Qadimgi Turkiy epigrafik yodgorliklar, ularning o`rganilish tarixi



Download 118 Kb.
bet2/3
Sana22.04.2022
Hajmi118 Kb.
#572034
1   2   3
Bog'liq
qadimda turkiy epigrafik yodgorliklar

Yozuvlarni o`qish daniyalik olim V.Tomson va rossiyalik olim V.Rad`lovlar zimmasiga tushdi. 1893yil bahorida Tomson Urxun daryosi bo`yidan topilgan Yozuvlarni o`qiganligi haqida Daniya qirolligi Fanlar akademiyasi yig`ilishida axborot beradi. Uning boshqa xalqlar Yozuvini deshifrovka qilib o`qishda qo`llagan tajribasi Urxun Yozuvlarining kalitin ochishda ham qo`l keladi. U Yozuvlardan turli belgilarning qanday tovush ifodalashini bilib olgach, unga tayangan xolda, Urxun Yozuvlaridagi butun alifboni aniqlaydi va birinchi marta «Tangri», «Turk» so`zlarini o`qiydi. Bu bitiktoshlarning turkiy xalqlarga mansubligi aniq isbotlab beradi.
Tomsondan keyin V.Rad`lov ham 1894 yil 19 yanvar kuni Rossiya Fanlar akademiyasi yig`ilishida Kultegin bitigini o`qiganligi haqida ma`lumot beradi. V.Rad`lov bu bitiktoshlardagi turkiy Yozuvlar alifbosining 15 harfni 1893 yil kuzida,ya`ni, Tomson o`qishiga qadar aniqlab bo`lgan edi. Shunday qilib,ikki olimning sa`yi-haraktlari bilan bu Yozuvlar – run, ya`ni sir emasligi isbotlandi.
Bu bitiktoshlar turkiy Yozuvda bitilganligi isbotlangandan so`ng, yana bir muammo paydo bo`ldi: Urxun – Enisey Yozuvlari qaysi Yozuv asosida kelib chiqqan: Lekin olimlar haligacha bu xususda bir to`xtamga kela olganlari yo`q. V. Tomson bu Yozuvdagi ayrim harflarning seliy – paxlaviy Yozuvidagi harflarga o`xshashligini topdi. Keyinroq turkiy alifbodagi 23 harfning oromiy alifbosiga o`xshashligi aniqlandi. U turkiy tilning tovush qurilishiga mos xolda qayta ishlangan va oromiy alifbosidagi bir necha belgilar bilan to`ldirilgan degan xulosaga keldi. Oromiy Yozuvi mil.avv. I ming yillik boshlarida vujudga kelgan. Bu Yozuv dastlab Suriya va Mesopotamiyada paydo bo`lgan. Dastlabki oromiy Yozuvi finikiya Yozuvidan deyarli farq qilmagan. Keyinchalik mil.avv I ming yillik o`rtalarida oromiylar finikiya Yozuviga ayrim o`zgartirishlar kiritganlar. Harflar soni qisqartirilib, shaklini ham soddalashtirganlar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab ko`pgina xalqlar : yaxudiylar, vavilonliklar, assuriyaliklar, forslar va arablar oromiy Yozuvini o`z tillariga moslashtirganlar.
Qozog`istonlik olim A.S. Omonjulovning fikricha, turkiy alifbo mil.avv. I ming yillikda shakllanib bo`lgan edi. Bu fikrda jon bor. 1970 yil Olma-otadan topilgan (Issikdan) ashyoviy dalillar buni isbotladi. Bu erdan topilgan chetlariga turkiy – runiy Yozuvlariga o`xshash belgilar bitilgan kumush kosacha hammaning diqqatini tortadi. Qazilma raxbari ashyoviy dalillar joylashgan qabr mil.avv. V – IV asrlarga tegishlidir. 1960 yillarda Turkiston shaxriga yaqin bir joyda loyga bitilgan bitigtosh topiladi. Uchta belgini xisobga olmaganda bitik Urxun Yozuviga mansub. Bu loy bitig o`ziga xos tumor bo`lgan. Xo`sh bu yangi belgilar qaerdan keldi. Bu belgilar ijodkori noma`lum, lekin, bu belgilar o`sha davr bilan shug`ullanuvchi olimlarning aytishicha Yunon alifbsidan olingan.
E.D. Palivanov turk – Yunon Yozuvlarini turkiy muxitning o`zida paydo bo`lganligi haqidagi fikrni bildiradi.
Endi qadimgi turkiy Yozuvi haqida :
Qadimgi Turkiy Yozuvi 38 harfdan iborat bo`lib, 4 harf unli, qolgan 34 harf unsizdir. YAna ba`zan a – e, o – u, u – yu harflari uchun bir harf qo`llanilgan. Bu qadimgi Yozuv o`ngdan chapga qarab yozilgan va so`zlar orasiga ikki nuqta (: ) qo`yilgan.
Demak, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, qadimgi turk Yozuvi mil.avv. V asrda paydo bo`lgan va asosan oromiy Yozuvi asosida shakllangandir.

2. URXUN – ENISEY YODGORLIKLARI.


Qadimgi Turkiy bitigtoshlarning Urxun Yozuvida bitilgan yirik namunalari quyidagilardir.
Tunyuquq bitigtoshi 2-turk xoqonligiga asos solgan Eltarish xoqonning maslaxatchisi va sarkardasi Tunyuquqka bag`ishlanib, 712 – 716 yillari o`yib yozilgan. Tunyuquq bu bitigni o`zi xayotligida yozdirgan. Bitigtosh Ulan – Batordan 66 km. janubiy sharqidagi Bain TSokto degan joydan topilgan. Bitigtoshni Elizaveta Klements 1897 yili shimoliy Mo`g`iliston safariga borganda topgan.
Tunyuquq bitigtoshi Kultegin va Bilga xoqon bitigtoshidan mazmunan farq qiladi.
Bitigtoshda turkiylarning dushman qabilalariga qarshi kurashi, Tunyuquqning xalq oldidagi xizmatlari xikoya qilinadi.
Tunyuquq Turk xoqonligi Xitoyga bo`ysundirilgan vaqtda (630 – 680 yillar) Xitoyga ko`chib ketgan Turk oilasida tug`ilgan. Faqat qaysi turkiy uruqqa mansubligi aniqlanmagan. Keyinchalik turklar xitoyliklardan mustaqillikka erishgan paytda Eltarish qutlug` xoqon tomoniga o`tib, Bilge xoqon davrida ham Turk xoqonligida birinchi vazir va harbiy qo`mondon vazifalarida qolgan. Bu Tunyuquq Tosh yodgorligi Tula daryosining yuqori oqimidan, Kultegin va Bilga xoqon yodgorliklari atrofidan topilgandir. Faqat yodgorlikning qaysi yili o`rnatilganligi aniqlanmagan.

Download 118 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish