushman ularni taʼqib etib char-chagan paytda hunlar raqiblariga qoʻqqisdan hamla 
qilib ularni tor-mor etganlar. Mabodo yengilib qolsalar, hunlar har tomonga tarqalib ketganlar. 
Hunlarni taʼqib etuvchilar qochayotganlarning qaysi birini orqasidan quvishni bilmay 
sarosimaga tushib qolgan paytlar koʻp boʻlgan. aynan hunlar davrida Osiyo choʻl minta-
qalarida Harbiy sanʼatning harbiytexnikaviy va tashkiliy sohalarida bir qator muhim 



Download 305,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish