,,Qalbimizga mehmon- Muhammad Yusuf’’
--Slayd. O, OTA MAKONIM!
1-Boshlovchi:
Ey, menga ertaklar so’ylagan, zamin,
Ergashib izingdan qolmasman sening.
O’zgalar nazdida Bog’i Eraming
Jiydang yaprog’iga olmasman sening.
Vatan,qayda bo’lmay, sen hamrohimsan,
Bobolarim yotar sajdagohimsan.
2-Boshlovchi:
Oftob kelin tushgan bog’laring ko’rkam,
Yalpizlar yastangan dala dashlaring.
Osmonga tutashgan oqterak o’lkam,
Ko’nglimda o’zgacha sayru gashtlaring
Vatan, qadrim uyi- xonaqohimsan,
Bobolarim yotar sajdagohimsan.
1-Boshlovchi:
Assalomu aleykum, ilm gulshani ichra ziyo tarqatayotgan, umri azizlar, eng aziz yurtning eng ulug’ va eng mo’tabar kishilari- aziz ustozlar!
2-Boshlovchi:
Assalomu aleykum, ana shu ilm gulshanida ma’rifat bog’bonlaridan ta’lim olayotgan talaba yoshlar!
1-Boshlovchi:
Barchangiz Muhammad Yusufning yorqin xotirasiga bag’ishlangan ,,Qalbimizga mehmon Muhammad Yusuf” mavzusidagi kechamizga xush kelibsiz!
-she’r.Mohinur,Zulfiya,Umida, Sevinch, Laziza
-Raqs.Saodatoy
1-Boshlovchi:
Agar Muhammad Yusuf she’rlarini jamlab, bir nom bilan umumlashtirsa, uni ,, o’zbek xalqiga qasida’’ deb atash mumkin bo’lar edi.CHunki har bir she’r misrasi ortida o’zbek, uning dardi,quvonchi, tashvishi,mehri, orzu umidlari, qo’ying-chi, butun hayoti gavdalanadi.
2-Boshlovchi:
Uning xalqona ohangdagi misralari o’zbekning chin ma’nodagi ma’naviy mulkiga aylandi.
She’r.Dilnura, Shahnoza, Mahliyo, H.Marjona.
1-Boshlovchi:
Sho’xi shodon kuy bilan,
Alisher Fayz so’ylasin
Barchani maftun etib
Go’zal qizlar o’ynasin!
Raqs. Chamanda gul
2-Boshlovchi:
Shoir O’zbekiston atalmish yurt farzandi ekanligidan cheksiz g’ururlanadi. U millatning chinakam fidoyi farzandi edi.Mehr va samimiyat bilan ,, MUHAMMAD YUSUFMAN- O’ZBEKISTONDAN’’ deya o’bekligidan faxrlanar va boshqalarni ham shunga undar edi.
1-Boshlovchi:
Yuraklarda yurmagina,
Oh, oldindan bilgan qush
Har o’zbekning yuragini
O’ziniki qilgan qush
2-Boshlovchi:
Muhammad Yusuf xotirasi zamondoshlari qalbida..
1-Boshlovchi:
Marhamat!
--Gap. Munira, Aziza,Xursanoy, T.Marjona
2-Boshlovchi:
Davrada gul yuz qizlar
O’ynaydi sho’x- sho’x kulib
Tomosha qiling do’stlar
Yayrasin ko’ngil ko’rib
-Raqs.Qizg’aldoq
-Chet tilida she’r: Elnora, Barchinoy, A. Marjona
-Sahna ko’rinishi: Munisa, Mirjalol,
-She’r: Saodatoy. ANDIJON
1-Boshlovchi:
Dillarni titratib sovuq shum xabar,
She’r ahlini etdi dilgir va mayus
Safar tez qaribdi nechun bu qadar
Siz qayga ketdingiz, Muhammad Yusuf!
2-Boshlovchi:
Atrofni kuzatib besabr, beshavq,
Qalbida Qo’zg’alib bor amri ma’ruf
Osmonday yurakni biz uchun to’shab
Siz qayga ketdingiz, Muhammad Yusuf!
Sevara Nazarxon qo’shig’i yangraydi.
TAMOMMMMMMMMMM
Do'stlaringiz bilan baham: |