ТЕСТЛАР
Psixologiya fan sifatida
a) ruhiy hodisalar va holatlarni o‘rganadi;
b) sezgilarimiz, fikrlarimiz, tuyg‘ularimiz, harakatlarimizni o‘rganadi;
v) psixikaning namoyon bo‘lish va rivojlanish faktlari, mexanizmlari va
qonuniyatlarini miyaning xossasi sifatida o‘rganadi;
g) miyadagi jarayonlar va ularning qonuniyatlarini o‘rganadi.
2. «Psixologiya» atamasini ilmiy muomalaga kiritgan olim:
a) R. Dekart;
b) G. Leybnits;
v) X. Volf;
g) Arastu.
3. Psixologiya quyidagi olim kiritgan fanlar tasniflanishida markaziy o‘rinni
egallaydi:
a) V.I. Vernadskiy;
b) B.M. Kedrov;
v) M.V. Lomonosov;
g) F. Bekon.
4. Psixika:
a) yuqori tuzilgan materiya (miya)ning xossasi bo‘lib, ob’ektiv haqiqatni alohida
tarzda aks ettiradi;
b) miya mahsuli, asab tizimining vazifasi;
v) inson ruhiyati, uning ruhiy hodisalari va holatlari;
g) sezgilarimiz, fikrlarimiz, hissiyotlarimiz, kechinmalarimiz.
5. Psixologiyaning asosiy metodologik tamoyillari sifatida quyidagilar keltiriladi:
a) onglilik va ko‘rgazmalalik tamoyillari;
b) psixofiziologik birlik tamoyillari;
v) onglilik va faoliyat birligi, psixikaning rivoji tamoyillari;
g) ongning ijtimoiy omillarga bog‘liqligi tamoyillari.
6. Psixologiyaning ko‘plab sohalari turli mezonlarga ko‘ra ajratiladi:
a) aniq faoliyat;
b) taraqqiyot;
v) ijtimoiy umumiylik;
g) barcha javoblar to‘g‘ri.
7. Biror psixologik jarayon yoki shaxsga yaxlitligicha baho berish maqsadida
o‘tkaziladigan qisqa standartlashtirilgan psixologik sinov – bu:
a) kuzatish;
b) tajriba;
v) test sinovi;
g) o‘zini kuzatish.
8. Psixologik metodlarga kiradigan uslublar:
a) inson psixikasi haqidagi ma’lumotlarni to‘plash;
b) kuzatish, testlar, sotsiometriya, tajriba, suhbatlar, anketa to‘ldirish, faoliyat
mahsulini o‘rganish;
v) hayvon va inson psixikasini o‘rganish usullari;
g) ma’lumotlarni matematik qayta ishlash, introspektsiya, farazlar, ma’lumotlarni
tushuntirish.
9. Organizmning yaxlit tizim sifatida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlab beruvchi
organ:
a) bosh miya;
b) asab tizimi;
v) nerv hosilalarining to‘plamlari;
g) reflekslar.
10. Asab tizimining strukturaviy birligi:
a) sinaps;
b) neyron;
v) akson;
g) dendrit.
11. Insonning oliy psixik vazifalariga ... kiradi:
a) mantiqiy xotira;
b) so‘zlashuv-mantiqiy tafakkur;
v) tasavvur etish;
g) barcha javoblar to‘g‘ri.
12. Neyropsixologiyaning hozirgi zamon qarashlariga ko‘ra inson miyasining
tuzilishi nechta asosiy bo‘limdan iborat:
a) uch asosiy bo‘limdan;
b) ikki asosiy bo‘limdan;
v) to‘rt asosiy bo‘limdan;
g) ko‘p bo‘limlardan.
13. Diqqat deb:
a) ob’ektning his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatishida yuzaga keladigan psixik
faoliyatning shakli;
b) ob’ektning tanlab idrok qilishi;
v) odam ongining ma’lum ob’ektlarga yo‘nalganligi va jamlanganligi;
g) organizmning ishchi holati, analizatorning qo‘zg‘alishga bo‘lgan mayli.
14. Diqqatning umumiy xususiyati bo‘lib, uning ... ko‘rsatkichi hisoblanadi:
a) tezligi;
b) aniqligi;
v) muvaffaqiyatliligi
g) hajmi.
15. Ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda
jamlanganligi:
a) ixtiyorsiz diqqat;
b) ixtiyoriy diqqat;
v) ixtiyoriydan keyingi diqqat;
g) ko‘rishga oid diqqat.
16. Istalgan sub’ektga bo‘lgan ixtiyoriy diqqatning yuzaga kelish sababi:
a) faoliyat maqsadining mavjud emasligi;
b) seskantiruvchining yangilanishi;
v) faoliyat maqsadini belgilash;
g) ob’ektning hissiyotli ahamiyatliligi.
17. Sezgi – bu:
a) moddiy dunyo jismlari va hodisalarining alohida xossalarini aks ettirishdan
iborat bo‘lgan miya ta’sirlanishi;
b) sodda tuzilgan psixik jarayon bo‘lib, u moddiy dunyo jismlari va hodisalarining
alohida xossalarini aks ettirishdan, shuningdek, seskantiruvchilarning mos bo‘lgan
retseptorlarga bevosita ta’siri ostidagi organizmning ichki holatlaridan iborat;
v) moddiy dunyo jismlari va hodisalarining bosh miya po‘stlog‘ida aks etish
jarayoni;
g) atrof-olamga bo‘lgan munosabatningsub’ektiv kechinmasi jarayoni.
18. Retseptorda hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarning asab tizimining yuqori
darajalariga o‘tkazilish yo‘llari ... deb ataladi:
a) afferent;
b) efferent;
v) samarali;
g) affektiv.
19. Seskantiruvchining ikkila jadalligi o‘rtasidagi eng kichik o‘lchami ta’sirida
paydo bo‘ladigan dastlabki his etish
...
deb ataladi:
a) absolyut quyi bo‘sag‘a;
b) farqlash bo‘sag‘asi;
v) sezgilarning vaqtinchalik bo‘sag‘asi;
g) jadallikka nisbatan sezuvchanlik ko‘lami.
20. Organizmning ichki muhitidagi ta’sirlarni aks ettiradigan retseptorlar ... deb
ataladi:
a) eksteroretseptorlar;
b) interoretseptorlar;
v) proprioretseptorlar;
g) ichki retseptorlar.
21. Idrok:
a) jismlarning ahamiyatli xossa va sifatlarini yig‘indi holatida aks ettirish;
b) moddiy olam jismlarini aks ettirishda paydo bo‘ladigan sezgilar yig‘indisi;
v) jism va hodisalarni ularning mos retseptorlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit
aks ettirish;
g) voqelikning bilan inson o‘tmish tajribasi o‘rtasidagi munosabatning bog‘liqligi.
22. Idrokning fazoviy, vaqt, harakat idroklariga tasniflanishining asosiy mezoni:
a) yetakchi analizator;
b) aks ettirish jismi;
v) materiya mavjudligi shakli;
g) sub’ekt faolligi.
23. Idrokning ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo‘linishiga asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) yetakchi analizator;
b) aks ettirish jismi;
v) materiya mavjudligi shakli;
g) sub’ekt faolligi xususiyatining maqsadga yo‘nalganligi.
24. Idrokning inson psixik hayotining mazmuni va shaxs xususiyatlariga bog‘liqligi:
a) insayt;
b) pertseptsiya;
v) appertseptsiya;
g) sensibellik
25. Xotira – bu:
a) avval orttirilgan bilimlarni saqlash;
b) amaliy faoliyatda o‘tmish tajribasidan foydalanish psixik jarayoni;
v) hissiyotlar va idroklarga asoslangan insonning tajribani eslash qobiliyati;
g) inson o‘tmish tajribasini esda olib qolish, esda saqlash va eslashning psixik
jarayoni.
26. Xotira jarayonlari:
a) esda olib qolish, assotsiatsiyalar, tasavvurlar;
b) esda olib qolish, esda saqlash, tasavvurlar;
v) esda olib qolish, esda saqlash, eslash, unutish;
g) esda olib qolish, tasavvurlar, unutish.
27. Xotiraning harakat, emotsional, obrazli va verbal xotiralariga bo‘linishi uchun
asos bo‘lib xizmat qiladi:
a) yetakchi analizator;
b) aks ettirish predmeti;
v) sub’ekt faolligi;
g) faoliyat turi.
28. Xotiraning yuksak turi ... xotira hisoblanadi:
a) harakatli;
b) obrazli;
v) emotsional;
g) verbal.
29. Yangi obrazlarni yaratishga asoslangan ijodiy faoliyat:
a) idrok;
b) tafakkur;
v) xayol;
g) diqqat.
30. Xayolning ko‘rish va eshitish turlariga bo‘linishiga asos bo‘lgan:
a) yetakchi analizator;
b) aks ettiriladigan jism;
v) materiyaning mavjud bo‘lish shakli;
g) sub’ektning faolligi.
31. Sust va faol xayolning farqlanishi:
a) aks ettiriladigan jismga ko‘ra;
b) materiyaning mavjud bo‘lish shakli;
v) aks ettirishning yo‘nalganligiga ko‘ra;
g) psixik faollik darajasiga ko‘ra.
32. Kundalik hayotda qo‘shilmaydigan turli sifat, xossa, qismlarni «birlashtirish»:
a) agglitinatsiya;
b) tiplashtirish;
v) chizmalashtirish;
g) barcha javoblar noto‘g‘ri.
33. Tafakkur jarayonining mohiyati jism va hodisalar o‘rtasida ... aloqa va
munosabatlarni o‘rnatishdan iborat:
a) sababsiz;
b) o‘zgarishli;
v) sababiy-oqibat;
g) tafakkur mohiyatiga tegishli bo‘lmagan aloqalar.
34. Nazariy va empirik tafakkurni shunga ko‘ra farqlaydilar:
a) masalalarning tipiga ko‘ra;
b) umulashtirishlarning xususiyatiga ko‘ra;
v) sub’ektning faolligiga ko‘ra;
g) yetakchi analizatorga ko‘ra.
35. Asosiy tafakkur operatsiyalari:
a) analiz, sintez, tasavvurlar, hukmlar;
b) taqqoslash, analiz, sintez, umumlashtirish, bilim;
v) analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirish, xulosa;
g) taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiya, umumlashtirish, aniqlashtirish,
tasniflash, tizimlashtirish.
36. Tafakkurning mantiqiy shakllari – bu:
a) hukm, xulosa, tushuncha;
b) hukm, analiz, sintez;
v) taqqoslash, umumlashtirish, bilim;
g) xulosa, tasniflash, analogiya.
37.Kreativlik insondagi mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish
vositasidir. Ushbu fikr kim tomonidan aytilgan ?
a) A.Adler
b) J.Piaje
v) G.Ayzenk
38. Dj.Gilford tafakkurni nechi turga bo‘ladi ?
a) 5
b) 3
v) 2
39. Kreativlikning 5 komponentini joriy etgan olim kim ?
a) Galton
b) SHtern
v) Stenberg
40 Ijtimoiy intellekt nima ?
a) Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni tushunib etish va uni
engib o‘tish
d) Ijtimoiy ta’sir orqali yuzaga keladigan intellekt
v) Aqliy intellektning quyi ko‘rinishi
41. Intellektni dastlab o‘lchagan olim kim edi ?
a) A.Bine
d) Galton
v) J.Piaje
42. A.Bine va Simon qachon fransuz maktablarini tadqiq etishgan ?
a) 1930 y.
d) 1910 y.
v) 1904 y.
7. Fanga IQ atamasi ilk bor kim tomonidan kiritilgan ?
a) A.Bine
d) V.SHtern
v) Stenford
43. Galton aqliy qobiliyatning asosiy omilini nima deb hisoblagan ?
a) Irsiyat
d) Atrov- muhit
v) Ta’lim
44. “Inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturning muallifi kim
?
a) Xant
d) Dj. Mak-Viker
v) Kruzo
45. Jinsiy farqlarning asosiy komponentlarida nima namoyon bo‘ladi ?
a) Ayolllarda diqqat erkaklarda tinglash qobiliyati yaxshi rivojlangan.
d) Ayollarda xotira erkaklarda matematik va fazoviy qobiliyatlar yaxshi
rivojlangan.
v) Ayollarda matematik erkaklarda mantiqiy xotira yaxshi rivojlangan.
46.Faoliyat – bu:
a) voqelikni to‘g‘ri aks ettirish;
b) organizmning muhitda faol harakatlanishi;
v) insonning olam bilan o‘zaro ta’sir jarayoni;
g) odamga xos bo‘lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni
qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni
o‘zgartirishga qaratilgan faollik
Do'stlaringiz bilan baham: |